Kadirov San’at Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda klasterlar samaradorligini oshirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5181
Ilmiy rahbar: Islamutdinov Vadim Faruarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasida klasterlar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada korxonalar faoliyatini samarali tashkil etishda klasterlarni rivojlantirishning ko‘p bosqichli yondashuvlari taklif etilgan;
mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan klasterlar salohiyatini yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va quyi (55-70 %) darajalardagi baholash yondashuvlari taklif etilgan;
mintaqada klasterlarni samarali innovatsion va istiqbolli rivojlantirishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish klasterlari tuzilmasi modelidan foydalanish tizimi takomillashtirilgan;
Xorazm viloyatida klasterlar iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash orqali ularning 2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada klasterlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqada korxonalar faoliyatini samarali tashkil etishda klasterlarni rivojlantirishning ko‘p bosqichli yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 7-2048-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada klasterlar iqtisodiy mexanizmini uzlyuksiz rivojlantirish imkoniyatini yaratgan;
mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan klasterlar salohiyatini yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va quyi (55-70 %) darajalardagi baholash yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 7-2048-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada klasterlar iqtisodiy faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 2-4 foizga oshirish imkonini bergan;
mintaqada klasterlarni samarali innovatsion va istiqbolli rivojlantirishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish klasterlari tuzilmasi modelidan foydalanish tizimi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 7-2048-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyati shahar va tumanlarida klasterlar salohiyatlarini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda baholash imkonini bergan;
Xorazm viloyatida klasterlar iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash orqali ishlab chiqilgan 2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari prognoz qiymatlari taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 7-2048-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida mintaqada klasterlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini 1,02 baravarga oshirish orqali kelajakda korxonalar iqtisodiy rentabelligini oshirishga qaratilgan optimal qarorlarni ishlab chiqishga erishilgan.