Pulatov Ulugbek Xapizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirish va samaradorligini oshirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5439
Ilmiy rahbar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Mohichexra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Razzokov Jasur Xamrabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston fond bozori faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“fond bozori” tushunchasining takomillashtirilgan ta’rifi ishlab chiqilib, unda u nafaqat tashkil etilgan tizim va iqtisodiy munosabatlarning bozor mexanizmi nuqtayi nazaridan, balki kapital resurslarini samarali taqsimlash hamda investision oqimlarni muvofiqlashtirish imkoniyatlari bilan izohlangan bo‘lsa, “fond bozorining samaradorligi” esa aktivlarning prognoz qilinadigan daromadliligini baholash mezonlari asosida aniqlab berilgan;
“Xalqchil IPO”si va takroriy joylashtirishlarda ishtirok etish bo‘yicha uslubiyotni shakllantirishda bozor samaradorligi past, o‘rta, yuqori kabi darajalari asosida IPO samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
vaqt algoritmini, hamda bosqichma-bosqich yondashuvlarni tashkil etishni inobatga olgan holda fond bozorining volatilligini baholash modelini qurish va undan foydalanish jarayonlari taklif etilgan;
strategik rejalashtirishda, biznes jarayonlarda va ichki kapitallashuv modelarini ishlab chiqishda “O‘zRSB” AJda tushum hajmlari, aktivlar, sof foyda va dividend to‘lovlarining o‘sishi kabi moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2025-2029-yillardagi prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirish va samaradorligini oshirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“fond bozori” tushunchasining takomillashtirilgan ta’rifi ishlab chiqilib, unda u nafaqat tashkil etilgan tizim va iqtisodiy munosabatlarning bozor mexanizmi nuqtayi nazaridan, balki kapital resurslarini samarali taqsimlash hamda investision oqimlarni muvofiqlashtirish imkoniyatlari bilan izohlangan bo‘lsa, “fond bozorining samaradorligi” esa aktivlarning prognoz qilinadigan daromadliligini baholash mezonlari asosida ilmiy asoslangan holda aniqlangan taklifi “O‘zRSB” AJning investisiya siyosati va bozor strategiyasi bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zRSB AJning 2025-yil 10-iyuldagi 05-14/2615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “fond bozori” ta’rifi - bozor mexanizmi asosida faoliyat yurituvchi iqtisodiy munosabatlarning tashkil etilgan tizimi, shuningdek “fond bozorining samaradorligi” ta’rifi - barcha mavjud axborotni aktiv narxlarida aks ettirish qobiliyati kompaniyaning fond bozoridagi eng jozibadorlardan biri sifatida investisiya salohiyatini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan;
“Xalqchil IPO”si va takroriy joylashtirishlarda ishtirok etish bo‘yicha uslubiyotni shakllantirishda bozor samaradorligi past, o‘rta, yuqori kabi darajalari asosida IPO samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga doir taklifi “O‘zRSB” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zRSB AJning 2025-yil 10-iyuldagi 05-14/2615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu model bosqichma-bosqich yondashuvni tashkil etishi, ma’lumotlarni yig‘ishi, volatillik turini tanlashi, parametrlarni baholashi orqali “O‘zRSB” AJ aksiyalarining “Toshkent” fond birjasida muomalada bo‘lishi ustidan monitoring samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
vaqt algoritmini, hamda bosqichma-bosqich yondashuvlarni tashkil etishni inobatga olgan holda fond bozorining volatilligini baholash modelini qurish va undan foydalanish jarayonlariga doir taklifi “O‘zRSB” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zRSB AJning 2025-yil 10-iyuldagi 05-14/2615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yondashuv investisiya samaradorligini prognozlashda maqsadli ko‘rsatkichlarni aniqlashtirishga, shuningdek aksiyalarni joylashtirishda qiymatning past baholanishi bilan bog‘liq risklarni kamaytirishga imkon bergan;
strategik rejalashtirishda, biznes jarayonlarda va ichki kapitallashuv modelarini ishlab chiqishda “O‘zRSB” AJda tushum hajmlari, aktivlar, sof foyda va dividend to‘lovlarining o‘sishi kabi moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2025-2029-yillardagi prognoz ssenariylariga doir taklifi “O‘zRSB” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zRSB AJning 2025-yil 10-iyuldagi 05-14/2615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hisob-kitoblar ichki kapitallashuv modelini ishlab chiqish va dividend siyosatini rejalashtirish asosida kompaniyaning adolatli qiymatini baholash imkonini bergan.