Norqobilova Feruza Abduhomidovnaning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada xalq hunarmandchiligi texnologiyasini rivojlantirishning metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt555
Ilmiy masalahatchi: ilmiy maslahatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madrahimov Kaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotga mintaqada xalq hunarmandchiligi texnologiyasini rivojlantirishning metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada hunarmandchilik sohasi korxonalari faoliyatini rivojlantirishda subsidiarlik va madaniy barqarorlikni ta’minlash asosida institutsional yondashuvi taklif etilgan;
mintaqaviy xalq hunarmandchiligi texnologiyalarini rivojlantirishda raqamli transformatsiyaga asoslangan ishlab chiqarish jarayonlarini 3D texnologiyalar va IoT qurilmalari orqali integratsiya qilish, mahsulotlari intellektual mulk sifatida patentlash, mahsulotlarning raqobatbardoshligi va eksport imkoniyatlarini oshirishni sinergik yondashuvi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyati hududlari xalq hunarmandchiligi dinamikasi uchun ekologik toza biomateriallardan foydalangan holda hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini brendlash mexanizmining tuzilmaviy sxemasi taklif etilgan;
mintaqada xalq hunarmandchiligi jarayonlarini raqamli kodlash va virtual platformada saqlash orqali madaniy merosning barqarorlashtirish va tijoratlashtirishning klasterlash va logistika tizimiga asoslangan ekologik hunarmandchilik modeli taklif etilgan;
mintaqada xalq hunarmandchiligi texnologiyasini rivojlantirishda empirik modellashtirish asosida hunarmandchilik korxonalari faoliyati rivojlanishini 2025-2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hunarmandchilik barqaror rivojlanishi, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot hajmini oshirish, unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir darajasini bartaraf etish, milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikni raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini oshirish va axborot bozori xizmatlarini rivojlantirish ko‘p variantli prognoz usullari asosida baholashni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada hunarmandchilik sohasi korxonalari faoliyatini rivojlantirishda subsidiarlik va madaniy barqarorlikni ta’minlash asosida institutsional yondashuvi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi 2025-yil 27-iyunda 02-08-27-6739-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaviy hunarmandchilik korxonalarining mustaqil va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlovchi boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
mintaqaviy xalq hunarmandchiligi texnologiyalarini rivojlantirishda raqamli transformatsiyaga asoslangan ishlab chiqarish jarayonlarini 3D texnologiyalar va IoT qurilmalari orqali integratsiya qilish, mahsulotlari intellektual mulk sifatida patentlash, mahsulotlarning raqobatbardoshligi va eksport imkoniyatlarini oshirishni sinergik yondashuvi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi 2025-yil 27-iyunda 02-08-27-6739-son ma’lumotnomasi). Natijada hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatbardoshligi va eksport salohiyati 25–30% ga oshirilishi mumkinligi asoslab berilgan;
Qashqadaryo viloyati hududlari xalq hunarmandchiligi dinamikasi uchun ekologik toza biomateriallardan foydalangan holda hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini brendlash mexanizmining tuzilmaviy sxemasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi 2025-yil 27-iyunda 02-08-27-6739-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik toza va hududiy idenitetga asoslangan yangi hunarmandchilik brendlari shakllanishiga zamin yaratilgan;
mintaqada xalq hunarmandchiligi jarayonlarini raqamli kodlash va virtual platformada saqlash orqali madaniy merosning barqaror uzatilishi va tijoratlashtirishning klasterlash hamda logistika tizimiga asoslangan ekologik hunarmandchilik modeli bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi 2025-yil 27-iyunda 02-08-27-6739-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa madaniy merosining uzlyuksiz saqlanishi va hunarmandchilik mahsulotlari savdo tizimi optimallashtirilgan;
mintaqada xalq hunarmandchiligi texnologiyasini rivojlantirishda empirik modellashtirish asosida hunarmandchilik korxonalari faoliyati rivojlanishini 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi 2025-yil 27-iyunda 02-08-27-6739-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa hunarmandchilik korxonalarining istiqbolli o‘sish sur’atlari, investisiya zarurati va eksport hajmi kabi ko‘rsatkichlarini ilmiy asosda prognoz qilishga imkon bergan.