Farmonova Shabon Muxamadovnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish” (boshlang‘ich ta’lim misolida) 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped352
Ilmiy maslahatchi: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Dilova Nargiza G‘aybullaevna; pedagogika fanlari doktori, professor Shodiev Rizamat Davronovich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ibragimov Alamjon Amrulloevich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning tarkibiy komponentlari (yaxlit–mazmunli, ijtimoiy-madaniy, kommunikativ, amaliy faoliyatga oid) mazmuni ta’limiy, tarbiyaviy va ijtimoiy-huquqiy faoliyatni hamda integratsion ta’lim sharoitlarining pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘quvchilarning mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish tizimini belgilash, innovatsion hamkorlik faoliyatini ta’minlash, shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirishning metodik taʼminoti takomillashtirilgan;
kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi o‘quv-biluv faoliyatda maqsadga yoʻnaltirilganlikni hamda “Maqsad uchun 11 qadam” interfaol metodi va “GROW (Goal, Reality, Options, Will)” ta’lim texnologiyasi uyg‘unligini ta’minlashning didaktik tizimi takomillashtirilgan;
ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning baholash metodikasini ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va baholash mezonlarini (motivatsion, kognitiv, amaliy va refleksiv) belgilash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, uni tanlash prinsiplari, omillari, kognitiv, shaxsga yo‘naltirilgan, modulli, evristik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning tarkibiy komponentlari (yaxlit–mazmunli, ijtimoiy-madaniy, kommunikativ, amaliy faoliyatga oid) mazmuni ta’limiy, tarbiyaviy va ijtimoiy-huquqiy faoliyatni hamda integratsion ta’lim sharoitlarining pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2021-yil 10-dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 17-fevraldagi 11-05-1038/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tajribalarning tadrijiy takomili va hozirgi kundagi ko‘p qirrali imkoniyatlari boyitilgan;
kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish modeli o‘quvchilarning mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish tizimini belgilash, innovatsion hamkorlik faoliyatini ta’minlash, shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirishning metodik taʼminotiga doir xulosalar 60110500 – boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Natijada, ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosidagi dars shakllarining samaradorligini oshirishga erishilgan;
kvalitologik yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi o‘quv-biluv faoliyatda maqsadga yoʻnaltirilganlikni hamda “Maqsad uchun 11 qadam” interfaol metodi va “GROW (Goal, Reality, Options, Will)” ta’lim texnologiyasi uyg‘unligini ta’minlashning didaktik tizimi bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar 60110500 – boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Natijada, ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik yondashuvlarni takomillashtirish usullari imkoni oshirilgan;
ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning baholash metodikasini ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va baholash mezonlarini (motivatsion, kognitiv, amaliy va refleksiv) belgilashga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televidenie jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy, dolzarb hamda ilmiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-yanvardagi 01-09-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning amaliy ko‘nikmalari takomillashtirilgan.