Turumbetova Aygul Yusupbaevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va ta’rbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqolpaq tili), (Pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2563.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matchanov Sapa, pedagogoka fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Qonısbay Abılovich – pedagogika fanlari doktori, professor. Abdullaev Komiljon Abduganievich – pedagogoka fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik (o‘quv materiali mazmuni, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish, baholash, o‘qituvchi kompetentligi) va psixologik asoslari ichki (faoliyat jarayoni, ta’lim natijasiga qiziqish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga odatlanish) va burch, majburiyat kabi tashqi motivlarning integral belgilarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning analitik tafakkurini rivojlantirishga doir bilish, tushunish, qo‘llash, analiz, sintez, yaratish kabi Blum taksonomiyasi darajalari, asar qahramonlarini tanqidiy baholashga oid o‘quv tahlili elementlari, sharhlash, lug‘at ustida ishlash, vizual assosiatsiya singari matn ustida ishlash komponentlarining muhim jihatlarini birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishga doir sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuni maktub yozish, loyiha ishi yaratish, intervyu olish, savol-topshiriqlar tuzish, adabiy sayohatlar uyushtirish kabi aqliy-irodaviy, jismoniy kuchlarni talab qiluvchi, adabiy bilimlarni egallash, muammoli vaziyatlarni hosil qilish, vazifaga ijodiy yondashishni talab qiladigan mustaqil ishlarni intensiv tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirish metodikasi etti qadamli strategiya, muammoli ta’lim texnologiyasi, didaktik o‘yinlar, integrativ yondashuv, 4 K modeli: kollobaratsiya, kommunikativlik, kreativlik, kritik (tanqidiy) fikrlash kabi tamoyillarini tizimli va faol qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik (o‘quv materiali mazmuni, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish, baholash, o‘qituvchi kompetentligi) va psixologik asoslari ichki (faoliyat jarayoni, ta’lim natijasiga qiziqish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga odatlanish) va burch, majburiyat kabi tashqi motivlarning integral belgilarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirishga doir tadqiqot ishi natijalaridan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti (Qori Niyoziy nomidagi TPMI)da bajarilgan PZ-2014-0829162612 – raqamli “VIII–IX sinflar ta’lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 13-dekabrdagi 01/15-09/241-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning analitik tafakkurini rivojlantirishga doir bilish, tushunish, qo‘llash, analiz, sintez, yaratish kabi Blum taksonomiyasi darajalari, asar qahramonlarini tanqidiy baholashga oid o‘quv tahlili elementlari, sharhlash, lug‘at ustida ishlash, vizual assosiatsiya singari matn ustida ishlash komponentlarining muhim jihatlarini birlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09-08165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi loyihasida foydalanildi (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 19-sentyabrdagi № 359 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilarning analitik tafakkurini rivojlantirishga doir mustaqil ishlar vositasida o‘quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minotini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan foydalanilgan;
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishga doir sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuni maktub yozish, loyiha ishi yaratish, intervyu olish, savol-topshiriqlar tuzish, adabiy sayohatlar uyushtirish kabi aqliy-irodaviy, jismoniy kuchlarni talab qiluvchi, adabiy bilimlarni egallash, muammoli vaziyatlarni hosil qilish, vazifaga ijodiy yondashishni talab qiladigan mustaqil ishlarni intensiv tashkil etishda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan XT-F2-011-raqamli “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasida foydalanildi (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 19-sentyabrdagi № 359 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinif o‘quvchilarining o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirish texnologiyasini boyitishga xizmat qilgan.
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirish metodikasi etti qadamli strategiya, muammoli ta’lim texnologiyasi, didaktik o‘yinlar, integrativ yondashuv, 4 K modeli: kollobaratsiya, kommunikativlik, kreativlik, kritik (tanqidiy) fikrlash kabi tamoyillarini tizimli va faol qo‘llash asosida taklif va tavsiyalardan «Ana tili - oqıw sawatlıǵı hám oqıtıw metodikası» darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrig‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qish darslari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.