Majidov Temur Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda Payr sindromida tashxislash va davolash uslubini tanlash» 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Tib4736.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Akmal Abadbekovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda Payr sindromini tashhislash va davolash choralarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘g‘on ichakning rentgen tasvirini raqamli qayta ishlash, ya’ni rentgen-planimetrik parametrlarini tahlil qilish dasturi ishlab chiqilgan va xirugik davo uslubini tanlashning patogenetik davolash ko‘rsatmalari aniqlangan;
o‘tkazilgan gistomorfologik tekshirish usullari natijasida yo‘g‘on ichak devoridagi morfogik o‘zgarishlar darajasini belgilash va chambar ichak funksional motor faoliyati xolatini baxolash natijasida xirurgik davolashda ichak rezeksiyasi ko‘lamini aniqlash isbotlangan;
chambar ichak taloq burchagidagi patologik biriktiruvchi to‘qima tortmalaridan laparoskopik bartaraf etish amaliyotining afzalligi va samaradorligi, xamda alternativ davo uslubi ekanligi asoslangan;
bemorlarning Payr sindromida yaqin va uzoq davr natijalarini aniq taxlil qilishga asoslangan xolda, ball shkalasi bo‘yicha eng muxim kriteriylarni o‘z ichiga olgan baholovchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda Payr sindromida tashxislash va davolash uslubini tanlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini natijalarini amaliyotga tadbig‘iga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik yo‘g‘on ichakning rentgen tasvirini raqamli qayta ishlash, ya’ni rentgen-planimetrik parametrlarini tahlil qilish dasturi ishlab chiqilgan va xirugik davo uslubini tanlashning patogenetik davolash ko‘rsatmalari aniqlangan; Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan dastur orqali bemorlarga operatsiya uslubini aniqlash maqsadida Payr sindromida yo‘g‘on ichakning evakuator xususiyatini baholovchi koeffisientlar taxlil qilingan. Ya’ni bemorga o‘tkazilgan irrigografiya tekshirish usulida, ichak kontrast bilan to‘ldirilgan xolatida olingan rentgen tasvirda yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismining uzunligi (a), ko‘ndalang qismining uzunligi (b) va tushuvchi qismining uzunligi (c) o‘lchab olingan. O‘z navbatida bu uchta uzunlik yig‘indisi (d) chambar ichakning butun uzunligini tashkil qilgan. Chambar ichakning xar uchala qismlarining nisbiy uzunlik koeffisienti alohida aniqlangan (L1 (ko‘tar.q.u.) = a/d; L1 (ko‘nd.q.u.) = b/d; L1 (t.q.u.) = c/d;). Xuddi shu ko‘rsatkichlar konstratdan bo‘shatilgandan keyin xam aniqlangan. Ushbu dasturda aniqlangan koeffisient orqali o‘z vaqtida operatsiya usuliga aniqlik kiritilgan va kerakli davo o‘tkazilgan. Bu orqali yaxshi natijaga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z navbatida Payr sindromida ushbu dastur orqali samarali davo usuli tanlanishi orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish kunlarini qisqartirilishiga erishilgan. Natijada xar bir bemor uchun sarflanadigan dori darmonlar va vositalarni tejalishiga, ya’ni iqtisodiy samardorlikka erishilgan. Xulosa: shunday qilib ishlab chiqilgan dastruga rentgen-planimetrik ko‘rsatikchlar kiritilganda, ko‘ndalang chambar ichakning uzunlik koeffisienti aniqlanadi, shu orqali bemorlarda Payr sindromida xirurgik davo uslubini aniqlashga imkon beradi. Uzunlik koeffisientining “0,85” dan past bo‘lishi ayniqsa chambar ichakning ko‘ndalang qismida aniqlansa, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘ndalang chambar ichak rezeksiyasi va “uchma-uch” anastomoz qo‘yishga ko‘rsatma bo‘lib hisoblangan. Aksincha bu ko‘rsatkich “0,85 va1,0” oralig‘ida bo‘lsa kam invaziv laparoskopiya orqali taloq burchagi boylami va patologik chandiqlardan ajratish amaliyotiga ko‘rsatma bo‘lib hisoblangan.
