Raxmataliev Saidjon Xomitali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Braxiotsefal arteriyalarning nospesifik aortoarteriiti bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilish va kompleks davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.34 – «Yurak qon-tomir xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/Tib4760.
Ilmiy raxbar: Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sunnatov Ravshan Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: braxiotsefal arteriyalarning nospesifik aortoarteriiti bilan kasallangan bemorlarini kompleks davolash natijalarini yaxshilash maqsadida kasallikning yangi diagnostik usullarni joriy etish va yallig‘lanish jarayoni faolligini susaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fon signalini susaytirish yo‘li bilan butun tana diffuzion-muvozanatlangan magnit-rezonans tomografiyasi (DWIBS) magistral arteriyalardagi aktiv yallig‘lanish lokalizatsiyasini aniq vizualizatsiya qilish, shuningdek, simptomatik stenoz bilan zararlangan joylardan uzoqda joylashgan qon tomirlarda yangi yallig‘lanish o‘choqlarini aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
yallig‘lanish markerlari soxta manfiy natija ko‘rsatgan bemorlarda yallig‘lanish jarayoni faolligini to‘g‘ri baholash uchun interleykin-6 sitokini darajasini aniqlash zarurligi isbotlangan;
interleykin-6 sitokini yuqori bo‘lganda, pul`s-terapiyaga rezistent bo‘lganda, pul`s-terapiya komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik yoki qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan taqdirda, bemorlarga interleykin-6  sitokinini bloklovchi totsilizumab preparatini qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
braxiotsefal arteriyalar nospesifik aortoarteriiti bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish faolligini to‘g‘ri baholash va interleykin-6 sitokinini bloklovchi preparatlar qo‘llash orqali jarroxlik amaliyotlarning asoratlarini kamaytiradigan diagnostika va kompleks davolash ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nospesifik aortoarteriit bilan kasallangan bemorlarga yuqori texnologiyali diagnostik yordam ko‘rsatish va kompleks davolash sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: fon signalini susaytirish yo‘li bilan butun tana diffuzion-muvozanatlangan magnit-rezonans tomografiyasi (DWIBS) magistral arteriyalardagi aktiv yallig‘lanish lokalizatsiyasini aniq vizualizatsiya qilish, shuningdek, simptomatik stenoz bilan zararlangan joylardan uzoqda joylashgan qon tomirlarda yangi yallig‘lanish o‘choqlarini aniqlash imkonini berishi isbotlanganligi Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.05.2024 y. 74-I/Ch sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialida (06.06.2024 y. 87-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengash xulosasi № 19/66, 10 iyun 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: diffuzion–muvozanatlashtirilgan rejimdagi MRT nospesifik aortoarteriit bilan kasallangan bemorlarda bajarilishi shart bo‘lgan instrumental diagnostika usuli hisoblanadi, u immunologik ko‘rsatkichlar soxta–manfiy bo‘lgan hollarda ham yallig‘lanish jarayonining lokalizatsiyasi va faolligini aniq belgilash imkonini beradi. Bu esa tomirlarda stenoz va okklyuziyalar rivojlanish xavfini pasaytiradi, ishemik insul`t rivojlanishining oldini oladi, bemorlarni nogiron bo‘lib qolishidan saqlaydi va ularning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: statistikaga ko‘ra, NAA bilan kasallangan bemorlarda braxiotsefal arteriyalar stenozi va miyada qon aylanishning buzilishi tufayli bir yilda o‘rtacha 2–3 marta statsionar davo zarur bo‘ladi. Erta tashxislash va yallig‘lanishni aniq baholash orqali o‘rtacha gospitalizatsiya muddatini 10 kundan 7 kunga qisqartirish mumkin. Bir koyka–kun narxi 327000 so‘mni tashkil etar ekan, 20 nafar bemor uchun iqtisodiy tejamkorlik 6540000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: DWIBS orqali yallig‘lanishning faol o‘choqlarini vizualizatsiya qilish va stenoz sohasidan uzoqdagi yangi o‘choqlarni aniqlash asoratlarning oldini olish, hamda koyka–kunlar sonini qisqartirish hisobiga 65400000 so‘m tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanish markerlari soxta manfiy natija ko‘rsatgan bemorlarda yallig‘lanish jarayoni faolligini to‘g‘ri baholash uchun interleykin-6 sitokini darajasini aniqlash zarurligi isbotlanganligi Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (11.05.2024 y. 74-I/Ch-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialida (06.06.2024 y. 87-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 10.06.2025 y. 19/66-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usulni joriy etish NAA bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish jarayoni faolligini aniq baholash va buning asosida kompleks davolashning bosqichli usuliga o‘tish imkonini berdi, natijada yallig‘lanish jarayoni faolligi 5,9 %dan 0,7 %gacha kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: statistikaga ko‘ra, NAA bilan kasallangan bemorlarda braxiotsefal arteriyalar stenozi sababli ko‘p marta jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. NAA bilan kasallangan bemorlarda har bir jarrohlik amaliyotining o‘rtacha qiymati 25600000 so‘mni tashkil etadi. Jarrohlik amaliyotlari va gospitalizatsiyalar sonining kamayishi 20 nafar bemor uchun taxminan 512000000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini beradi. Xulosa: standart tahlillarda soxta-manfiy natijalar qayd etilganda IL-6 darajasini aniqlash yallig‘lanish jarayoni faolligini to‘g‘ri baholashni ta’minlaydi va jarrohlik amaliyotlar sonini keskin kamaytiradi, bu esa 512000000 so‘m tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: interleykin-6 sitokini yuqori bo‘lganda, pul`s-terapiyaga rezistent bo‘lganda, pul`s-terapiya komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik yoki qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan taqdirda, bemorlarga interleykin-6  sitokinini bloklovchi totsilizumab preparatini qo‘llash samaradorligi isbotlanganligi Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (11.05.2024 y. 74-I/Ch-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialida (06.06.2024 y. 87-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 10.06.2025 y. 19/66-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL-6 darajasini aniqlash NAA bilan kasallangan bemorlarda keyingi davolash taktikasida hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki yallig‘lanish jarayoni faolligini faqat standart revmatologik testlar asosida baholash ko‘pincha soxta-manfiy natijalarga olib keladi. Bunday hollarda totsilizumab qo‘llanilishi uzoq muddatli remissiyaga erishish, GKS-preparatlarini qo‘llashdan voz kechish, davolash xarajatlarini kamaytirish va tibbiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: braxiotsefal arteriyalardagi jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni kamaytirish bemorlarni reanimatsiya bo‘limda 1–2 kun kam qolishiga olib keladi. Operatsiyadan keyin reanimatsiyada o‘rtacha yotib qolish muddati 4–5 kunni tashkil etsa va bir kunlik xarajat 950000 so‘m bo‘lsa, 20 nafar bemor uchun tejamkorlik 65500000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: IL-6 darajasi yuqori bo‘lgan va pul`s-terapiyaga rezistent bemorlarda totsilizumab qo‘llanilishi asoratlarning oldini olishga va reanimatsiyada davolash muddatini qisqartirishga imkon beradi, bu esa 65500000 so‘m tejashni ta’minlaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: braxiotsefal arteriyalar nospesifik aortoarteriiti bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish faolligini to‘g‘ri baholash va IL-6 sitokinini bloklovchi preparatlar qo‘llash orqali jarroxlik amaliyotlarning asoratlarini kamaytiradigan diagnostika va kompleks davolash ketma-ketligi ishlab chiqilganligi Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2024-yil 11-maydagi 74-I/Ch-sonli buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialida (2024-yil 6-iyundagi 87-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025-yil 10-iyundagi 19/66-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: algoritmni joriy etish operatsiyadan keyingi erta davrdagi trombozlarning chastotasini 10,0%dan 5,0% gacha, uzoq muddatli davrdagi trombozlarni esa 15,4%dan 5,3%gacha kamaytirish imkonini berdi. Yallig‘lanishning faollik darajasini hisobga olgan holda differensial yondashuv ishemik insul`t chastotasini 21,6%dan 6,9%gacha, insul`t + o‘lim ko‘rsatkichini esa 11,3%dan 3,2%gacha kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyalardan keyingi insul`t holatlarining kamayishi statsionar davolanish (shu jumladan, intensiv terapiya va tibbiy reabilitatsiya) xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Bir kunlik davolanish narxi 1100000 so‘mni tashkil etadi. 20 nafar bemor uchun tejaladigan mablag‘ 82400000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: braxiotsefalik arteriyalarning nospesifik aortoarteriiti bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va kompleks davolash algoritmini joriy etish asoratlar sonini kamaytirishga va 82400000 so‘m mablag‘ni tejashga imkon beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish