Mallaeva Dilafruz Abdixoliq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda og‘ir metallarning tarqalishi va ayrim qishloq xo‘jalik ekinlarida to‘planishi (Kitob tumani tuproqlari misolida)”, 06.01.04-Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1250
Ilmiy rahbar: Karimov Xusniddin Nagimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazir Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mahammadiev Samad Qilichevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kitob tumani sug‘oriladigan tipik bo‘z tuprog‘ida og‘ir metallarning tarqalishi, pomidor va bodring ekinlarida ularning bioakkumulyasiyalanishi hamda hududga mos (maqbul) ekin turini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tuproq profili bo‘ylab Cr, Ni, Cd va Pb kabi og‘ir metallar hamda mikroelementlar (Co, Cu, Zn)ning tarqalishi (Pb → Cu →Co → Cd → Ni) suv-agrokimyo (so‘rilishi) bilan bog‘liqligi aniqlangan;
sug‘orish suvlari tarkibidagi toksik elementlar konsentratsiyasi va ularning tuproqdan o‘simlikga o‘tishida (Pb → 2,80-2,83, Cu → 1,44-1,45, Co → 1,23-1,35, Cd → 0,98-1,50, Ni → 1,05-1,10 mg/l) bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
pomidorning «Toshkent tongi», bodringning «Orzu» navlari qismlarida og‘ir metallarning bioakkumuliyasiyasi darajasini o‘rganilgan va ularning turli qismlarda (ildiz, poya, barg va meva) to‘planish aniqlangan;
og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarda pomidor va bodring hosildorlik ko‘rsatkichlari asosida ularning toksik ta’sirga chidamliligi va hosil sifatiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqning agroekologik holati, pomidor va bodring ekinlarida og‘ir metallarning to‘planishi bo‘yicha olingan ilmiy - amaliy natijalar asosida:
Kitob tumani «Qishliq» massivining «Xiromiddin Nurullaevich», «Varganza bog‘ishamol tomorqa xizmati MChJ» va «Abdurasulov Abduqayum Djumaevich» fermer xo‘jaliklarining 1:5000 masshtabli gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy bilan taminlanganlik darajasiga ko‘ra agrokimyoviy kartogrammalari ishlab chiqilgan va 72,7 gektar maydonga amalyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-870-son maʼlumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning gumus va oziqa elementlari bilan taʼminlanganlik holatiga ko‘ra o‘g‘it meʼyori va muddatlarini to‘g‘ri belgilash, o‘g‘itlar samaradorligini oshirish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish orqali agrokimyoviy holatini yaxshilash imkonini bergan.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Qishliq» massivining «Xiromiddin Nurullaevich», «Varganza bog‘ishamol tomorqa xizmati MChJ» hamda «Abdurasulov Abduqayum Djumaevich» fermer xo‘jaligining 1 metr qalinligida harakatchan shakldagi xrom, kadmiy, qo‘rg‘oshin hamda mis elementlari bilan aks ettiruvchi 1:5000 masshtabli ekologik kartasi tuzilgan va Kitob tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-870-son maʼlumotnomasi). Natijada, mazkur ekologik karta fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida toksikantlar bilan ifloslanish holatiga ko‘ra kimyoviy elementlarni kam bioakkumulyasiya quluvchi ekinlarni tanlab ekish, tuproqning ifloslanganlik holatini asoslash va tuproqning ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazilishiga imkon bergan.