ikkinchi ilmiy yangilik. yo‘g‘on ichakning rentgen tasvirini raqamli qayta ishlash, ya’ni rentgen-planimetrik parametrlarini tahlil qilish dasturi ishlab chiqilgan va xirugik davo uslubini tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar aniqlangan; Bolalarda Payr sindromida o‘tkazilgan gistomorfologik tekshirish usullari yo‘g‘on ichak devoridagi morfogik o‘zgarishlar darjasini aniqlashga, nerv gangliylarni taxlil qilish chambar ichak funksional motor faoliyatini tekshirishga, bu o‘z navbatida xirurgik davolashda ichak rezeksiyasi ko‘lamini aniqlashga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan morfogistologik tadqiqotlarda ko‘ndalang chambar ichakning rezeksiya qilingan qismining cho‘zilish va kengayish natijasidagi ichak devorining yupqalashishi hisobiga shilliq osti qavatida lipofibroz holati kelib chiqanligi aniqlangan. Ushbu jarayon rivojlanish morfogenezida, biriktiruvchi to‘qima tolalarining zichlashuvi hamda dag‘al tus olishi, shuningdek ular orasida yog‘ kiritmalari bilan massiv to‘planishi bilan kechganligi kuzatilgan. Sklerotik jarayon, shuningdek, mushaklar oralig‘i va shilliq osti nerv chigallarining nerv gangliyalariga ham tarqalgan, ular biriktiruvchi to‘qimaning zich halqasi bilan o‘ralgan. Nerv tugunlari tarkibida qisqa anamnezli bemorlarda vakuolli distrofiya hodisalari bo‘lgan ganglioz hujayralar, uzoq davom etgan jarayonda esa distrofik hujayralar qamrovi ortib borganligi aniqlangan. Morflogik xulosalarga asoslanib Payr sindromining dekompensatsiya bosqichida chambar ichakni maksimal rezeksiya qilish lozimligi aniqlangan va bu orqali operatsiyadan keyin effektiv natijaga erishilgan va bemorlarning xayot tarzi yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkazilgan gisto-morfologik tekshirish natijalariga asoslanib, bemorlarda rezeksiya ko‘lami to‘g‘ri tanlishi hisobiga bemorlarning shifoxonadagi yotoq kunini qisqartirishga erishilgan. Xulosa: Shunday qilib, Payr sindromida chambar ichakning ko‘tariluvchi va ko‘ndalang qismlarida doimiy najas passajining buzilishi oqibatida ichak devorida chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, ya’ni dag‘al tolali biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi, qon aylanishning buzilish, ho‘jayralarda distrofik-sklerotik o‘zgarishlarga olib kelishi aniqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik. bolalarda Payr sindromida chambar ichak taloq burchagidagi patologik biriktiruvchi to‘qima tormalaridan laparoskopik bartaraf etish amaliyotining afzalligi va samardorligi, xamda alternativ davo uslubi ekanligi ilmiy asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: Payr sindromida 58 nafar kuzatuvda dastur orqali chambar ichakning uzunlik koeffisienti “0,85 va 1,0” oralig‘ida ekanligi sababli kam invaziv laparoskopik taloq burchagidagi patologik boylamlarni bartaraf etish amaliyoti qo‘llanilgan. Ushbu usulning uzoq davr natijalari taxlili shuni ko‘rsatdiki 83% holatda yaxshi natija olingan va bemorlarni sog‘lom turmush tarziga qaytishga imkon yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda laparoskopik asistentlik orqali taloq burchagini patologik biriktiruvchi to‘qima tormalaridan bartaraf etish amaliyotidan keyin, ushbu bemorlarning tez oyoqqa turishi, reanimatsiya bo‘limida uzoq qolib ketmasligi, kasalxonadagi yotoq kunlarining o‘rtacha ko‘rsatkichini qisqartirishga erishildi va o‘rtacha 8,65±0,54 yotoq kunni tashkil etishi aniqlandi. Ko‘ndalang chambar ichakning rezeksiyasi va “oxir-oxir” anastomoz qo‘yish amaliyoti bajarilgan bemorlarda bu ko‘rsatkich 16,35±0,46 yotoq-kunni tashkil qildi. Kasalxonada bemorning 1 yotoq-kun uchun davolanish xarajati 135000 