Akramov Bo‘ribek Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3313.
Ilmiy rahbari: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kimyo sanoati korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing strategiyalardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashqi bozorlardagi iste’molchi talablarini o‘rganish, tashqi muhit omillarini tahlil qilish, eksport-import operatsiyalarini optimallashtirish hamda xalqaro savdo muomalasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni ta’minlashda turli darajadagi tashqi iqtisodiy manfaatlarni hisobga oluvchi marketing vositalari va strategik qarorlar tizimi jihatidan takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarining xalqaro bozorlardagi faoliyat indikatorlari qiymatlari asosida xorijiy mamlakatlar bozoriga kirib borishga qaratilgan eksport, franchayzing, lisenziyalash, qo‘shma korxona tuzish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya, elektron savdo, xalqaro strategik hamkorlik, shartnoma asosida ishlab chiqarish bo‘yicha marketing strategiyalarining (0,36≤SI≤0,6) maqbul chegarasini tanlash asoslangan;
kimyo mahsulotlari eksport imkoniyatlarini mamlakatlar bo‘yicha BCG portfel tahliliga asoslangan yondashuvga ko‘ra eksportdagi ulushini (0,7 ≤ BI ≤ 25,3) va (25,3 ≤ BI ≤ 51,5) oraliq mezonlarga ko‘ra oshirishda marketingning xarajatlar bo‘yicha ustunlik, differensiatsiya, fokusli strategiyalaridan foydalanish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tashqi bozorlardagi iste’molchi talablarini o‘rganish, tashqi muhit omillarini tahlil qilish, eksport-import operatsiyalarini optimallashtirish hamda xalqaro savdo muomalasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni ta’minlashda turli darajadagi tashqi iqtisodiy manfaatlarni hisobga oluvchi marketing vositalari va strategik qarorlar tizimi jihatidan takomillashtirish yuzasidan nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Matketing strategiyasi va innovatsiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyug‘i bilan tasdiqlangan 228-80-sonli guvohnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda turli darajadagi tashqi iqtisodiy manfaatlarni hisobga oluvchi marketing vositalari va strategik qarorlar tizimi jihatidan takomillashtirilgan “tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing strategiyalari” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
kimyo sanoati korxonalarining xalqaro bozorlardagi faoliyat indikatorlari qiymatlari asosida xorijiy mamlakatlar bozoriga kirib borishga qaratilgan eksport, franchayzing, lisenziyalash, qo‘shma korxona tuzish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya, elektron savdo, xalqaro strategik hamkorlik, shartnoma asosida ishlab chiqarish bo‘yicha marketing strategiyalarining (0,36≤SI≤0,6) maqbul chegarasini tanlash taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil
2-apreldagi 22-849-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun kimyo sanoati korxonalari o‘zlari uchun kerakli va samarali bo‘lgan optimal marketing strategiyalarini tanlab olinib, jumladan “Maxam-Chirchiq” AJda Tojikiston bozori uchun samarali strategiyalar orqali 2024-yilda 2023-yilga nisbatan eksport 5,9 foizga o‘sgan;
kimyo mahsulotlari eksport imkoniyatlarini mamlakatlar bo‘yicha BCG portfel tahliliga asoslangan yondashuvga ko‘ra eksportdagi ulushini (0,7 ≤ BI ≤ 25,3) va (25,3 ≤ BI ≤ 51,5) oraliq mezonlarga ko‘ra oshirishda marketingning xarajatlar bo‘yicha ustunlik, differensiatsiya, fokusli strategiyalaridan foydalanish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyatiga joriy etilgan(“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 2-apreldagi 22-849-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJda xarajatlar bo‘yicha ustunlik, differensiatsiya, fokusli strategiyalar samaradorligini baholash orqali foydani oshirish imkoni yaratilib, shuningdek “Maxam-Chirchiq” AJning mahsulot eksport qilishdagi marketing xarajatlarini 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 11,9 foiz qisqartirishga erishilgan;
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyatiga joriy etilgan(“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 2-apreldagi 22-849-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida kimyo sanoati korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘p omilli ekonometrik model ko‘rsatkichlari asosida kimyo korxonalari asosiy faoliyati istiqbol ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.