Rasulov Sherzod Ashirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2010.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov To‘yli Gulmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc; Axmedov Ikrom Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda ijtimoiy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «ijtimoiy turizm faoliyati» tushunchasining iqtisodiy mazmuni ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari (kam ta’minlangan oilalar, yoshlar, keksa va nogiron fuqarolar, talabalar va boshqalar)ning turistik resurslardan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan, davlat, jamoat va xususiy sektor tomonidan moliyaviy subsidiyalar, infratuzilmaviy imtiyozlar va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat shakli ichki turizm sektorida tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasida bandlikni oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim mul`tiplikativ ta’sirga ega tizimli iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Ijtimoiy turizm faoliyatini rivojlantirishda davlat boshqaruv organlari, turizm korxonalari, hudud aholisi va turistlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlar muvozanatini ta’minlash orqali aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy turizm xizmatlarining hududiy qamrovini 25-30%ga qadar kengaytirish taklifi asoslangan;
Ijtimoiy turizmni rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm imtiyozli turistik vaucherlar uchun sug‘urta mukofotlaridan to‘liq ozod qilish, kam ta’minlangan aholi qatlami uchun xizmatlar narxini bozor qiymatidan 40-50%ga arzonlashtirish choralarini joriy etish orqali ijtimoiy turizm xizmatlariga talabni oshirish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy turizm faoliyati bilan bog‘liq asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va soha faoliyati rivojlanishiga mul`tiplikativ ta’sir etuvchi omillarning uzoq muddatli statistik ko‘rsatkichlari tahlili asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ijtimoiy turizm faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «ijtimoiy turizm faoliyati» tushunchasining iqtisodiy mazmuni ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari (kam ta’minlangan oilalar, yoshlar, keksa va nogiron fuqarolar, talabalar va boshqalar)ning turistik resurslardan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan, davlat, jamoat va xususiy sektor tomonidan moliyaviy subsidiyalar, infratuzilmaviy imtiyozlar va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat shakli ichki turizm sektorida tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasida bandlikni oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim mul`tiplikativ ta’sirga ega tizimli iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 18 martdagi 03-10-17-2436-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy turizm faoliyati rivojlanishining hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini baholash orqali ijtimoiy turizm faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida maqsadlarning taqsimlanishi natijasida faoliyatni barqaror rivojlanish imkoniyati yaratilgan;
ijtimoiy turizm faoliyatini rivojlantirishda davlat boshqaruv organlari, turizm korxonalari, hudud aholisi va turistlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlar muvozanatini ta’minlash orqali aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy turizm xizmatlarining hududiy qamrovini 25-30%ga qadar kengaytirish taklifi asoslangan ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 18 martdagi 03-10-17-2436-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy turizm faoliyati samaradorligini baholash aniqligi 15-20 % ga ortgan;
ijtimoiy turizmni rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm imtiyozli turistik vaucherlar uchun sug‘urta mukofotlaridan to‘liq ozod qilish, kam ta’minlangan aholi qatlami uchun xizmatlar narxini bozor qiymatidan 40-50%ga arzonlashtirish choralarini joriy etish orqali ijtimoiy turizm xizmatlariga talabni oshirish asosida takomillashtirilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 18 martdagi 03-10-17-2436-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida vertikal va gorizontal` darajalarda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan aloqalar va darajalar to‘plami bo‘lgan tashkiliy boshqaruv tuzilmasini shakllantirish aniqligi o‘rtacha 1,22 martaga ortgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy turizm faoliyati bilan bog‘liq asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va soha faoliyati rivojlanishiga mul`tiplikativ ta’sir etuvchi omillarning uzoq muddatli statistik ko‘rsatkichlari tahlili asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 18 martdagi 03-10-17-2436-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydalanuvchilar o‘rtasida algoritmik tarzda o‘zaro manfaatli munosabatlarni shakllantirish orqali tranzaksiya xarajatlari 1,5 marotabaga qisqargan.