so‘mni tashkil etgan. Laparoskopik asistentlik bilan bajarilgan operatsiyalardan keyin bemorlarning kasalxonada umumiy davolanish xarajatlari o‘rtacha – 8,65*135000=1167750 so‘mni, ana’naviy usulda amaliyot bajarilgan operatsiyalaridan keyin esa – 16,35*135000=2207250 so‘mni tashkil etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy guruhdagi 1 nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 1039500 so‘mni tashkil qildi. Agarda 12 oyda o‘rtacha 20 nafar bemor ushbu patologiya bo‘yicha davolansa 20790000 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalar asoslangan xolda bolalarda Payr sindromida yo‘g‘on ichakning rentgen tasvirini raqamli qayta ishlash, ya’ni rentgenplanimetrik parametrlarini tahlil qilish dasturi, xirugik davo uslubini tanlash imkonini yaratdi. Chambar ichak uzunlik koeffisienti “0,85 - 1,0” oralig‘ida bo‘lganda laparoskopiya uslubini qo‘llash lozimligini anglatgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. bemorlarning Payr sindromida yaqin va uzoq davr natijalarini aniq taxlil qilishga asoslangan xolda, ball shkalasi bo‘yicha eng muxim kriteriylarni o‘z ichiga olgan baholovchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning yaqin va uzoq davr natijalari “Bolalarda Payr sindromida operatsiya natijalarini taxlil qilish shkalasi” asosida taxlil qilingan. Bunda quyidagi omillar e’tiborga olingan: ya’ni Bristol` shkalasi bo‘yicha 1-tip kichik sharcha shaklidagi qattiq najas, 2-tip kolbasa shaklidagi qattiq najas, 3-tip kolbasasimon elastik najas, 4-tip kolbasasimon silliq yuza shaklidagi najas, qorin soxada og‘riq intensivligi, yo‘g‘on ichak rentgen kontrast tekshirish usuli irrigografiyada ichakning kontrast moddadan tozalanish foizi, ich kelish chastotasi. Ushbu omillar mavjudligiga qarab natijalar yaxshi, qoniqarli va qoniqarsiz deb baholangan. “-” omil yo‘qligini, “+” omil kuzatilish chastotasi o‘rtachaligini va “++” omil doimo kuzatilishini anglatgan. Ushbu shkalaga ko‘ra omillarning ballar yig‘indisi bo‘yicha: 15-21 ball yaxshi, 8-14 ball qoniqarli va 1-7 ball qoniqarsiz natija ekanligini anglatgan. Dastur mobil ilovaga o‘rnatilishi orqali qo‘llanilishining soddaligi va nafaqat shifokorlar balki ularning ota-onalari xam farzandida bajarilgan davodan keyingi natijani taxlili qilish imkoniyati yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda Payr sindromida operatsiya natijalarini taxlil qilish shkalasining iqtisodiy samarasiga keladigan bo‘lsak, ushbu dasturning soddaligi, hozirda sun’iy intelektga extiyoj oshib borayotgan bir davrda ushbu ilovani bemorlarning ota-onalari o‘z mobil qurilmasiga o‘rnatish orqali o‘z uyida farzandining davo natijasini taxlil qilishi mumkin. Natijani bilish bilan birga dastur aniqlangan holatga qarab keyingi profilaktik davo choralari bo‘yicha tavsiyalar beradigan, bemorga ambulator yoki statsionar davo lozimligi bo‘yicha yo‘riqnoma chiqaradigan dastur yaratilgan. Xulosa: shunday qilib, bemorlarning Payr sindromida yaqin va uzoq davr natijalarini aniq taxlil qilishga asoslangan, eng muxim kriteriylarni o‘z ichiga olgan, ball shkalasi orqali baholovchi dasturiy ta’minot taxlilida asosiy guruxda 86,5% xolatda yaxshi natija kuzatilgani aniqlangan.
Tadqiqot natijalari Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20-sonli yig‘ilish bayonnomasi, xamda Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Bolalar xirurgiya bo‘limi amaliyotiga Bosh shifokorning 2025 yil 23 may №85t-sonli buyrug‘i bilan, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali klinikasi Xirurgiya bo‘limi amaliyotiga Bosh shifokorning 2025 yil 29 maydagi 18-I-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan.