Narmanov Feruz Asfandiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston ta’lim tizimida tarix fani o‘qitilishi muammolari (1925-1991 yy.)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari), 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tar414
Ilmiy maslahatchi: Mustafaeva Nodira Abdullaevna – tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Xolikova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor, Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1925-1991-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida tarix fanining o‘qitilishi muammolari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sovet davri ta’lim tizimida tarix fanining o‘qitilishi siyosiy-g‘oyaviy tarbiya vazifasiga yo‘naltirilganligi, tarixiy mavzularning tanlovi va yondashuvlar mazmuni partiya qarorlari va ko‘rsatmalari asosida belgilanganligi, tadqiqotlar siyosiy mazmunga qaratilganligi, obektiv tarixiy manbalardan foydalanish, tarixshunoslikda ilmiy erkinlik hamda tanqidiy fikrlarning cheklanganligi dalillangan;
XX asrning 30-yillaridan ta’lim tizimida tarix faniga e’tibor kuchaytirilganligi, milliy respublikalar, jumladan, O‘zbekiston maktab ta’limida ijtimoiy fanlar kesimida tarix fani yetakchi o‘rinni egallaganligi, tarix fanini o‘qitish jarayonida sovet hokimiyatining “madaniy inqilob”, “quloqlashtirish”, “sinfiy kurash”, “dinga qarshi kurash” kabi siyosiy mavzularga asosiy urg‘u berilganligi aniqlangan;
1925-1991 yillarda tarix fani formatsion yondashuvga bo‘ysundirilganligi, milliy respublikalar tarixi SSSR tarixining kichik ilovasiga aylantirilganligi, “mafkuraviy andoza”larga moslashtirilgan darsliklar, o‘quv adabiyotlari yaratilganligi, o‘quv dasturi va rejalarida mahalliy tarix bilan bog‘liq mavzular sun’iy ravishda qisqartirilganligi, tarixiy bilimlarning maqsad va vazifalari o‘quvchi va talabalar ongida “kommunizm g‘oyalari”, “sovet davri ulug‘vorligi”ni targ‘ib etishga qaratilganligi dalillangan;
o‘zbek xalqining milliy davlatchilik g‘oyalari va buyuk tarixiy namoyondalarining nomlari sovet davri tarix fanida inkor etilganligi hamda mazmunan o‘zgarishga uchraganligi, O‘zbekiston tarixiga nisbatan “kuchli nazorat” amaliyoti qo‘llanilganligi, tarix fanini o‘qitishning usul va uslubiy asoslariga singdirilganligi, bu mahalliy aholining o‘z haqqoniy tarixidan uzoqlashuvi, ajdodlar merosidan begonalashuvi kabi salbiy oqibatlarga olib kelganligi isbotlangan;
sovet davlatida tarix faniga targ‘ibot vositasi sifatida qaralganligi, tarixchi mutaxassislarni tayyorlash mafkuraviy asosga tayanganligi, nazariy, amaliy va g‘oyaviy tayyorgarligiga qarab kadrlar nafaqat ta’lim sohasiga, balki partiya va jamoat tuzilmalariga yo‘naltirilganligi, shunga qaramay, O‘zbekiston tarix fani rivojiga hissa qo‘shgan tarixchi olimlar etishib chiqqanligi, tor ixtisosliklar (arxeologiya, manbashunoslik, numizmatika. arxivshunoslik, paleografiya va etnografiya) yo‘nalishidagi tadqiqotlar doirasi kengayganligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1925-1991-yillarda O‘zbekistonda tarix fani o‘qitilishi muammolari tarixiga oid ilmiy yangilik. ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Sovet davri ta’lim tizimida tarix fanining o‘qitilishi siyosiy-g‘oyaviy tarbiya vazifasiga yo‘naltirilganligi, tarixiy mavzularning tanlovi va yondashuvlar mazmuni partiya qarorlari va ko‘rsatmalari asosida belgilanganligi, tadqiqotlar siyosiy mazmunga qaratilganligi, obektiv tarixiy manbalardan foydalanish, tarixshunoslikda ilmiy erkinlik hamda tanqidiy fikrlarning cheklanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasi tomonidan foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-iyuldagi 06-31-875-sonli ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar teletomoshabinlarda, kishilar turmush tarzida bugungi kunda tarix fani va uni o‘rganishning dolzarbligi, tarix fani sohasida tadqiqotlar siyosatga yo‘naltirilganligini ko‘rsatib berish uchun xizmat qilgan.
XX asrning 30-yillaridan ta’lim tizimida tarix faniga e’tibor kuchaytirilganligi, milliy respublikalar, jumladan,O‘zbekiston maktab ta’limida ijtimoiy fanlar kesimida tarix fani yetakchi o‘rinni egallaganligi, tarix fanini o‘qitish jarayonida sovet hokimiyatining “madaniy inqilob”, “quloqlashtirish”, “sinfiy kurash”, “dinga qarshi kurash” kabi siyosiy mavzularga asosiy urg‘u berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyati hokimligida “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 12-iyuldagi 13-13/127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy yangilik va xulosalar Samarqand viloyati tarixiy nomlari va toponimlarining sovet davridagi holati va uning tarixiylik qiymatini aniqlash va toponimlar izohli lug‘atining tarixiy-ilmiy ahamiyati oshishi uchun xizmat qilgan.
1925-1991 yillarda tarix fani formatsion yondashuvga bo‘ysundirilganligi, milliy respublikalar tarixi SSSR tarixining kichik ilovasiga aylantirilganligi, “mafkuraviy andoza”larga moslashtirilgan darsliklar, o‘quv adabiyotlari yaratilganligi, o‘quv dasturi va rejalarida mahalliy tarix bilan bog‘liq mavzular sun’iy ravishda qisqartirilganligi, tarixiy bilimlarning maqsad va vazifalari o‘quvchi va talabalar ongida “kommunizm g‘oyalari”, “sovet davri ulug‘vorligi”ni targ‘ib etishga qaratilganligi haqidagi xulosalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “O‘zbekiston tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilishida foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 19 sentyabrdagi 10-4873-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keltirib o‘tilgan ilmiy xulosa va ilmiy yangiliklar talaba va o‘quvchilarning sovet davri tarixiga doir bilimlarini mustahkamlashga, tarix fanining o‘qitilishi va uning jamiyat uchun ahamiyati haqidagi tasavvurlarining boyishi uchun xizmat qilgan.
o‘zbek xalqining milliy davlatchilik g‘oyalari va buyuk tarixiy namoyondalarining nomlari sovet davri tarix fanida inkor etilganligi hamda mazmunan o‘zgarishga uchraganligi, O‘zbekiston tarixiga nisbatan “kuchli nazorat” amaliyoti qo‘llanilganligi, tarix fanini o‘qitishning usul va uslubiy asoslariga singdirilganligi, bu mahalliy aholining o‘z haqqoniy tarixidan uzoqlashuvi, ajdodlar merosidan begonalashuvi kabi salbiy oqibatlarga olib kelganligiga doir ilmiy yangilik va xulosalardan “Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi tomonidan davlat granti doirasida nashr etilgan targ‘ibot materiallarida foydalanilgan (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazining 2024-yil 24-oktyabrdagi 28/01-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy xulosalar sovet davri ta’lim tizimida tarix fanining o‘qitilishiga doir bilimlami boyitish, tarix faniga nisbatan olib borilgan ta’lim siyosatining oqibatlari va natijalarini etkazib berish uchun xizmat qilgan.
sovet davlatida tarix faniga targ‘ibot vositasi sifatida qaralganligi, tarixchi mutaxassislarni tayyorlash mafkuraviy asosga tayanganligi, nazariy, amaliy va g‘oyaviy tayyorgarligiga qarab kadrlar nafaqat ta’lim sohasiga, balki partiya va jamoat tuzilmalariga yo‘naltirilganligi, shunga qaramay, O‘zbekiston tarix fani rivojiga hissa qo‘shgan tarixchi olimlar etishib chiqqanligi, tor ixtisosliklar (arxeologiya, manbashunoslik, numizmatika. arxivshunoslik, paleografiya va b.) yo‘nalishidagi tadqiqotlar doirasi kengayganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasi tomonidan foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-iyuldagi 06-31-875-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar tomoshabinlarda tarix fani nafaqat o‘quv predmeti balki sovet hokimiyatining o‘z siyosatini targ‘ib qilishga qaratilgan vositaga aylantirilganligi haqidagi tarixiy ma’lumotlarning ilmiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.