Sattorov Bobur Burxon ug‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epoksid qotishmalari bilan aloqada bo‘lgan ishchilar uchun stomatologik yordamni tashkil etishni ilmiy asoslash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4657.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Kubaev Aziz Saidolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdirakman Moldalievich Eshiev, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirgiziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: epoksid qotishmasi bilan aloqada bo‘lgan ishchilarga stomatologik yordam ko‘rsatishni tashkil etishni ilmiy asoslash, kasbiy xavf omillarini hisobga olgan holda parodont kasalliklarining oldini olish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishchilarida epoksid qotishmalarining toksik va sensibilizatsiyalovchi xususiyatlari natijasida parodont to‘qimalaridagi yallig‘lanish reaksiyalari, shilliq qavatning himoya funksiyasi buzilishi va og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatining yomonlashuvi kuzatilishi aniqlangan;
plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida ishchilarida kimyoviy omillar ta’siri natijasida sekretor immunoglobulinlar, sitokinlar va nospesifik himoya omillari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi natijasida yallig‘lanish reaksiyalari kuchayishi va allergik sensibilizatsiya jarayonlarining faollashishi kuzatilishi aniqlangan;
ilk bor OHIP-49-RU hayot sifati indeksi asosida epoksid qotishmasi bilan aloqada bo‘lgan ishchilarning nafaqat epoksid qotishmasining kasbiy ta’sir muddati, balki parodont to‘qimalarining shikastlanish darajasi va intensivligi bilan ham belgilanishi aniqlangan;
ilk bor plastik mahsulotlar ishlab chiqarishda epoksid qotishmasi ta’siriga uchragan ishchilarda surunkali tarqalgan parodontitlarni davolash uchun tavsiya etilgan noyob aminokislotalar zanjiridan ibborat past molekulyar og‘irlikdagi peptidlardan   tashkil topgan Vivax gelini qo‘llash orqali parodont to‘qimalarining sezilarli darajada barqarorlashuvi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 05.07.2025 yildagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan: 
birinchi ilmiy yangilik: plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishchilarida epoksid qotishmalarining toksik va sensibilizatsiyalovchi xususiyatlari natijasida parodont to‘qimalaridagi yallig‘lanish reaksiyalari, shilliq qavatning himoya funksiyasi buzilishi va og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatining yomonlashuvi kuzatilishi aniqlangan;  Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan ma’lumotlar kimyoviy ishlab chiqarish ishchilarida gigienik, klinik va stomatologik ko‘rsatkichlarni profilaktika tadbirlari dasturiga kiritish zarurligini asosladi. Aniqlangan miqdoriy parametrlar stomatologik xavf darajasini xolisona baholash va individual profilaktika sxemalarini tuzish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bu amaliy tibbiyot va profilaktik stomatologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida (07.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida (14.11.2024 yildagi 110-sonli buyruq) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epoksid qotishmalar ta’siriga uchragan ishchilarda stomatologik holat buzilishlarini erta aniqlash va tuzatish og‘iz bo‘shlig‘ining kasb bilan bog‘liq kasalliklari darajasini pasaytirish, kasallanishni kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuvni joriy etish epoksid qotishmasi bilan aloqada bo‘lgan ishchilarda tish kariesi va parodont kasalliklarining asoratlangan shakllarini davolash bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Profilaktika tadbirlari va erta stomatologik aralashuvlarni o‘tkazish yuqori texnologiyali yordamga bo‘lgan ehtiyojni va dori-darmon terapiyasi xarajatlarini kamaytirish orqali yiliga bir bemor uchun o‘rtacha 380000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida ishchilarida kimyoviy omillar ta’siri natijasida sekretor immunoglobulinlar, sitokinlar va nospesifik himoya omillari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi natijasida yallig‘lanish reaksiyalari kuchayishi va allergik sensibilizatsiya jarayonlarining faollashishi kuzatilishi aniqlangan; Bu esa immunitetning pasayishi va allergik sezuvchanlikning ortishini ko‘rsatadi hamda ish stajiga bog‘liq profilaktika zarurligini asoslaydi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalari birinchi marta epoksid birikmalar bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lgan shaxslarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini immunologik nazorat qilish zarurligini asoslash imkonini berdi. Aniqlangan ko‘rsatkichlar (sIgA, IgE, lizotsim) og‘iz bo‘shlig‘i immun holatining qulay va ma’lumot beruvchi biomarkerlari sifatida xizmat qilishi va kasbiy patologiya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida (07.