Abdulxakimov Zuhrali Tursunalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda turizm industriyasini rivojlantirishning ilmiy-metodologik yondashuvlarni takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt944.
Ilmiy maslahatchi: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muhitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madrahimov Kaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fargona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda turizm industriyasidagi ilmiy metodologik yondashuvlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli platformalarga asoslanib “Industriya-4” yutuqlaridan keng foydalanilgan holda turizm industriyasining uch bosqichli zamonaviy-innovatsion mexanizmi taklif etilgan;
mintaqalarda joylashgan ekotizimlar disbalansining haqiqiy buzilish darajasi (|A𝑟𝑒𝑎𝑙| > |A𝑚𝑎𝑥|) maqbul darajadan oshib ketganda va haqiqiy foyda (|F𝑟𝑒𝑎𝑙| > |F𝑚𝑖𝑛|) minimaldan kattaroq bo‘lganda atrof-muhitning tarkibiy qismlarida barqarorlikka erishib, foydaning tarkibiy qismlarida barqarorlikni ta’minlashi aniqlangan;
mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda turizm industriyasiga ta’sir etuvchi omillarni innovatsion faoliyat mezonlari ishlab chiqilgan va yangi kombinatsiyalarni keltirib chiqaruvchi ichki omillarni aniqlashtirish orqali chiziqli va chiziqsiz modellari takomillashtirilgan;
“turistik faoliyat uchburchagi” orqali optimal joylashtirish g‘oyalari asosida (S1 – A nuqtadan B nuqtagacha, S2 – B nuqtadan C nuqtagacha, S3 – B nuqtadan A nuqtagacha) turistik markazlarni tashkil etish taklif etilib Farg‘ona vodiysida TOP - 10 talikka kiruvchi turistik ob’ektlar reytinggi aniqlangan;
Farg‘ona va Zarafshon mintaqalaridagi turistik faoliyatning rivojlanish ko‘rsatkichlariga asoslanib 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Turizm industriyasini rivojlantirishdagi muammolar va ularni echimiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy xulosalar hamda tavsiyalar asosida:
mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli platformalarga asoslanib “Industriya-4” yutuqlaridan keng foydalanilgan holda turizm industriyasining uch bosqichli zamonaviy-innovatsion mexanizmi bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga tatbiq etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 04-maydagi 08/24-699-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm industriyasining axborot texnologiyalari, to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari, institutsional muhit omilidan iborat uch bosqichli zamonaviy-innovatsion usullarni aks ettiruvchi raqamli turistik platformalarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
mintaqalarda joylashgan ekotizimlar disbalansining haqiqiy buzilish darajasi (|A𝑟𝑒𝑎𝑙| > |A𝑚𝑎𝑥|) maqbul darajadan oshib ketganda va haqiqiy foyda (|F𝑟𝑒𝑎𝑙| > |F𝑚𝑖𝑛|) minimaldan kattaroq bo‘lganda atrof-muhitning tarkibiy qismlarida barqarorlikka erishib, foydaning tarkibiy qismlarida barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 04-maydagi 08/24-699-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalardagi ekotizimlar buzulishi sharoitida barqaror turizm industriyasini rivojlantirish, turistik industriya daromadlar qismlari barqarorligi ta’minlash aniqligigi oshishiga xizmat qilgan;
mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda turizm industriyasiga ta’sir etuvchi omillarni innovatsion faoliyat mezonlari ishlab chiqilgan va yangi kombinatsiyalarni keltirib chiqaruvchi ichki omillarni aniqlashtirish orqali chiziqli va chiziqsiz modellari takomillashtirishga qaratilgan taklifi Namangan viloyati xokimligi faoliyatida foydalanilgan (Namangan viloyati xokimligining 2025-yil 04-maydagi 08/24-699-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalardagi turistik faoliyatga ta’sir etuvchi omillar guruxlashtirish innovasion faoliyat mezonlari ishlab chiqilgan va Genri Chesbro tomonidan qo‘llanilgan ochiq va yopiq innovatsiyalar asosida “Namangan viloyatida turistik faoliyatni rivojlantirish yo‘l xaritasi” tuzilgan;
“turistik faoliyat uchburchagi” orqali optimal joylashtirish g‘oyalari asosida (S1 – A nuqtadan B nuqtagacha, S2 – B nuqtadan C nuqtagacha, S3 – B nuqtadan A nuqtagacha) turistik markazlarni tashkil etish taklif etilib Farg‘ona vodiysida TOP - 10 talikka kiruvchi turistik ob’ektlar reytinggi taklifi Namangan viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 04-maydagi 08/24-699-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida har bir turistik marshrutlarni ishlab chiqishda A, V, S- turistik ob’ektlar shakllantirilgan bo‘lib, S1 – A nuqtadan B nuqtagacha, S2 – V nuqtadan S nuqtaga, S3 – V nuqtadan A nuqtaga turistik ob’ektlarga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi berilgan va taklif etilayotgan ilmiy ishlanmadagi M – eng qulay joylashtirish nuqtasi bo‘lib, A, V, S - turistik ob’ektlarga tashrif buyuruvchi turistlar uchun eng qulay turistik markazlarni tashkil etish asoslangan;
Farg‘ona va Zarafshon mintaqalaridagi turistik faoliyatning rivojlanish ko‘rsatkichlariga asoslanib 2030-yilga qadar prognoz parametrlaridan Namangan viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 04-maydagi 08/24-699-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025-yilda Farg‘ona mintaqasida xizmat ko‘rsatiladigan tashrif buyuruvchilar soni 38861 kishi bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich olib boriladigan sa’i-harakatlar asosida 31,1 %ga oshib 50941 kishiga etishi aniqlangan.