Ziyaeva Damiraxon Fayzullajon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatida sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2874.
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ilxom Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdumo‘minov Axrorjon Axatjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat salohiyatining tarkibiy qismlari moddiy-texnik, innovatsion, investisiya, mehnat, infratuzilma, moliyaviy salohiyat kabi tuzilmalarga tasniflash asosida asoslangan;
barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini darajali funksiya ko‘rinishida ( ) ifodalash orqali sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini kompleks baholash metodologiyasi takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va sanoat korxonasining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy va uslubiy jihatlarini umumlashtirish asosida sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy modeli dalillangan;
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari transformatsiyasi jarayonidagi ekzogen omillarni inobatga olgan holda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyatida sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat salohiyatining tarkibiy qismlari moddiy-texnik, innovatsion, investisiya, mehnat, infratuzilma, moliyaviy salohiyat kabi tuzilmalarga tasniflash asosida asoslanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 3-noyabrdagi 02-20-01-476-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sanoat salohiyatining tarkibiy qismlarini optimal tasniflash orqali sanoat korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligi 11-13 foizga ortgan;
barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini darajali funksiya ko‘rinishida ( ) ifodalash orqali sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini kompleks baholash metodologiyasi takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 3-noyabrdagi 02-20-01-476-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini kompleks baholash hamda sanoat tarmoqlari innovatsion salohiyatini baholash aniqligi 2 barobarga ortgan;
ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va sanoat korxonasining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishning nazariy va uslubiy jihatlarini umumlashtirish asosida sanoat tarmoqlari salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy modeli dalillanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 3-noyabrdagi 02-20-01-476-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmoqlari faoliyatida boshqaruv qarorining iqtisodiy narxi va moliyaviy natijalarini tezkor aniqlash va optimal baholash imkoniyati kengaygan;
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari transformatsiyasi jarayonidagi ekzogen omillarni inobatga olgan holda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2028-yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 3-noyabrdagi 02-20-01-476-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro darajada umumiy sifat darajasi (Darbin-Uotson mezoni 2,43 ga teng) yuqori bo‘lgan chiziqsiz modelga asoslangan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2028-yilgacha bo‘lgan tafovut oralig‘i 2,52 foiz diapazonga teng maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.