Ko‘ziev Jaxongir Madaminovichning
Fan doktori (DSs)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “«Tuproq-o‘simlik-o‘g‘it» tizimida maqbul o‘g‘it me’yorlarini avtomatik geofazoviy-smart usulda qo‘llashning ilmiy asoslari”, 06.01.04-Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Qx366.
Ilmiy maslahatchi: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSs.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzaev Lutfullo Aribjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intensiv dehqonchilikda «tuproq-o‘simlik-o‘g‘it» tizimida zamonaviy texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlarni yangi avtomatlashgan geofazoviy – smart usulda qo‘llashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuproqlarning oziqa elementi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq holda bir vaqtning o‘zida kerakli nuqtalarga azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarni alohida-alohida avtomatik qo‘llash agregatining ishlash mexanizmi ilmiy asoslangan.
tuproqlarga an’anaviy bir tekisda o‘g‘it qo‘llanganda oziqa elementlarining ta’minlanganlik darajasi yildan-yilga bir-biridan uzoqlashishi, geofazoviy-smart usulda qo‘llanganda oziqa elementlar 4-7 yilda bir turga o‘tishi ilmiy asoslangan;
g‘o‘zaga mineral o‘g‘it qo‘llanilmagan yoki kam miqdorda qo‘llanilganda fosfor va kaliyga nisbatan azot ko‘p o‘zlashtirilishi, maqbul me’yorda qo‘llanganda bir-biriga yaqin, oshirilgan miqdorda qo‘llanganda esa azotga nisbatan kaliy ko‘p o‘zlashtirilishi isbotlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq sharoitida g‘o‘zadan 45-50 s/ga hosil olish rejalashtirilganda N320P240K200 kg/ga, sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqda 40-45 s/ga hosil rejalashtirilganda N290P200K170 kg/ga, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqda 25-35 s/ga hosil rejalashtirilganda N260P210K145 kg/ga qo‘llash maqbul me’yor ekanligi aniqlangan;
havo va tuproq harorati hamda granulometrik tarkibiga bog‘liq holda g‘o‘zaga vegetatsiya davrida mineral o‘g‘itlarni qatlamli qo‘llash (granulometrik tarkibi asosida)ni maqbul vaqti (soat 20:00 dan 08:00 ga) aniqlangan.
vegetatsiya davrida an’anaviy usulda qator oralariga bir vaqtda azotli+fosforli yoki azotli+kaliyli mineral o‘g‘itlarni qo‘llash agregatiga nisbatan yangi turdagi geofazoviy-smart agregat azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarni alohida-alohida qo‘llash funksiyasi bilan jihozlanganligi, uning aniqlik darajasi 100 foizga ega ekanligi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Tuproq-o‘simlik-o‘g‘it» tizimida maqbul o‘g‘it me’yorlarini avtomatik geofazoviy-smart usulda qo‘llashning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Toshkent va Jizzax viloyatlari tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘za parvarishida er va suv resurslaridan hamda mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» viloyatlarning qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga hamda paxtachilikka ixtisoslashgan erdan foydalanuvchilarga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-898-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent va Jizzax viloyatlari tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘za parvarishida qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, agroklaster va fermer xo‘jalik rahbarlariga er va suv resurslardan hamda mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishni ta’minlovchi ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni olib borishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Toshkent viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z (1017 ga), Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi (66 ga), Jizzax viloyati sug‘oriladigan och tusli bo‘z (272 ga) tuproqlarining jami 1355 gektar ekin maydonlarining1:5000 masshtabli «Aniq dehqonchilik»ka mos agrokimyoviy kartogrammalari tuzilgan va Bo‘ka, Mirzaobod va Arnasoy tumanlarining qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-898-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajalariga mos mineral o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, o‘g‘itlarni tejash, tuproqning agrokimyoviy holatini yaxshilash, oziqa elementlar muvozanatini saqlash, tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini 8-14 s/ga olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining havo va tuproq haroratlarining so‘nggi 15 yillik ma’lumotlari asosida mineral o‘g‘itlarni maqbul qo‘llash vaqti Bo‘ka, Mirzaobod va Arnasoy tumanlarining qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-898-son ma’lumotnomasi). Natijada, havo va tuproq haroratlariga, granulometrik tarkibiga bog‘liq holda mineral o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qatlamli qo‘llash vaqtini belgilash imkonini bergan.
«Tuproqqa turli xil mineral o‘g‘itlarni bir vaqtni o‘zida qo‘llash bilan birga kul`tivatsiya qilish universal agregati»ni chizmasi chizilgan va uning 3D maketi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining FAR 02247 foydali model` patenti olingan). Natijada, tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajalariga bog‘liq holda g‘o‘zaning vegetatsiya davrida azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarni avtomatik kerakli nuqta (joy)larga qo‘llashga ixtisoslashgan yangi turdagi agregatning prototip nusxasi yaratilgan.
«Zamonaviy avtomatlashtirilgan geofazoviy – smart o‘g‘itlash agregati uchun dasturiy ta’minot» Arnasoy tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining DGU №41133 raqamli guvohnoma olingan). Natijada, aniq-differensiyalashgan o‘g‘itlash dasturiy ta’minoti asosida mineral o‘g‘itlar kerakli nuqtalarga avtomatik qo‘llanganda yoqilg‘i moylash materiallari 12-17%, mineral o‘g‘itlar 23-28% tejalgan hamda g‘o‘zadan 8-14 s/ga yuqori hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish