Kiryakov Dmitriy Andreevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Saraton va saraton oldi teri kasalliklarini klinik va immunologik xususiyatlari”, 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya, 14.00.14-Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.1.PhD/Tib2435.
Ilmiy rahbarlar: Azizov Baxadir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ganiev Abduavaz Abdulaxatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafur-Oxunov Mirza Allayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi va sanoat hududlari aholisi orasida teri o‘smalarining tarqalishini aniqlash, teri o‘smalarini skrining qilish usulini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, ularning klinik xususiyatlarini tahlil qilish, sitokin holatini (IL-4 va IL-10) baholash hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lgan aholi orasida havfli teri o‘smalarining tarqalganligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida sanoat aholisi orasida teri neoplazmalarining (yassi hujayrali karsinoma 19,1%; aktinik keratoz – 29,5%) 3,5 barobar ko‘p tarqalganligi isbotlangan;
aholi orasida havfli o‘smalarini skrining qilishning ishlab chiqilgan usulini joriy etish tizimini qo‘llash natijasida teri o‘smalarini erta aniqlanish ko‘rsatkichini 1% dan 15% gacha oshirganligi isbotlangan;
teri o‘smalarinining yaxshi sifatli turlarida immunoreaktivlik xolatini o‘rganish asosida yallig‘lanishga qarshi IL-10 sitokinining 6,4 barobar oshishi, havfli malingnizlashgan o‘smalarda esa IL-4 sitokinining 17,2 marotaba ko‘tarilishi aniqlangan va havfli malingnizlashgan o‘smalarda immunoreaktivlikning sitotoksik va autoimmun turda faoliyati isbotlangan;
terining havfli o‘smalarini davolashda ishlab chiqilgan kombinirlangan pnevmogipertermiya bilan birgalikda yaqin fokusli rentgenterapiya va interferonoterapiya davolash usulini qo‘llash natijasida o‘smalarning to‘liq regressiga olib kelishi va residivlarsiz davolash samaradorligining 94,6% ga oshishi isbotlangan.
IV. Tadqikot natijalarining joriy qilinishi.
Teri o‘smalarini tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lgan aholi orasida havfli teri o‘smalarining tarqalganligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida sanoat aholisi orasida teri neoplazmalarining (yassi hujayrali karsinoma 19,1%; aktinik keratoz – 29,5%) 3,5 barobar ko‘p tarqalganligining isbotlanganligi Toshkent viloyati teri va tanosil kasalliklari dispanseri amaliyotiga 13.08.2024 yildagi 71-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga 08.08.2024 yildagi 26-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 22.10.2024-yildagi 07/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘smalarning dastlabki bosqichda aniqlanishi kasallikning xavfli bosqichga o‘tishiga va fakultativ o‘sma oldi kasalliklarning malignizatsiyasiga, asoratlar rivojlanish ehtimoliga to‘sqinlik qilladi va terapevtik tadbirlarning davomiyligini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: terining yomon sifatli o‘smalarini erta aniqlash 82 nafar bemorda o‘sma rezeksiyasi hajmini kamaytirish orqali 66338000 so‘m tejab qolishga imkon bergan. Xulosa: teri o‘smalarini erta tashxislashning yangi usuli yordamida har bir bemor uchun 809000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: aholi orasida havfli o‘smalarini skrining qilishning ishlab chiqilgan usulini joriy etish tizimini qo‘llash natijasida teri o‘smalarini erta aniqlanish ko‘rsatkichini 1% dan 15% gacha oshirganligi isbotlanganligi Toshkent viloyat teri va tanosil kasalliklari dispanseri amaliyotiga 13.08.2024 yildagi 71-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga 08.08.2024 yildagi 26-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 22.10.2024-yildagi 07/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘smalarning dastlabki bosqichda aniqlanishi kasallikning xavfli bosqichga o‘tishiga va fakultativ o‘sma oldi kasalliklarning malignizatsiyasiga, asoratlar rivojlanish ehtimoliga to‘sqinlik qiladi va terapevtik tadbirlarning davomiyligini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: terining yomon sifatli o‘smalarini erta aniqlash 82 nafar bemorda o‘sma rezeksiyasi hajmini kamaytirish orqali 66338000 so‘m tejab qolishga imkon bergan. Xulosa: teri o‘smalarini erta tashxislashning yangi usuli yordamida har bir bemor uchun 809000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: teri o‘smalarinining yaxshi sifatli turlarida immunoreaktivlik xolatini o‘rganish asosida yallig‘lanishga qarshi IL-10 sitokinining 6,4 barobar oshishi, havfli malingnizlashgan o‘smalarda esa IL-4 sitokinining 17,2 marotaba ko‘tarilishi aniqlangan va havfli malingnizlashgan o‘smalarda immunoreaktivlikning sitotoksik va autoimmun turda faoliyati isbotlanganligi Toshkent viloyat teri va tanosil kasalliklari dispanseri amaliyotiga 13.08.2024 yildagi 71-sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga 08.08.2024 yildagi 26-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 22.10.2024-yildagi 07/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘smalarning dastlabki bosqichda aniqlanishi kasallikning xavfli bosqichga o‘tishiga va fakultativ o‘sma oldi kasalliklarning malignizatsiyasiga, asoratlar rivojlanish ehtimoliga to‘sqinlik qiladi va terapevtik tadbirlarning davomiyligini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: terining yomon sifatli o‘smalarini erta aniqlash 82 nafar bemorda o‘sma rezeksiyasi hajmini kamaytirish orqali 66338000 so‘m tejab qolishga imkon bergan. Xulosa: teri o‘smalarini erta tashxislashning yangi usuli yordamida har bir bemor uchun 809000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: terining havfli o‘smalarini davolashda ishlab chiqilgan kombinirlangan pnevmogipertermiya bilan birgalikda yaqin fokusli rentgenterapiya va interferonoterapiya davolash usulini qo‘llash natijasida o‘smalarning to‘liq regressiga olib kelishi va residivlarsiz davolash samaradorligining 94,6% ga oshishi isbotlanganligi Toshkent viloyat teri va tanosil kasalliklari dispanseri amaliyotiga 13.08.2024 yildagi 71 - sonli buyrug‘i bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga 08.08.2024 yildagi 26 - sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 22.10.2024-yildagi 07/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: teri o‘smalarini davolashning ishlab chiqilgan kombinirlangan usulidan foydalanish jarrohlik aralashuvisiz bartaraf qilish, residivlar sonini kamaytirish imkonini beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘smalarni jarrohliksiz davolashda ishlab chiqilgan usuldan foydalanish o‘sma rezeksiyasi hajmini kamaytirish orqali 82 nafar bemorda 95120000 so‘m tejab qolish imkonini bergan. Xulosa: teri o‘smalarini yangi davolash usuli yordamida davolash orqali har bir bemor uchun 1160000 so‘m tejash imkonini bergan.