Ma’rufov Sherzod Komil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirdaryo viloyatining qadimgi va o‘rta asrlardagi tarixi” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tar1675
Ilmiy rahbar: Qudratov Solijon Sulaymanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Mutalibjon, tarix fanlari doktori, professor; G‘oyibov Bobur Sobirovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyati hududining qadimgi va o‘rta asrlardagi tarixini turli davr va manbalar asosida har tomonlama tahlil etish, arxeologik va yozma manbalarni tizimli o‘rganish orqali ushbu hududning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlash hamda uning O‘zbekiston tarixidagi tutgan o‘ziga xos mavqeini ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Arxeologik va yozma manbalar tahliliga asoslanib, Sirdaryo viloyati hududida dastlabki manzilgoh va shaharlar Evroosiyo dashtlaridan janubga siljigan chorvador jamoalar tomonidan miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda vujudga keltirilganligi ilk bor asoslab berildi. Bu jarayonlar dastlab Shimoliy Baqtriya (hozirgi Surxondaryo) hududlarida boshlangan bo‘lib, so‘ngra So‘g‘d va undan Farg‘ona tomon siljigan tarixiy jarayonlar doirasida yuz bergani aniqlangan;
Nurtepa, Xontepa, Sag‘anaqtepa, Sag‘anaqtepa I hamda Eski Xovos kabi yodgorliklarning eng qadimgi aholi manzilgohlari sifatida shakllangani, ularni barpo etgan insonlarning etnomadaniy xususiyatlari va yashash tarziga oid arxeologik materiallar asosida ilk marotaba tizimli tahlil qilindi. Ushbu yodgorliklarning davriyligi miloddan avvalgi VIII–IV asrlarga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, ular Sirdaryo vohasidagi eng qadimgi etnoslar bo‘lganligi dalillandi;
Turkiston tog‘ tizmasining tog‘oldi hududlari va soy bo‘ylarida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan aholi yashagan qadimiy manzilgohlarda miloddan avvalgi VI–IV asrlarda ijtimoiy tabaqalanish jarayonining kuchayishi natijasida hududda ilk siyosiy tuzilmalarning shakllanganligi aniqlab berildi. Mazkur ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilk davlatchilikning asosiy zamini bo‘lganligi ilmiy jihatdan asoslandi;
Fan doirasida ilgari bildirilgan fikrlardan farqli ravishda, Sirdaryo viloyatidagi O‘rinboyariq inshootining boshlanish nuqtasi borasida mavjud bo‘lgan xatoliklar tanqidiy tahlil qilindi va dala tadqiqotlari natijasida ushbu inshootning haqiqiy boshlanish manzili aniqlashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati tarixi yozma va arxeologik manbalar asosida mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot jarayonida erishilgan ilmiy xulosalar va natijalardan:
Arxeologik va yozma manbalar tahliliga asoslanib, Sirdaryo viloyati hududida dastlabki manzilgoh va shaharlar Evroosiyo dashtlaridan janubga siljigan chorvador jamoalar tomonidan miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda vujudga keltirilganligi ilk bor asoslab berildi. Bu jarayonlar dastlab Shimoliy Baqtriya (hozirgi Surxondaryo) hududlarida boshlangan bo‘lib, so‘ngra So‘g‘d va undan Farg‘ona tomon siljigan tarixiy jarayonlarga doir ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 04-fevraldagi 01-33/35-son ma’lumotnomasi) ko‘rsatuvi senariylarini shakllantirishda foydalanilgan. Natijada Sirdaryo viloyati tarixiga oid shu paytgacha fanga kiritilmagan yangi hujjatli ma’lumotlar tadqiqot doirasiga tortilgani yanada ko‘proq tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan.
Nurtepa, Xontepa, Sag‘anaqtepa, Sag‘anaqtepa I hamda Eski Xovos kabi yodgorliklarning eng qadimgi aholi manzilgohlari sifatida shakllangani, ularni barpo etgan insonlarning etnomadaniy xususiyatlari va yashash tarziga oid arxeologik materiallar asosida ilk marotaba tizimli tahlil qilindi. Ushbu yodgorliklarning davriyligi miloddan avvalgi VIII–IV asrlarga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, ular Sirdaryo vohasidagi eng qadimgi etnoslar bo‘lganligiga doir ilmiy natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 04-fevraldagi 01-33/35-son ma’lumotnomasi) ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan. Bu yangilik arxeologik ma’lumotlarni ilmiy tizimlashtirish, eng qadimgi aholi manzilgohlarining etnomadaniy xususiyatlarini kompleks tahlil qilish va natijalarni ommaga etkazishda ilmiy-uslubiy asos yaratib berdi.
Turkiston tog‘ tizmasining tog‘oldi hududlari va soy bo‘ylarida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan aholi yashagan qadimiy manzilgohlarda miloddan avvalgi VI–IV asrlarda ijtimoiy tabaqalanish jarayonining kuchayishi natijasida hududda ilk siyosiy tuzilmalarning shakllanganligi aniqlab berildi. Mazkur ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilk davlatchilikning asosiy zamini bo‘lganligiga doir ilmiy natijalardan Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining ilmiy-tadqiqot loyihalari, tarixiy-madaniy yodgorliklarni o‘rganish va targ‘ib qilish dasturlarida, shuningdek, yosh avlodni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarida samarali foydalanildi. (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondi tomonidan 2024-yilning 24- sentyabrida berilgan № 01-38 ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixini bilishga, yosh avlodni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Natijada Sirdaryo viloyati tarixi mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar, tariximiz bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga yangi ma’lumotlar berish imkonini berdi.
Fan doirasida ilgari bildirilgan fikrlardan farqli ravishda, Sirdaryo viloyatidagi O‘rinboyariq inshootining boshlanish nuqtasi borasida mavjud bo‘lgan xatoliklar tanqidiy tahlil qilindi va dala tadqiqotlari natijasida ushbu inshootning haqiqiy boshlanish manzili aniqlashtirilganligiga doir ilmiy natijalardan Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining ilmiy-tadqiqot loyihalari, tarixiy-madaniy yodgorliklarni o‘rganish va targ‘ib qilish dasturlarida, shuningdek, yosh avlodni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarida samarali foydalanildi. (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondi tomonidan 2024-yilning 24-sentyabrida berilgan №01-38 ma’lumotnomasi). Bu holat viloyatdagi sug‘orish tizimlari tarixini qayta talqin qilishga zamin yaratdi. Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixini bilishga, yosh avlodni madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Natijada Sirdaryo viloyati tarixi mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar, tariximiz bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga yangi ma’lumotlar berish imkonini berdi.