Minojiddinov Abdurasul Baxodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oila huquqida aliment majburiyatlarini huquqiy tartibiga solinishi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1440 
Ilmiy rahbar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nuralieva Zulfiya Alisherovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila huquqida aliment majburiyatlarini huquqiy tartibga solishga doir muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish, milliy va xorijiy qonunchilikni qiyosiy tahlil qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish asosida aliment majburiyatlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmagan, shuningdek, voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar ta’minoti uchun aliment taraflarning kelishuviga ko‘ra ixtiyoriy tartibda undirilishi asoslangan;
ota-onaning birining arizasi yoki da’vosi bilan, agar boshqa ota (ona) voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini bajarmagan holatlarda sud tartibida (sud buyrug‘i yoki sudning hal qiluv qarori bilan) undirilishi lozimligi asoslangan;
aliment to‘lash haqida kelishuv bo‘lmaganda, shuningdek, aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilmagan hollarda, voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment undirish haqidagi da’vo bilan voyaga etmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola murojaat qilishga haqli ekanligi asoslangan;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun aliment tegishli organlari va muassasalar, shuningdek, prokuror da’vosiga ko‘ra, sudning hal qiluv qaroriga asosan undirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
voyaga etmagan, shuningdek, voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar ta’minoti uchun aliment taraflarning kelishuviga ko‘ra ixtiyoriy tartibda undirilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 
3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 12-son Qarorining 4-bandi (“Sudlar tomonidan voyaga etmagan va voyaga etgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarorining 2-bandi birinchi xatboshisi)ni ishlab chiqib foydalanilgan. Mazkur taklif aliment majburiyatlarining vujudga kelish asoslarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ota-onaning birining arizasi yoki da’vosi bilan, agar boshqa ota (ona) voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini bajarmagan holatlarda sud tartibida (sud buyrug‘i yoki sudning hal qiluv qarori bilan) undirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 12-son Qarorining 4-bandi (“Sudlar tomonidan voyaga etmagan va voyaga etgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi)ni ishlab chiqishda inobatga olingan. Ushbu taklif aliment to‘lashning ixtiyoriy va majburiy tartibini qo‘llash tartibini o‘rnatishga azmin yaratgan;
aliment to‘lash haqida kelishuv bo‘lmaganda, shuningdek, aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilmagan hollarda, voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment undirish haqidagi da’vo bilan voyaga etmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola murojaat qilishga haqli ekanligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 12-son Qarorining 4-bandi (“Sudlar tomonidan voyaga etmagan va voyaga etgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur taklif voyaga etmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lagan bolaning aliment to‘lash haqida sudga mustaqil murojaat qilish huquqi o‘rnatilishiga asos bo‘lgan;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun aliment tegishli organlari va muassasalar, shuningdek, prokuror da’vosiga ko‘ra, sudning hal qiluv qaroriga asosan undirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 12-son Qarorining 4-bandi (“Sudlar tomonidan voyaga etmagan va voyaga etgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi)ni tayyorlashda inobatga olingan. Ushbu taklif vasiylik va homiylik organlari, bola tarbiyalanish yoki parvarishlashda bo‘lgan muassasalar hamda prokurorning da’vosiga ko‘ra aliment undirilishi mumkinligini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish