Olimova Komola Jamshid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollarda “puch” follikula sindromini tashxislash va profilaktikasini optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik i ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3696.
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxangir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtrlgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reproduktiv yoshdagi ayollarda “puch” follikula sindromini tashxislash, prognozlash va profilaktikasini takomillashtirilgan usullari orqali yordamchi reproduktiv texnologiyalar natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv yoshdagi ayollarda PFS uchrash salmog‘ining tahlili, uning erta reproduktiv yoshdagi ayollarda 12%, kech reproduktiv yoshdagi ayollarda 24% holatda uchrab (p<0,05), kech reproduktiv yoshdagi ayollarda PFS salmog‘ining 2,0 baravar ko‘p uchrashi, yosh omili bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
follikulyar suyuqligi mikrobiotasining tahlili, asosiy guruhlarda Lactobacillus crispatus 20–35% ga, Bifidobacterium spp. 50% ga kamaygani (p<0,01), aksincha Clostridium difficile 40% (p<0,01), Prevotella disiens 30–40% (p<0,01), Prevotella bivia 25–30% (p<0,05) va Bacteroides fragilis 12–21% (p<0,05) gacha ko‘paygani PFSning rivojlanishi va residiv xavfi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
follikulyar suyuqlikda mikroelementlar tahlili, sink miqdor darajasi <75 µg/L va selen miqdor darajasi <40 µg/L aniqlangan ayollarda PFS rivojlanish xavfi 2.0 baravarga ortib (p<0,05), ushbu elementlar miqdor darajasining pasayishi antioksidant himoyaning susayishi va oksidativ stress kuchayishi bilan bog‘liq holda PFS patogenezining muhim zvenosi ekanligi isbotlangan;
PRP-terapiyani Saccharomyces boulardii CNCM I-745 va Lactobacillus rhamnosus probiotiklari hamda sink + selen bilan birgalikda qo‘llash tuxum hujayra olinishi guruxlarda mos ravishda 47,3% va 52,2%, homiladorlik ko‘rsatkichi mos ravishda 46,5% va 51,2% ortishiga hamda takroriy EKU ga ehtiyojnii 25% ga qisqarishiga olib kelib (p<0,05), ushbu natijalar innovatsion kompleks terapiyaning PFS profilaktikasi va davolashida yuqori samaradorlikka ega ekani isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda PFSni umumklinik, exodopplerometrik va gormonal tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda fertillikni tiklashga asoslangan davolash usullarini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda PFS uchrash salmog‘ining tahlili, uning erta reproduktiv yoshdagi ayollarda 12%, kech reproduktiv yoshdagi ayollarda 24% holatda aniqlandi (p<0,05). Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda PFS salmog‘ining 2,0 baravar ko‘p uchrashi, yosh omili bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan va ular natijalari asosida “Puch” follikula sindromi: tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 24.06.2024 y. 06-24/338-t son bilan tasdiqlangan) va Respublika perinatal markazi bo‘yicha 04.12.2024 yildagi 126-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 02.12.2024 yildagi 197-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2025 yil 10 iyundagi 19/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yosh omilining PFS rivojlanishida hal qiluvchi omil sifatida aniqlanishi xavfni erta baholash, maqsadli profilaktika choralarini ko‘rish va sog‘lom reproduktiv salomatlikni ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kech reproduktiv yoshda xavfni oldindan aniqlash orqali asossiz tekshiruv va EKU xarajatlarini kamaytirib, har bir bemor uchun o‘rtacha 400000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 36000000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kech reproduktiv yoshda PFS tarqalishi 2 baravar yuqori ekanligi va yosh omili asosiy hal qiluvchi omil ekanligi isbotlandi, shu bilan birga ortiqcha xarajatlardan voz kechish orqali jami 36000000 so‘m iqtisod qilindi imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: follikulyar suyuqligi mikrobiotasining tahlili, asosiy guruhlarda Lactobacillus crispatus 20–35% ga, Bifidobacterium spp. 50% ga kamaygani (p<0,01), aksincha Clostridium difficile 40% (p<0,01), Prevotella disiens 30–40% (p<0,01), Prevotella bivia 25–30% (p<0,05) va Bacteroides fragilis 12–21% (p<0,05) gacha ko‘paygani PFSning rivojlanishi va residiv xavfi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan va ular natijalari asosida “Puch” follikula sindromi: tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 24.06.2024 y. 06-24/338-t son bilan tasdiqlangan) Respublika perinatal markazi bo‘yicha 04.12.2024 yildagi 126-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 02.12.2024 yildagi 197-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2025 yil 10 iyundagi 19/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: follikulyar suyuqlik mikrobiotasining ilk marotaba to‘liq tahlil qilinishi PFS bilan bog‘liq disbiozni aniqlash, ayollarda reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va homiladorlar salmog‘ini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mikrobiota tahlili orqali PFS xavfini aniqlash natijasida asossiz antibiotiklar va