Ibragimov Jaxongir Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt…..
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmurotov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish asosida istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va sohaning rivojini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada sanoat korxonalari sonidagi o‘zgarishlarni sanoat mahsuloti hajmi hamda sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning joriy va kechikkan ta’siriga ko‘ra faollik darajasi, yashovchanlik koeffitsientini baholash hamda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha mavjud strategiyalar va ularni qo‘llashdagi yondash strategiyalarni amalga oshirish modeli taklif etilgan;
Xorazm viloyatida yalpi sanoat mahsuloti hajmining ishlab chiqarish sanoati (0,98), tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (-0,003), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (0,05), kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish (-0,01) bo‘yicha elastiklik koeffitsientlarini hisoblash asosida tarkibiy tuzilishdagi o‘zgarishlarni sanoat taraqqiyotiga ta’siri baholangan;
sanoatning hudud iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi roli va ta’sirini shlab chiqlgan model asosida baholanilib (Y=e^1,27*〖QOX〗^0,37*S^0,14*Q^0,05*X^0,44), sanoat taraqqiyotini ta’minlashda muhim bo‘lgan tarmoqlar hamda ular ta’sirini baholash modellari taklif etilgan;
Xorazm viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tendensiyalarini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlarini istiqboldagi prognoz qiymatlari 2025-2029-yillarga ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan. 
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada sanoat korxonalari sonidagi o‘zgarishlarni sanoat mahsuloti hajmi hamda sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning joriy va kechikkan ta’siriga ko‘ra faollik darajasi, yashovchanlik koeffitsientini baholash hamda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha mavjud strategiyalar va ularni qo‘llashdagi yondash strategiyalarni amalga oshirish modeli bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 15-martdagi 147-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6848-son ma’lumotnomasi). Mazkur modellardan foydalanish asosida yangidan tashkil etilgan sanoat korxonalari yashovchanlik koeffitsientini oshirish hisobiga sanoatda yaratilgan qo‘shilgan qiymatni 3,6 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
Xorazm viloyatida yalpi sanoat mahsuloti hajmining ishlab chiqarish sanoati (0,98), tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (-0,003), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (0,05), kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish (-0,01) bo‘yicha elastiklik koeffitsientlarini hisoblash asosida tarkibiy tuzilishdagi o‘zgarishlarni sanoat taraqqiyotiga ta’siri bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 15-martdagi 147-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6848-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifda keltirilgan elastiklik koeffitsientlaridan viloyatda sanoat, xususan ishlab chiqarish sanoatining yuqori sur’atlarda barqaror o‘sishini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan sanoat tarmoqlarini aniqlashda foydalanilgan;
sanoatning hudud iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi roli va ta’sirini shlab chiqlgan model asosida baholanilib (Y=e^1,27*〖QOX〗^0,37*S^0,14*Q^0,05*X^0,44), sanoat taraqqiyotini ta’minlashda muhim bo‘lgan tarmoqlar hamda ular ta’sirini baholash modellari Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 15-martdagi 147-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6848-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyatda sanoat taraqqiyotni ta’minlashda mutanosib rivojlanishi lozim bo‘lgan tarmoqlar aniqlash, jumladan qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida qo‘shilgan qiymatni bir foizga o‘sishi sanoatda mos ravishda 2,4 va 1,78 foizga oshishini ta’minlashini hisobga olib tarmoqlar rivojlanishidagi mos nisbatlarni baholashda qo‘llanilgan;
Xorazm viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tendensiyalarini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlarini istiqboldagi prognoz qiymatlarini 2025-2029-yillarga ko‘p variantli ekonmetrik modellar asosida ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 15-martdagi 147-12-0-Q/25-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 06-15-09/6848-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognoz qiymatlari viloyatda sanaot taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha istiqboldagi maqsadli, uzoq va qisqa muddat uchun strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish