G‘aybullaeva Dilnoza Muxammadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlik davrida o‘ziga nisbatan ishonch hissini shakllanishiga oilaviy munosabatlarning ta’sirini psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P346.
Ilmiy rahbar: Jalilova Sabohat Xalilovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Kamalova Zulfiya Xasanboy qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga nisbatan ishonch hissini shakllanishiga oilaviy munosabatlarning ta’sirini o‘rganish orqali shaxsda o‘ziga ishonchni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlardagi o‘ziga nisbatan ishonch hissining shakllanishi shaxsni o‘zini sub’ektiv baholashidagi kognitiv, emotsional qarashlarni ijtimoiy jasorat va tashabbuskorlik negizida ustuvor namoyon bo‘lishidagi yoshga oid differensial farqlarga asoslanib, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatda jismoniy «Men» ni ijtimoiy «Men» ga psixologik emansipatsiya orqali integrativ rivojlanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davrida o‘ziga ishonchning darajaviy ifodalanishidagi refleksiv xususiyatlarga ko‘ra o‘quvchining o‘zini emotsional qabul qilishi va o‘z-o‘ziga hurmati autosimpatiya hamda atrofdagilarning o‘z «Men» iga nisbatan qarashlariga oid kutilmalarini shakllanishiga ikki qutbli ta’sir etganligi tufayli shaxsni o‘ziga konstruktiv munosabati boshqalarni qabul qilishdagi «o‘smirlik maksimalizmi» ga bog‘liq psixologik xususiyat ekanligi dalillangan;
o‘smirning o‘ziga ishonchini shakllanishiga oilaviy munosabatlarning ta’siri natijasida ota-ona-bola munosabatlarida avtonomlik, emotsional masofa saqlash, farzandga nisbatan talabchanlikning haddan ortiq yuqoriligi bolada «kattalik hissi» ga bog‘liq mustaqillikka intilishni yaqqol namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli «ota-ona nufuzi» ga oid ustanovkalar o‘smirning «farzand» va «shaxs» sifatidagi o‘ziga nisbatan sub’ektiv bahosini integrativ rivojlanishini ta’minlovchi omil ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davrda o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish uchun oiladagi emotsional muhit negizida shaxsning o‘ziga nisbatan konstruktiv munosabatini, shaxsiy imkoniyatlarini anglash bilan bog‘liq o‘z «Men»i haqidagi ijobiy tasavvurlarini, autosimpatiya, o‘zini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllanishi muhimligi tufayli boladagi refleksiv xususiyatlarni ota-onaning «bola shaxsiga ijtimoiy qiziqishlarini» oshirish orqali adekvat namoyon bo‘lishiga erishish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  O‘smirlik davrida o‘ziga nisbatan ishonch hissini shakllanishiga oilaviy munosabatlarning ta’sirini psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘smirlardagi o‘ziga nisbatan ishonch hissining shakllanishi shaxsni o‘zini sub’ektiv baholashidagi kognitiv, emotsional qarashlarni ijtimoiy jasorat va tashabbuskorlik negizida ustuvor namoyon bo‘lishidagi yoshga oid differensial farqlarga asoslanib, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatda jismoniy «Men» ni ijtimoiy «Men» ga psixologik emansipatsiya orqali integrativ rivojlanishiga bog‘liq ekanligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-sentyabrdagi PM-187-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-187-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir shaxsida ijtimoiy jasorat, tashabbuskorlik, uyatchanlik, passivlik kabi o‘zini o‘zi baholash tizimi bilan bog‘liq shaxs sifatlarini barqaror rivojlanishiga sharoit yaratilgan.
o‘smirlik davrida o‘ziga ishonchning darajaviy ifodalanishidagi refleksiv xususiyatlarga ko‘ra o‘quvchining o‘zini emotsional qabul qilishi va o‘z-o‘ziga hurmati autosimpatiya hamda atrofdagilarning o‘z «Men» iga nisbatan qarashlariga oid kutilmalarini shakllanishiga ikki qutbli ta’sir etganligi tufayli shaxsni o‘ziga konstruktiv munosabati boshqalarni qabul qilishdagi «o‘smirlik maksimalizmi» ga bog‘liq psixologik xususiyat ekanligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-sentyabrdagi PM-187-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-187-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir shaxsida o‘ziga nisbatan ishonch hissini rivojlanishida autosimpatiya, boshqalardan kutilgan munosabatning ko‘lami, o‘zini o‘zi qabul qilish kabi refleksiv jarayonlarni tahlil qilish imkoniyati tahlil qilingan.
o‘smirning o‘ziga ishonchini shakllanishiga oilaviy munosabatlarning ta’siri natijasida ota-ona-bola munosabatlarida avtonomlik, emotsional masofa saqlash, farzandga nisbatan talabchanlikning haddan ortiq yuqoriligi bolada «kattalik hissi» ga bog‘liq mustaqillikka intilishni yaqqol namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli «ota-ona nufuzi» ga oid ustanovkalar o‘smirning «farzand» va «shaxs» sifatidagi o‘ziga nisbatan sub’ektiv bahosini integrativ rivojlanishini ta’minlovchi omil ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-sentyabrdagi PM-187-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-187-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir shaxsida o‘ziga nisbatan ishonch hissini shakllanishiga ota-ona munosabatlar tizimidagi avtonomlik, emotsional masofa, rad etish, hamkorlik, ota-ona obro‘si bilan bog‘liq komponentlar ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.
o‘smirlik davrda o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish uchun oiladagi emotsional muhit negizida shaxsning o‘ziga nisbatan konstruktiv munosabatini, shaxsiy imkoniyatlarini anglash bilan bog‘liq o‘z «Men»i haqidagi ijobiy tasavvurlarini, autosimpatiya, o‘zini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllanishi muhimligi tufayli boladagi refleksiv xususiyatlarni ota-onaning «bola shaxsiga ijtimoiy qiziqishlarini» oshirish orqali adekvat namoyon bo‘lishiga erishish zarurligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-sentyabrdagi PM-187-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-187-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida o‘ziga nisbatan ishonchni kognitiv, emosional va xulq-atvor komponentlariga bog‘liq holda rivojlanishiga xizmat qiluvchi kognitiv, emosional va xulq-atvor komponentlari o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tahlil qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish