Tursunpo‘latov Farxodjon Xoshimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq joylarning mehnat resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4567.
Ilmiy rahbar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyoqubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Toshalieva Saodat Taxirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq joylarning mehnat resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishni tadqiq qilishning uslubiy jihatdan yondashuvini asoslash va shu asosda milliy iqtisodiyotni rivojlanishida qishloq joylardagi aholi va mehnat resurslaridan samarali foydalanish jarayonlarini konseptual modelini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq joylarni rivojlantirishning strategik maqsadida: hokimiyatni markazlashtirmaslik, qishloq xo‘jaligining ko‘p funksiyaliligi asosida mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish, uni faolligini oshirish asosida qishloq joylarining faoliyat modeli taklif etilgan;
qishloq joylarida resurs salohiyatidan samarali foydalanishning Xarringtonning maqsadga muvofiqligi shkalasiga asoslangan (0,81-1,00 - juda yaxshi; 0,61-0,80 – yaxshi; 0,41-0,60 – qoniqarli; 0,21-0,40 – yomon; 0,0-0,20 - Juda yomon) reyting shkalasi taklif etilgan;
qishloq hududlarida investisiyalar oqimini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini rag‘batlantirish, innovatsiyalar va marketing texnologiyalarini kompleks joriy etish sharoitida tabiiy resurslarni va ekologik barqarorlikni ta’minlashda resurs salohiyatini strategik rivojlantirishning yaxlit mexanizmi taklif etilgan; 
qisqa muddatli va strategik rivojlanishni rejalashtirishda qarorlarni asoslash uchun Namangan viloyati qishloq joylarida islohot tadbirlarini amalga oshirishda resurs potensialidan foydalanish samaradorligini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq joylarning mehnat resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, jumladan:
qishloq joylarni rivojlantirishning strategik maqsadida: hokimiyatni markazlashtirmaslik, qishloq xo‘jaligining ko‘p funksiyaliligi asosida mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish, uni faolligini oshirish asosida qishloq joylarining faoliyat modeli bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi boshqarmalari tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-427-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida, Namangan viloyati qishloqlarida ish bilan bandlar sonini 2030-yilga borib, 2024-yilga nisbatan 5,8 %ga oshishi va bu aholi jon boshiga real daromadi hajmini 19899,5 ming so‘mga etkazilishini aniqlash imkonini bergan;
qishloq joylarida resurs salohiyatidan samarali foydalanishning Xarringtonning maqsadga muvofiqligi shkalasiga asoslangan (0,81-1,00 - juda yaxshi; 0,61-0,80 – yaxshi; 0,41-0,60 – qoniqarli; 0,21-0,40 – yomon; 0,0-0,20 - Juda yomon) reyting shkalasi bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi boshqarmalari tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-427-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hududlarning mavjud resurslardan foydalanish darajasini ajratish imkonini berib, hududlarni holatidan kelib chiqqan holda “Qishloq joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan;
qishloq hududlarida investisiyalar oqimini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini rag‘batlantirish, innovatsiyalar va marketing texnologiyalarini kompleks joriy etish sharoitida tabiiy resurslarni va ekologik barqarorlikni ta’minlashda resurs salohiyatini strategik rivojlantirishning yaxlit mexanizmi bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi boshqarmalari tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-427-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ilmiy taklifdan foydalanish asosida, qishloq hududlarida kichik biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish orqali aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirish bilan yalpi hududiy mahsulotning 7,8 %ga oshirish imkoni yaratilgan;
qisqa muddatli va strategik rivojlanishni rejalashtirishda qarorlarni asoslash uchun Namangan viloyati qishloq joylarida islohot tadbirlarini amalga oshirishda resurs potensialidan foydalanish samaradorligini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari Namangan viloyati hokimligi boshqarmalari tarkibidagi korxonalar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-427-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijalaridan Namangan viloyatining 2025-2030-yillarda qishloq joylarida islohot tadbirlarini amalga oshirishda resurslar salohiyatidan samarali foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish