Ergashev Suhrob Panji o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mitral qopqoq shikastlanishlarini jarrohlik davolash bosqichlarida volemik xolat buzilishlarini to‘g‘irlash va nazorat qilishni optimallashtirish» 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2024.2.PhD/Tib4765.
Ilmiy raxbar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiet markazi» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akalaev Rustam Nurmuhamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Grodno davlat tibbiyot unversiteti (Belarus Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: perioperativ gemodinamik boshqaruvni optimallashtirish orqali mitral qopqoqda jarroxlik amaliyotidan keyingi davr natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mitral qopqoqni korreksiyalash bosqichlarida bemorlar organizmida hatto hisoblangan fiziologik infuzion yuklamasi ham yurak chap qismlarining zo‘riqishiga va mos ravishda uning qisqarish xususiyatini pasayishiga olib kelishi, o‘z navbatida yuqori doza inotroplarga ehtiyojni oshirishi, prognostik rejada bu operativ davolash natijasining nojo‘ya belgisi ekanligi aniqlangan;
chap qorincha qiskarish fraksiyasi chap qorincha xajmining yakuniy diastolik xajm kattalashishining va yurak qopqoqlari jarrohligidan keyingi bemorlarda yurak etishmovchiligining dastlabki klinik belgilari paydo bo‘lishining nisbatan erta va maksimal axborot ko‘rsatkichi sanalishi isbotlangan;
eritrotsitlar shaklining ekspress kuzatuvi ahamiyati ko‘rsatilgan, bu esa sun’iy aylanishdan keyin gemotsirkulyator mikrookklyuziya natijasida yuzaga kelgan volemik status va sirkulyator gipoksiyaning og‘irligini morfologik aniqlashning nospesifik usuli ekanligi aniqlangan;
anamnezida COVID-19 pnevmoniyasini boshdan kechirgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi yaqin davrdagi klinik kechish yurak qon tomir etishmovchiligini davolash protokolini kengaytirish hamda respirator qo‘llab quvvatlash nuqtai nazaridan yurak-o‘pka tizimining qo‘shimcha kuzatuvini talab qiluvchi o‘ziga xos farqli xususiyatlarga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perioperativ gemodinamik boshqaruvni optimallashtirish orqali mitral qopqoqda jarroxlik amalyotidan keyingi davr bemor xolatini yaxshilash natijasida quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: mitral qopqoqni korreksiyalash bosqichlarida bemorlar organizmida hatto hisoblangan fiziologik infuzion yuklamasi ham yurak chap qismlarining zo‘riqishiga va mos ravishda uning qisqarish xususiyatini pasayishiga olib kelishi, o‘z navbatida yuqori doza inotroplarga ehtiyojni oshirishi, prognostik rejada bu operativ davolash natijasining nojo‘ya belgisi ekanligi aniqlangan; Ijtimoiy smaradorligi: olib borilgan tadqiqotlar natijasida mitral qopqoq protezlash amaliyoti davomida va operatsiyadan keyingi davrda spesifik asoratlarni oldini olishga, bemorlarning umumiy sog‘lig‘ini yaxshilashga va hayot sifatini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mitral qopqoq protezlash amalieti davomida gemodinamik nazoratni yaxshilanishi inotrop vositalarga extiyojni kamaytirishga, respirator ko‘makni qisqartirishga va sun’iy nafas ventilyasiyadagi muddatni 13,0 soatdan 7,3 soatgacha qisqarishi hisobiga har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini tejash 304950 so‘mni tashkil etgan («Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Davlat muassasasida 1 kunlik reanimatsiya xarajati 1284000 so‘m deb hisoblanganda). Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 304950 so‘mni tashkil etsa, yiliga o‘rtacha keng ko‘lamli o‘pka operatsiyasi uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 44217750 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: mitral qopqoq shikastlanishlarini xirurgik davolashning perioperativ bosqichlarida volemik holatni korreksiyalash, shu bilan miokardning inotrop qo‘llab quvvatlanishiga ehtiyojini kamaytirish va xirurgik davolashning yaqin natijalarini yaxshilash orqali 1 yil davomida byudjet mablag‘laridan 44217750 so‘m tejashga erishilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: chap qorincha qiskarish fraksiyasi chap qorincha xajmining yakuniy diastolik xajm kattalashishining va yurak qopqoqlari jarrohligidan keyingi bemorlarda yurak etishmovchiligining dastlabki klinik belgilari paydo bo‘lishining nisbatan erta va maksimal axborot ko‘rsatkichi sanalishi isbotlangan; Ijtimoiy smaradorligi: ishlab chiqilgan usullardan foydalanish perioperativ asoratlarning kamayishiga, yaxshi