qimmatbaho qo‘shimcha tekshiruvlarning oldi olinib, har bir bemor uchun o‘rtacha 450000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 40500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: follikulyar suyuqlik mikrobiotasida Lactobacillus va Bifidobacterium kamayishi, aksincha Clostridium difficile, Prevotella spp. va Bacteroides fragilis ko‘payishi PFS rivojlanishi va residiv xavfi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi isbotlandi, shu bilan birga ortiqcha tekshiruv va davolash xarajatlaridan voz kechish orqali jami 40500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: follikulyar suyuqlikda mikroelementlar tahlili, sink miqdor darajasi <75 µg/L va selen miqdor darajasi <40 µg/L aniqlangan ayollarda PFS rivojlanish xavfi 2.0 baravarga ortishi aniqlangan (p<0,05). Ushbu elementlar miqdor darajasining pasayishi antioksidant himoyaning susayishi va oksidativ stress kuchayishi bilan bog‘liq holda PFS patogenezining muhim zvenosi ekanligi isbotlangan va ular natijalari asosida “Puch” follikula sindromi: tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 24.06.2024 y. 06-24/338-t son bilan tasdiqlangan) Respublika perinatal markazi bo‘yicha 04.12.2024 yildagi 126-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 02.12.2024 yildagi 197-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2025 yil 10 iyundagi 19/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mikrobiota ko‘rsatkichlariga asoslangan PFS rivojlanishi va uning residivi xavfini prognozlash modeli ishlab chiqilishi ayollarda reproduktiv salomatlikni erta baholash, residivlarni barvaqt aniqlash va individual profilaktika choralarini joriy etish hamda bepushtlik va unga bog‘liq ijtimoiy muammolarni kamaytirish, sog‘lom avlodni ta’minlash va ayollar hayot sifati hamda ijtimoiy barqarorlikni oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mikrobiota ko‘rsatkichlariga asoslangan PFS rivojlanishi va residivi xavfini prognozlash modeli joriy etilishi natijasida, har bir bemorda qo‘shimcha invaziv tekshiruvlardan voz kechish orqali o‘rtacha 350000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 31 500000 so‘m mablag‘ tejalishiga hamda erta tashxis va individual profilaktika uzoq muddatli davolash xarajatlarini kamaytirishga, sog‘liqni saqlash tizimida umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Xulosa: mikrobiota ko‘rsatkichlariga asoslangan PFS rivojlanishi va residivi xavfini prognozlash modeli amaliyotga joriy etilishi, ayollarda reproduktiv salomatlikni erta baholash, residivlarni barvaqt aniqlash, profilaktika hamda ortiqcha har bir bemor uchun o‘rtacha 350000 so‘mgacha va 90 nafar bemor uchun 31500000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: PRP-terapiyani Saccharomyces boulardii CNCM I-745 va Lactobacillus rhamnosus probiotiklari hamda sink + selen bilan birgalikda qo‘llash tuxum hujayra olinishi guruxlarda mos ravishda 47,3% va 52,2%, homiladorlik ko‘rsatkichi mos ravishda 46,5% va 51,2% ortishiga hamda takroriy EKU ga ehtiyojnii 25% ga qisqarishiga olib keldi (p<0,05). Ushbu natijalar innovatsion kompleks terapiyaning PFS profilaktikasi va davolashida yuqori samaradorlikka ega ekani isbotlangan va ular natijalari asosida “Puch” follikula sindromi: tashxislash, prognozlash, davolash va profilaktikasi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 24.06.2024 y. 06-24/338-t son bilan tasdiqlangan) Respublika perinatal markazi bo‘yicha 04.12.2024 yildagi 126-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 02.12.2024 yildagi 197-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2025 yil 10 iyundagi 19/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: PRP-terapiyani Saccharomyces boulardii CNCM I-745, Lactobacillus rhamnosus probiotiklari va sink selen preparati bilan birgalikda qo‘llash orqali “puch” follikula sindromi kuzatilgan va xavf guruhiga kiruvchi ayollarda fertillikni tiklash, ovulyasiya va homiladorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, shuningdek, gormonal, exografik va mikrobiota holatlarni yaxshilashga erishish, bepushtlikning oldini olish, reproduktiv salomatlikni saqlash, sog‘lom avlodni ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: PRP-terapiyani Saccharomyces boulardii CNCM I-745, Lactobacillus rhamnosus probiotiklari va sink selen preparati bilan birgalikda qo‘llash asosida ayollarda qayta-qayta qimmatbaho invaziv tekshiruvlar va uzoq muddatli standart davolashga ehtiyoj sezilarli darajada kamaydi, tibbiy xizmatlarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, har bir bemor uchun o‘rtacha 400000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 36000000 so‘m mablag‘ tejashga erishish va sog‘liqni saqlash tizimi yukini engillashtirish imkonini bergan. Xulosa: “puch” follikula sindromi kuzatilgan va xavf guruhiga kiruvchi ayollarda PRP-terapiyani Saccharomyces boulardii CNCM I-745, Lactobacillus rhamnosus probiotiklari va sink selen preparati bilan birgalikda qo‘llash fertillikni tiklash, ovulyasiya va homiladorlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 400000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 36000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan.