Axmedov Alim Babaniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaning investision jozibadorligini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish” (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt......
Ilmiy rahbar: Mamadjanova Tuygunoy Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyaqubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ilxamova Zarnigor Po‘latjon qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaning investision jozibadorligini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaning marketing sohasidagi investisiya faoliyatini faollashtirishda investisiya jarayoni sub’ektlarining manfaatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni buyurtma qilish mexanizmi taklif etilgan;
yuqori texnologiyali bozorda mijozlar bilan uzlyuksiz o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi va potensial hamda real iste’molchilar talabini oldindan aytishga yordam beruvchi sun’iy intellektdan foydalanishning guruhlangan imkoniyat variantlari taklif etilgan;
marketing aspektida “SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxonasi va “JAHON IDEAL TEX” xususiy korxonalar faoliyatining muvofiqlik koeffisentlari asosida iqtisodiy samaradorligini 2025-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan;
iste’molchilarning xohish-istaklarini qondiradigan mahsulotni yaratishga yordamchi fokus-guruhlar, assotsiativ va proeksiyalar asosida korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion marketingini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Mintaqaning investision jozibadorligini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqaning marketing sohasidagi investisiya faoliyatini faollashtirishda investisiya jarayoni sub’ektlarining manfaatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni buyurtma qilish mexanizmi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi va uning tarkibidagi korxona hamda tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-yanvardagi 06-06/25-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasida Surxondaryo viloyatining 2010-2024-yillarda investision jarayon sub’ektlari manfaatlarini qondirish tahliliga ko‘ra, yomon korxonalar guruhi qolgan guruhlarga nisbatan yuqori o‘sish darajasiga ega bo‘lganligi ko‘rinib tursa-da, ammo, guruhga kiruvchi korxonalar soniga nisbatan olganda investisiya jarayoni sub’ektlari manfaatlarining yuqori muvozanatini 77,4 % bilan yaxshi guruhga kiruvchi korxonalar va o‘rtacha manfaatlar balansini mos ravishda 54,8 % ni tashkil etishi aniqlangan;
yuqori texnologiyali bozorda mijozlar bilan uzlyuksiz o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi va potensial hamda real iste’molchilar talabini oldindan aytishga yordam beruvchi sun’iy intellektdan foydalanishning guruhlangan imkoniyat variantlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi va uning tarkibidagi korxona hamda tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-yanvardagi 06-06/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tarkibida innovatsion faoliyat ya’ni, aynan innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanayotgan korxonalar ulushi 2022-yilga nisbatan 2023-yilda 18,7 %ga oshgan;
marketing aspektida “SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyat xorijiy korxonasi va “JAHON IDEAL TEX” xususiy korxonalar faoliyatining muvofiqlik koeffisentlari asosida iqtisodiy samaradorligini 2025-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi va uning tarkibidagi korxona hamda tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-yanvardagi 06-06/25-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning joriy etilishi natijasida Surxondaryo viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 13,6 foizga oshgan;
iste’molchilarning xohish-istaklarini qondiradigan mahsulotni yaratishga yordamchi fokus-guruhlar, assotsiativ va proeksiyalar asosida korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion marketingini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi va uning tarkibidagi korxona hamda tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-yanvardagi 06-06/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2023-yilda 21,1 foizga oshishi asosida aholi bandligi darajasi 17,2 foizga o‘sgan.