Kamilov Murodjon Muqumjonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turpning (raphanus sativus) serhosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1189.
Ilmiy rahbar: Xakimov Rafiqjon Abdunabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Turpning (raphanus sativus) “Murod” navi (NAP 553).
II. Tadqiqotning maqsadi Turpning (Raphanus sativus) serxosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli navini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turpning (Raphanus sativus) mahalliy va xorijiy 11 ta nav namunalari morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari kompleks baholanib, asosiy xo‘jalik belgilari bo‘yicha ajratib olingan istiqbolli “Oltinko‘l” mahalliysi nav namunasidan seleksiya uchun boshlang‘ich manba ajratib olingan;
istiqbolli birlamchi manbalarni seleksiya jarayoniga jalb etib, analitik seleksiya usullari asosida serxosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli istiqbolli liniya ajratib olinib, “Murod” navi yaratilgan;
turpning “Murod” navi 2021 yilda Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinash markaziga sinov uchun topshirilgan va 2022 yilda Davlat reestriga kiritilgan.
turpning “Murod” naviga 2025 yilda Intellektual mulk markazidan patent olingan;
yangi yaratilgan turpning “Murod” navining navdorligi yuqori birlamchi urug‘liklari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turpning (Raphanus sativus) serxosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
turp (Raphanus sativus)ning “Andijon-9” va “Margilanskaya” navlariga nisbatan serhosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli yangi “Murod” navining afzallik tomonlari isbotlagan hamda 2024 yilda Andijon viloyatida 6,3 ga, Namangan viloyatida 7,8 ga, Farg‘ona viloyatida 9,4 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2-iyundagi № 05/06-03-233-son ma’lumotnomasi). Natijada turpning Murod navidan o‘rtacha 48,2 sentner hosil olinib, turpning “Andijon-9” naviga nisbatan 8,5 tonna, “Margilanskaya” naviga nisbatan 7,4 tonna yuqori bo‘lgani holda rentabellik darajasi 124,6 foizga ko‘tarilishiga xizmat qilgan;
turp (Raphanus sativus)ning serhosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli yangi “Murod” navini Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Ekoklin And” fermer xo‘jaligida 0,3 gektar maydonga, “Urug‘chi” fermer xo‘jaligida 0,45 gektar, “Mirza urug‘chi elita” fermer xo‘jaligida 0,7 gektar, “Davr” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Otajonov Odiljon avlodlari” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Alijonov Iqboljon erlari” fermer xo‘jaligida 2,1 gektar, viloyat bo‘yicha jami 6,3 gektar maydonga amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2-iyundagi № 05/06-03-233-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon viloyati sharoitida gektaridan o‘rtacha 49,0 tonna hosil olishga erishilgan;
turp (Raphanus sativus)ning serhosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli yangi “Murod” navini Namangan viloyati Norin tumanidagi “Sayyora Asqarali qizi” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar maydonga, “Qumli dala” fermer xo‘jaligida 2,4 gektar, “Abdullaev Qosimjon” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Obod ko‘rkam diyor 777” fermer xo‘jaligida 2,4 gektar, viloyat bo‘yicha jami 7,8 gektar maydonga amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2-iyundagi № 05/06-03-233-son ma’lumotnomasi) Natijada Namangan viloyati sharoitida gektaridan o‘rtacha 49,5 tonna hosil olishga erishilgan;
turp (Raphanus sativus)ning serhosil, ildizmeva sifati yuqori, saqlashga yaroqli yangi “Murod” navini Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Nurli Yangiobod shabbodasi” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar maydonga, “Yozyovon Agro star” fermer xo‘jaligida 1,4 gektar, Toshloq tumanidagi “Varzak Paxta Don” fermer xo‘jaligida 1,7 gektar, “Mir Said Jalol” fermer xo‘jaligida 3,8 gektar, viloyat bo‘yicha jami 9,4 gektar maydonga amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2-iyundagi № 05/06-03-233-son ma’lumotnomasi) Natijada Namangan viloyati sharoitida gektaridan o‘rtacha 48,0 tonna hosil olishga erishilgan.