Saburova Sarbinaz Saburovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlar mazmunini takomillashtirish (Ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va ta’rbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqolpaq tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2563.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nauruzbaeva Ayjan Sarsenbaevna, pedagogoka fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Najimov Perdebay Aymanovich – filologiya fanlari doktori, professor. Tlegenov Askarbay Tolegenovich – pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning pedagogik va psixologik imkoniyatlari pedagogik sharoitlar, konseptual tamoyillar, hissiy labilizatsiya, kognitiv erkinlik muhitida o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini optimallashtirish asosida tizimlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunini lingvistik kompetensiya elementlarining shakllanishi, nutq faoliyatining mantiqiyligi, izchilligi, tilning ekspressiv, estetik va kommunikativ funksiyasi nutq ko‘nikmalarini shakllantirishning fanlararo integratsiya, fan ichidagi integratsiya, stilistik differensiyalash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunini nutqni takomillashtirish metodikasi produktiv faoliyat va evristik ta’lim texnologiyalarining o‘zaro mosligini ta’minlash orqali o‘quv-didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarning ona tilidan sinfdan tashqari ishlar mazmunini o‘quvchilarning nutq kompetensiyasini kreativ aloqa asosida rivojlantirishda media manbalardan foydalanish komponentlarini tizimlashtirish, til, nutq va o‘ylash umumiyligining o‘quv-didaktik imkoniyatlarini kengaytirish mexanizmi takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlar mazmunini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning pedagogik va psixologik imkoniyatlari pedagogik sharoitlar, konseptual tamoyillar, hissiy labilizatsiya, kognitiv erkinlik muhitida o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini optimallashtirish asosida tizimlashtirishga doir takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 18-iyundagi № 270-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunining rivojlanishiga doir yondashuvlarning pedagogik va psixologik imkoniyatlari boyitilgan;
boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunini lingvistik kompetensiya elementlarining shakllanishi, nutq faoliyatining mantiqiyligi, izchilligi, tilning ekspressiv, estetik va kommunikativ funksiyasi nutq ko‘nikmalarini shakllantirishning fanlararo integratsiya, fan ichidagi integratsiya, stilistik differensiyalash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takliflardan va tavsiyalardan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2021 yilda bajarilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining B2 darajali talabalari uchun oflayn rejimda mobil ilova va maxsust veb-sayt ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2025-yil 27-sentyabrdagi № 01-20-09/2866-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarida ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning o‘quv-didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmunini nutqni takomillashtirish metodikasi produktiv faoliyat va evristik ta’lim texnologiyalarining o‘zaro mosligini ta’minlash orqali o‘quv-didaktik imkoniyatlaga doir ma’lumotlar «Klastan tısqarı oqıw» nomli o‘quv qo‘llanmanisi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i) amaliyotga tatbiq etilgan. Natijada boshlang‘ich sinflarning ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni amaliy va nazariy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarning ona tilidan sinfdan tashqari ishlar mazmunini o‘quvchilarning nutq kompetensiyasini kreativ aloqa asosida rivojlantirishda media manbalardan foydalanish komponentlarini tizimlashtirish, til, nutq va o‘ylash umumiyligining o‘quv-didaktik imkoniyatlarini kengaytirish mexanizmi bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston telaradiokompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan “Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston”, “Yoshlar va ta’lim” va “Kuch bilimda” dasturlari orqali keng ommaga, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga hamda ushbu sohaga qiziquvchi olimlarga taqdim etildi. (Qoraqalpog‘iston telaradiokompaniyasining 2025-yil 6- iyundagi 05-22/364-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarning ona tilidan sinfdan tashqari ishlar mexanizmi ommalashishga erishilgan.