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida (14.11.2024 yildagi 110-sonli buyruq) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epoksid qotishma bilan aloqada bo‘lgan ishchilarda immunitet pasayishi va allergik zo‘riqish belgilarini erta aniqlash profilaktika va tuzatish choralarini o‘z vaqtida qo‘llash imkonini beradi. Bu og‘iz bo‘shlig‘ining surunkali yallig‘lanish kasalliklari chastotasini kamaytirish, bemorlarning ahvoli, mehnat qobiliyati va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: noinvaziv diagnostik testlar (so‘lak) yordamida immunologik nazoratni qo‘llash asoratlangan stomatologik holatlar sonini kamaytirish va resurslarni aniqroq taqsimlash orqali davolashni takomillashtirish imkonini beradi. Har bir bemor uchun ishlab chiqilgan algoritm og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini kechroq va qimmatroq davolash xarajatlaridan qochib, 470000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor OHIP-49-RU hayot sifati indeksi asosida epoksid qotishmasi bilan aloqada bo‘lgan ishchilarning nafaqat epoksid qotishmasining kasbiy ta’sir muddati, balki parodont to‘qimalarining shikastlanish darajasi va intensivligi bilan ham belgilanishi aniqlangan; Bu surunkali toksik ta’sirning ahamiyatini ta’kidlaydi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari birinchi marta stomatologik patologiya va immunitet buzilishlari rivojlanish xavfini baholashda epoksid qotishmalari bilan kasbiy aloqa qilish tajribasini hisobga olish zarurligini asosladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida (07.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida (14.11.2024 yildagi 110-sonli buyruq) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ish staji bilan yallig‘lanish va immun buzilishlarning og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va maqsadli profilaktikasini ta’minlash imkonini berdi. Bu parodontitning asoratli shakllari tarqalishini kamaytirishga, hayot sifatini yaxshilashga va ishchilarning kasbiy maqomini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: stajga bog‘liq yondashuv va yo‘naltirilgan immunologik diagnostikadan foydalanish tekshiruv hajmini optimallashtirish va og‘ir stomatologik holatlar rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Ushbu sxemaning joriy etilishi immunitet buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash va qimmatbaho davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali har bir bemor uchun 420000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor plastik mahsulotlar ishlab chiqarishda epoksid qotishmasi ta’siriga uchragan ishchilarda surunkali tarqalgan parodontitlarni davolash uchun tavsiya etilgan noyob aminokislotalar zanjiridan ibborat past molekulyar og‘irlikdagi peptidlardan   tashkil topgan Vivax gelini qo‘llash orqali parodont to‘qimalarining sezilarli darajada barqarorlashuvi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilgan algoritm epoksid qotishmasi bilan aloqada bo‘lgan shaxslardagi immunologik, klinik va gigienik buzilishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, stomatologlarga standart profilaktika va davolashdan individualashtirilgan usulga o‘tish imkonini beradi. Uning joriy etilishi parodontit kechishini prognostik baholashni yaxshilashga, davolash muddatlari va hajmini optimallashtirish, shuningdek, kasallik qaytarilish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida (07.10.2024 yildagi 56-sonli buyruq) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida (14.11.2024 yildagi 110-sonli buyruq) amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash xurujlar sonini kamaytirish, davolashning klinik samaradorligini oshirish, remissiya muddatini uzaytirish va bemorlarda stomatologik salomatlikning umumiy sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanilishi kasallikning kuchayishi va takroriy murojaatlar chastotasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu davolanishning umumiy xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Parodontitning rivojlanishini oldini olish va erishilgan davolash natijasining barqarorligi tufayli har bir bemor uchun xarajatlar tejalishi 520000 so‘mni tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish