Egamberdiev Shaxzod Baxodi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intererni ko‘kalamzorlashtirishda Ficus L va Sshefflera J.R.Forst. & G.Forst. ning turlarini tanlash va etishtirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1048
Ilmiy rahbar: Berdiev Erkin Turdalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Misirova Surayyo Abdumutalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Intererni ko‘kalamzorlashtirish uchun Ficus va Schefflera turkumi turlarini tanlash va ularni etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marta O‘zbekistonda ilmiy asosda Ficus va Schefflera turkumi turlarining intererda balandligi 1,5–3,0 m oralig‘ida o‘sishi hamda manzaraviyligi bo‘yicha F. microcarpa (5 ball), F. benjamina (4,3 ball) va S. arboricola (4,5 ball) eng  yuqori ko‘rsatkichiga ega ekanligi aniqlangan;
F. benjamina yashil qalamchalari torf substratida IBA ning 3000 mg/l konsentratsiyasida 76,5%, F. elastica 2000 mg/l konsentratsiyasida 94,25%, S. arboricola yarim yog‘ochlashgan qalamchalari esa 2000 mg/l konsentratsiyasida 85% ildiz hosil qilishi va yashab ketishi isbotlangan;
Ficus va Schefflera ko‘chatlari bahorda 50% torf, 30% perlit va 20% kokos tolasi nisbatidagi substratiga ko‘chirilganda uning bo‘yi 9,5 sm, ildizi 7,5 sm o‘sishi va 18 dona yangi barg hosil qilishi aniqlangan; 
Ficus va Schefflera turlarini bahorda (0,4 litr 4 kunda) va yozda (0,5 litr 3 kunda) sug‘orish hajmini oshirish, qishda esa kamaytirish (0,2-0,25 litr har 7-10 kunda) rivojlanishga yaxshi taʼsir etgani (Ficus turlarida bo‘y 7,5–9 sm, barg 14–17 dona, ildiz 6,0–7,0 sm; Schefflerada bo‘y 7–8,8 sm, ildiz 5,8–7,2 sm) hamda Kristallon, Ferovit o‘g‘itlarining taʼsirida yashil massa, barg soni, bo‘y o‘sishi 60–80% ga oshgani isbotlangan; 
Ficus turlari o‘sishi uchun 3000–4000 lyuks va 5–8 soat quyosh nuri, Schefflera uchun esa 2000–3000 lyuks va 4–7 soat yorug‘lik maqbul meʼyor ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ficus L. turkumining Ficus microcarpa, Ficus benjamina, Ficus elastica va Schefflera J.R.Forst. & G.Forst. turkumining Sshefflera arboricola, Schefflera digitata, Schefflera actinophylla turlarini etishtirish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Toshkent botanika bog‘i issiqxonasi kompleksining 1,5 sotix maydonida 4 tur va formalardan vegetativ usulda ko‘paytirish ishlanmasi joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 21-iyuldagi 4/1255-1536-son maʼlumotnomasi). Natijada Ficus va Schefflera turkumi turlarining 1250 tup ko‘chatlari etishtirilib oranjeriya fondi boyitilgan.
Ficus va Schefflera turkumi turlarini vegetativ usulda etishtirish texnologiyasi ishlanmasi Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi issiqxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 03-03/1-03/3-7792-son maʼlumotnomasi). Ishlanmaning joriy qilinishi natijasida issiqxona sharoitida vegetativ uslubda Ficus benjamin, Ficus elasticum va Schifflera arboricola o‘simliklari ko‘chatlaridan 400 tup etishtirishga erishilgan. 
Ficus va Schefflera turkumi turlari vegetativ usulda etishtirish texnologiyasi ishlanmasi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi issiqxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 03-03/1-03/3-7792-son maʼlumotnomasi). Tajriba natijasining joriy qilinishi natijasida Ficus benjamin va Schefflera arboricola o‘simliklarining ko‘chatlaridan 200 tup etishtirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorlik 200 mln so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish