Mirzaev Zakir Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishda bojxona to‘lovlari va imtiyozlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3496.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich Iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich Iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona to‘lovlarini undirish va ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im stavkasini pasaytirishning maqbul chegarasi (BHMning 2 baravaridan BHMning 25 foiziga qadar)ni belgilash orqali bojxona to‘lovlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti tamoyil va me’yorlariga implementatsiya qilish asosida eksport va import salohiyatining o‘sishini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqariladigan tamaki va alkogol` mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini birxil belgilash asosida soliq-boj siyosatini soddalashtirish, soliq adolatini ta’minlash va bozorni to‘g‘ri segmentlash orqali fiskal siyosatning samaradorligini oshirish, teng raqobat muhitini ta’minlash va ichki bozorda soliq-boj yukining neytralligini saqlash taklifi asoslangan;
mamlakatda analogi ishlab chiqarilmaydigan xorijiy innovatsion asbob-uskunalar va texnologiyalarni import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish orqali mamlakatning JSTga a’zo bo‘lgunga qadar davrda milliy korxonalarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va texnik jihatdan qurollanib olishlari uchun imkon yaratish taklifi asoslangan;
bojxona to‘lovlari va imtiyozlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida O‘zbekistonning tashqi tovar eksporti va importi hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishda bojxona to‘lovlari va imtiyozlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amaldagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im stavkasini pasaytirishning maqbul chegarasi (BHMning 2 baravaridan BHMning 25 foiziga qadar)ni belgilash orqali bojxona to‘lovlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti tamoyil va me’yorlariga implementatsiya qilish asosida eksport va import salohiyatining o‘sishini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-181-sonli qarori va Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 11 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 iyundagi PF-85-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 112-son buyrug‘i bilan amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025 yil 10 fevraldagi 3/05-25-00061-sonli ma’lumotnomasi). Bu orqali milliy bojxona qonunchiligi JST talablariga muvofiqlashtirildi hamda eksport va import salohiyatinig o‘sishiga zamin yaratildi;
import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqariladigan tamaki va alkogol` mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini birxil belgilash asosida soliq-boj siyosatini soddalashtirish, soliq adolatini ta’minlash va bozorni to‘g‘ri segmentlash orqali fiskal siyosatning samaradorligini oshirish, teng raqobat muhitini ta’minlash va ichki bozorda soliq-boj yukining neytralligini saqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmonini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025 yil 10 fevraldagi 3/05-25-00061-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizga import qilinadigan va ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari uchun 2026 yil 1 yanvardan, al`kogol` mahsulotlari uchun esa, 2027 yil 1 yanvardan aksiz solig‘i stavkalari birxillashtirilishi belgilangan;
mamlakatda analogi ishlab chiqarilmaydigan xorijiy innovatsion asbob-uskunalar va texnologiyalarni import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish orqali mamlakatning JSTga a’zo bo‘lgunga qadar davrda milliy korxonalarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va texnik jihatdan qurollanib olishlari uchun imkon yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 oktyabrdagi “Sanoat ishlab chiqarishida xom-ashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 oktyabrdagi PQ-392-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025 yil 10 fevraldagi 3/05-25-00061-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda 2024 yilda tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilga nisbatan oshib, eksport 26,9 mlrd dollarni (+8,4%), import esa 38,9 mlrd dollarni (+0,8%) tashkil etgan;
bojxona to‘lovlari va imtiyozlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida O‘zbekistonning tashqi tovar eksporti va importi hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Bojxona qo‘mitasida amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025 yil 10 fevraldagi 3/05-25-00061-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amakliyotga joriy etilishi natijasida 2024 yilda bojxona to‘lovlarini undirish va imtiyozlar qo‘llash mexanizmi maqbullashib, ushbu ko‘rsatkichlarning muvofiqligini ta’minlash imkoni yuzaga kelgan.