Mamatqulov Zarifbek Sharifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysida turistik xizmatlarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4846
Ilmiy rahbari: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alimova Guzal Alisherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Abdulxakimov Zuxrali Tursunalievich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida turizm faoliyatini hududiy rivojlantirish hamda boshqaruvning hududiy jihatlarini qamrab oluvchi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlardagi tarixiy-madaniy, alohida qo‘riqlanadigan hududlar, tabiiy shart-sharoitlar va infratuzilmaning nisbiy salohiyat ko‘rsatkichlarini vazn koeffisientlari bilan bog‘lanishini hisobga oluvchi hududning umumiy turistik resurs salohiyatini baholash uslubiyotini takomillashtirish asoslangan;
hududiy darajadagi turizm xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi turizm xizmatlarini ko‘rsatish natijasida hudud iqtisodiyotiga kirib keluvchi birlamchi va ikkilamchi mablag‘lar oqimini tarmoq faoliyatiga qayta yo‘naltirish hisobiga takomillashtirilgan;
Farg‘ona vodiysidagi hududlarni zonalashtirish asosida “Farg‘ona vodiysi turistik halqasi”ni tashkil etish negizida vodiy bo‘yicha qisqa va uzoq masofali turistik marshrutlarni ishlab chiqish orqali mavjud hududiy turistik resurs salohiyatini bir butun zanjirga biriktirish taklifi asoslangan;
Farg‘ona vodiysida turistik xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni, turistik xizmatlar sifati samaradorligi koeffisienti, sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat va turistik tashkilotlarga chetdan jalb qilingan mablag‘lar hajmi hisobiga turizm xizmatlari hajmining 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida turistik xizmatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlardagi tarixiy-madaniy, alohida qo‘riqlanadigan hududlar, tabiiy shart-sharoitlar va infratuzilmaning nisbiy salohiyat ko‘rsatkichlarini vazn koeffisientlari bilan bog‘lanishini hisobga oluvchi hududning umumiy turistik resurs salohiyatini baholash uslubiyotini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi 03-10-17-126-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona vodiysining turistik resurs salohiyatini baholashda hududning nisbiy tarixiy-madaniy salohiyati – 0,08, alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarning nisbiy salohiyati – 0,01, hudud tabiiy shart-sharoitlarining nisbiy salohiyati – 0,18, nisbiy infratuzilma salohiyati – 0,1 koeffisientni tashkil qiladigan optimallikka erishilgan;
hududiy darajadagi turizm xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi turizm xizmatlarini ko‘rsatish natijasida hudud iqtisodiyotiga kirib keluvchi birlamchi va ikkilamchi mablag‘lar oqimini tarmoq faoliyatiga qayta yo‘naltirish hisobiga takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi 03-10-17-126-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda  turistik faoliyatni yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yangi turistik obektlarni yaratish imkoniyatlarini kengaytirgan; 
Farg‘ona vodiysidagi hududlarni zonalashtirish asosida “Farg‘ona vodiysi turistik halqasi”ni tashkil etish negizida vodiy bo‘yicha qisqa va uzoq masofali turistik marshrutlarni ishlab chiqish orqali mavjud hududiy turistik resurs salohiyatini bir butun zanjirga biriktirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi 03-10-17-126-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona vodiysi hududlarida  turistik resurs salohiyatini optimal baholash asosida jozibador turistik xizmatlar taklifi 10-15%ga ortgan;
Farg‘ona vodiysida turistik xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni, turistik xizmatlar sifati samaradorligi koeffisienti, sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat va turistik tashkilotlarga chetdan jalb qilingan mablag‘lar hajmi hisobiga turizm xizmatlari hajmining 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-yanvardagi 
03-10-17-126-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik tashkilotlarda mikro darajadagi rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish vazifalarini optimal tashkil etish aniqligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish