Xolpo‘lotov Rustam O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy instrumentlar hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4185.
Ilmiy rahbar: Kozimjonov Abrorbek, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft va gaz sanoati korxonalarida moliyaviy instrumentlar hisobini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy instrument” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bir vaqtning o‘zida bir korxona uchun moliyaviy aktiv, ikkinchi korxona uchun esa moliyaviy majburiyat yoki ulushli instrument sifatida hisobga olinadigan, kapital harakati va resurslarni taqsimlashni ta’minlovchi hamda risk va likvidlikni samarali boshqarish imkonini yaratadigan huquqiy-iqtisodiy vosita nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ayirboshlanadigan obligatsiyalar hisobi bo‘yicha ulushli kapitalni hisobga olishda 8200 – “Kapitalning boshqa elementi” nomli sintetik schyotini ochish hamda uning tarkibida 8210 – “Ayirboshlanadigan obligatsiyalar bo‘yicha ulushli kapital” nomli analitik ishchi schyotini kiritish orqali neft va gaz sanoati korxonalarida ayirboshlanadigan obligatsiyalar hisobini takomillashtirish asoslangan;
sotuv bo‘yicha debitor qarzdorliklarni muddatlar bo‘yicha ajratish, guruhdan guruhga o‘tish foizini, shubhali debitorlik qarzlar ehtimollik darajasini, shubhali debitor qarzdorligi zaxira qiymatini aniqlash va axborotlarni yoritib berish ketma-ketligi orqali shubhali debitorlik qarzlari bo‘yicha rezervni hisoblashning samaradorligini oshirish asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning BHXS (IAS) 1 - «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» va MHXS (IFRS) 7 - «Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni yoritib berish» standartlari talablari doirasida moliyaviy hisobotga ilova sifatida moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning toifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun axborotning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy instrumentlar hisobini takomillash-tirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy instrument” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bir vaqtning o‘zida bir korxona uchun moliyaviy aktiv, ikkinchi korxona uchun esa moliyaviy majburiyat yoki ulushli instrument sifatida hisobga olinadigan, kapital harakati va resurslarni taqsimlashni ta’minlovchi hamda risk va likvidlikni samarali boshqarish imkonini yaratadigan huquqiy-iqtisodiy vosita nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-martdagi 95-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilish natijasida bir xo‘jalik yurituvchi subekt uchun moliyaviy aktiv sifatida hisobga olinadigan, ikkinchi xo‘jalik yurituvchi subekt uchun esa moliyaviy majburiyat yoki ulushli instrument sifatida hisobga olinadigan aktiv yoki majburiyat nuqtai nazaridan takomillashgan moliyaviy instrument tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
ayirboshlanadigan obligatsiyalar hisobi bo‘yicha ulushli kapitalni hisobga olishda 8200 – “Kapitalning boshqa elementi” nomli sintetik schyotini ochish hamda uning tarkibida 8210 – “Ayirboshlanadigan obligatsiyalar bo‘yicha ulushli kapital” nomli analitik ishchi schyotini kiritish orqali neft va gaz sanoati korxonalarida ayirboshlanadigan obligatsiyalar hisobini takomillashtirish taklifi «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024-yil 29-noyabrdagi 08-36-2-514-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilish natijasida jamiyat tomonidan chiqariladigan ayirboshlanadigan obligatsiyalarni nominal qiymati va diskont qiymati o‘rtasidagi farqni hisobga olishda aniqlik va shaffoflikka erishilgan;
sotuv bo‘yicha debitor qarzdorliklarni muddatlar bo‘yicha ajratish, guruhdan guruhga o‘tish foizini, shubhali debitorlik qarzlar ehtimollik darajasini, shubhali debitor qarzdorligi zaxira qiymatini aniqlash va axborotlarni yoritib berish ketma-ketligi orqali shubhali debitorlik qarzlari bo‘yicha rezervni hisoblashning samaradorligini oshirish taklifi «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024-yil 29-noyabrdagi 08-36-2-514-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilish natijasida jamiyatning shubhali debitorlik qarzlari bo‘yicha rezervni yaratishda taklif qilingan 5 bosqichli ketma-ketlikdan foydalanish natijasida shubhali debitorlik qarzlari bo‘yicha rezervni hisoblashda aniqlikka erishgan. MHXS bo‘yicha hisobotida debitorlik qarzlari bo‘yicha rezerv 2022-yil yakuni bo‘yicha sof foydaning 58% ni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yil uchun sof foydaning 82,7% miqdoridagi rezerv kamaytirilishiga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning BHXS (IAS) 1 - «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» va MHXS (IFRS) 7 - «Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni yoritib berish» moliyaviy hisobotiga ilova sifatida moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning toifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun axborotning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash taklifi «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024-yil 29-noyabrdagi 08-36-2-514-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilish natijasida jamiyat tomonidan moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning to‘g‘risidagi ma’lumotlarni BHXS (IAS) 1 - «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» va MHXS (IFRS) 7 - «Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni yoritib berish» talablari asosida tavsiya qilingan shakldan foydalanish natijasida moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun axborotning ishonchliligi va shaffofligiga erishilgan.