Anvarov Nozimjon Maxsudbek o‘g‘lining
falsafa doktori) (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) «Tijorat banklari tomonidan real sektor korxonalarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4990.
Ilmiy rahbar: Komolov Odiljon Sayfidinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida real sektor korxonalar sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan kreditlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklar tomonidan real sektor korxonalariga maxsus kredit mahsuloti hisoblangan “yashil moliya” kreditlarini taqdim etish orqali ularning atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan hissasini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kredit shartlarini soddalashtirish va moslashtirilgan kredit mahsulotlarini ishlab chiqish orqali kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash asoslangan;
tijorat banklarining real sektor korxonalarini kredit olish imkoniyatlarini sun’iy intellekt (AI) va mashina o‘rganish (ML) texnologiyalari yordamida amalga oshiriluvchi tahlil prognozlari asosida baholash orqali ularning kredit olish ehtimolini 10-15 foiz darajada oshirish imkoniyati asoslab berilgan;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiluvchi tijorat banklari kreditlari hajmining bank depozitlari foiz stavkasi va muammoli kreditlar hajmi bilan o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida 2030-yilga qadar tijorat banklari kreditlari hajmi o‘sish tendensiyasining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida:
banklar tomonidan real sektor korxonalariga maxsus kredit mahsuloti hisoblangan “yashil moliya” kreditlarini taqdim etish orqali ularning atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan hissasini rag‘batlantirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBning strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATning 2025-yil 15-maydagi №05-12/7208-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning yashil moliya kreditlari, ayniqsa yangi texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligi va ekologik infrastrukturani rivojlantirishga qaratilgan korxonalar uchun 15-20 foiz darajada bank foiz stavkalarini pasaytiradi va bu orqali real sektor korxonalari uchun kredit olish imkoniyatlari kengayadi;
qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kredit shartlarini soddalashtirish va moslashtirilgan kredit mahsulotlarini ishlab chiqish orqali kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash taklifi “Mikrokreditbank” ATBning “2024-yil uchun Biznes-rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATning 2025-yil 15-maydagi №05-12/7208-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankda mijozning faoliyat turini inobatga olgan holda unga moslashtirilgan kredit mahsulotlari yo‘naltirish, mijozlarga foiz stavkalari pasaytirish yoki kredit muddati bo‘yicha imtiyozlar taqdim etish orqali real sektor korxonalarining yangi bozorlar va xizmatlar yaratish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarining real sektor korxonalarini kredit olish sun’iy intellekt (AI) va mashina o‘rganish (ML) texnologiyalari yordamida amalga oshiriluvchi tahlil prognozlari asosida baholash orqali ularning kredit olish ehtimolini 10-15 foiz darajada oshirish imkoniyati asoslab berilgan to‘g‘risidagi taklifi “Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil uchun “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATning 2025-yil 15-maydagi №05-12/7208-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kredit qarorlarini qabul qilishning yanada shaffof va aniq tizimini yaratish imkoniyati oshirilgan. Kredit so‘rovi va qarorlar tarixiga asoslanib, banklar kredit so‘rovlarini 80% darajada avtomatik tarzda tahlil qilishi imkoniyatiga ega. Mashina o‘rganish algoritmlari yordamida kredit risklari, korxonaning moliyaviy holati, kredit tarixidan kelib chiqqan holda so‘rovni tezda ko‘rib chiqish va qaror chiqarish jarayoni tezlashadi va aniqroq bo‘ladi;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiluvchi tijorat banklari kreditlari hajmining bank depozitlari foiz stavkasi va muammoli kreditlar hajmi bilan o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan tijorat banklari kreditlari hajmi o‘sish tendensiyasining prognoz ko‘rsatkichlaridan “Mikrokreditbank” ATBning strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATning 2025-yil 15-maydagi №05-12/7208-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiluvchi tijorat banklari kreditlari hajmining bank depozitlari foiz stavkasi va muammoli kreditlar hajmi o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash imkoni yaratilgan.