klinik natijalar ulushining ortishiga, bemorlarning hayot sifati va reabilitatsiya ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi bilan birga, ularning tezroq sog‘ayib, mehnat faoliyatiga qaytishi va jamiyatga to‘liq integratsiyalashuviga ko‘maklashishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak qopqoqlarining jarrohligidan keyin bemorlarda yurak etishmovchiligi uchrashi foizi qisqartirilishi va statsionarda davolanish muddatlarini 13,2 kundan 10,1 kungacha kamayishi hisobidan har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini tejash 1488000 so‘mni tashkil etdi («Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Davlat muassasasida 1 kunlik davolanish xarajati 480000 so‘m deb hisoblanganda). Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 1488000 so‘mni tashkil etsa, yiliga iqtisodiy ko‘rsatkich 215760000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: mitral qopqoq shikastlanishlarini xirurgik davolashning perioperativ bosqichlarida volemik holatni korreksiyalashni optimallashtirish 1 yilda 215760000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: eritrotsitlar shaklining ekspress kuzatuvi ahamiyati ko‘rsatilgan, bu esa sun’iy aylanishdan keyin gemotsirkulyator mikrookklyuziya natijasida yuzaga kelgan volemik status va sirkulyator gipoksiyaning og‘irligini morfologik aniqlashning nospesifik usuli ekanligi aniqlangan; Ijtimoiy smaradorligi: amaliyotdan keyingi asoratlarining qon tizimi bilan bog‘liq sabab-oqibat aloqalarini aniqlash bemorlarda davolash samaradorligini oshirish, ularning klinik natijalarini yaxshilash, tezroq tiklanish va normal ijtimoiy hamda mehnat faoliyatiga qaytishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mitral qopqoqda jarrohlik amaliyotlaridan keyingi davrda bemorlarda qon xujayralarini morfometrik buzilishlarini aniq baholash asosida har bir bemor uchun qo‘shimcha laborator xarajatlarni 520460 so‘mga qisqartirishga erishilgan. Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 520460 so‘mni tashkil etsa, yiliga «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiet markazi» Davlat muassasasida 145-ta mitral qopqoq jarroxlik amaliyotlari uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 75466700 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: periferik qondagi eritrotsitlar holatini “semiz tomchi” ekspress usuli yordamida morfometrik teshkshirish qopqoq jarroxlik amaliyotlaridan so‘nggi volemik status va uning korreksiyasi samaradorligini baholashda qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish 1 yilda 75466700 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: anamnezida COVID-19 pnevmoniyasini boshdan kechirgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi yaqin davrdagi klinik kechish yurak qon tomir etishmovchiligini davolash protokolini kengaytirish hamda respirator qo‘llab quvvatlash nuqtai nazaridan yurak-o‘pka tizimining qo‘shimcha kuzatuvini talab qiluvchi o‘ziga xos farqli xususiyatlarga ega ekanligi isbotlangan; Ijtimoiy smaradorligi: anamnezida COVID-19 pnevmoniyasini boshdan kechirgan bemorlarda yurak mitral qopqog‘idagi jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng kengaytirilgan gemodinamik monitoring qo‘llanilishi nafas va yurak-qon tomir tizimlari bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga va bemorning tiklanishini tezlashtirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlarda yurak mitral qopqog‘i protezlash amalietidan keyingi asaoratlar soni qisqartirilgan, statsionar davolanish muddatlari 22,2%-ga kamaygan, va 1 bemorga qo‘shimcha xarajatlar 1 920000 so‘mga qisqartirilgan («Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» Davlat muassasasida 1 kunlik davolanish xarajati 480000 so‘m deb hisoblanganda). Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 1920000 so‘mni tashkil etsa, yiliga o‘rtacha 24 nafar COVID-19 -dan keyingi bemorlar uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 46080000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: anamnezida COVID-19 pnevmoniyasini boshdan kechirgan va mitral qopqoq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda xirurgik davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish 1 yilda 46080000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali (02.08.2024 yildagi №46t buyruq) va Andijon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.08.2024 yildagi 33-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi 10.03.2025 yildagi 13/28-sonli xulosasi).