Yo‘ldashev Xurshidjon Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgich elektrodli o‘ta qisqa gaz razryadi yacheykasida fotoelektrik kuchaytirish jarayonlari», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/FM35.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Kaxar Pattaxovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.30.08.2018.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Daliev Xojakbar Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Iliev Xalmurat Midjitovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arsenid galliyyarimo‘tkazgich elektrodli o‘ta qisqa gaz razryadi yacheykasida fotoelektrik kuchaytirish jarayonlarining mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarimo‘tkazgich elektrodli gaz-razryadi sistemasida gaz va lyuminessent ekran nurlanish intensivliklarini gaz-razryadi oralig‘i (d=10–100 mkm), gaz bosimi (R=5–120 mm.sim.ust) va tok kuchiga bog‘lanishi aniqlangan va lyuminessent ekran nurlanish intensivligi gaz razryadining nurlanish intensivligiga nisbatan 8-10 marta ortishi ko‘rsatilgan;
qo‘shimcha ikkita plazma kontaktli strukturada fotoelektrik kuchaytirish jarayoni arsenid galliy yarimo‘tkazgich elektrodning yoritilganligi va nur yutish qobiliyatiga kuchli bog‘liqligi hamda uning qalinligi kamayishi bilan fotoelektrik kuchaytirish koeffisientining ortishi aniqlangan;
infraqizil nurlanishlarni fotoelektrik o‘zgartirish uchun yarimo‘tkazgichli ionizatsion sistemaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bir jinsli bo‘lmagan hajmiy yutilishda yarimo‘tkazgichning bo‘ylama fotoo‘tkazuvchanligi uchun fotoelektrik kuchaytirish koeffisientining hisoblash metodi ishlab chiqilgan;
gaz razryadi oralig‘iga qo‘shimcha metall to‘r-elektrod kiritilib yarimo‘tkazgich elektrodli ionizatsion tizimning sezgirligini 8–10 marta orttirishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yarimo‘tkazgich elektrodli o‘ta qisqa gaz-razryadi yacheykasida fotoelektrik kuchaytirish jarayonlarini aniqlash asosida:
infraqizil nurlanishlarni fotoelektrik o‘zgartirish uchun yarimo‘tkazgichli ionizatsion sistemaning konstruksiyasini yaratish prinsiplari «FOTON» aksiyadorlik jamiatida fotoelektrik o‘zgartirgichlar tayyorlashda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 12 fevraldagi 02-351-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish galliy arsenid yarimo‘tkazgich materiali asosidagi fotodatchiklarning fotosezgirligini oshirishga imkon bergan;
bir jinsli bo‘lmagan hajmiy yutilishda yarimo‘tkazgichning bo‘ylama fotoo‘tkazuvchanligi uchun fotoelektrik kuchaytirish koeffisientini hisoblash metodi F2-OT-O-15494 raqamli «Kvant nuqtali getero va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshka turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» loyihasida yupqa plyonkalarning yutilish koeffisienti spektrini tekshirish va termodinamik holatlar zichligini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 yanvardagi 89-03-232-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ikki o‘lchamli yarimo‘tkazgich strukturalarda optik va fotoelektrik jarayonlarni tushuntirishga imkon bergan.