Kunnazarov Ubbiniyaz Baktibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Orol bo‘yida asosiy va takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo‘xori duragaylarining sug‘orish tartibini ishlab chiqish”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1312.
Ilmiy rahbar: Mambetnazarov Amangeldi Bisenbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy Orol bo‘yi hududining o‘rtacha sho‘rlangan, o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekin sifatida ekilgan makkajo‘xorining “O‘zbekiston-601 ESV”, “Qorasuv-350 AMV” va “O‘zbekiston-300 MV” duragaylarini maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Janubiy Orol bo‘yi sug‘oriladigan o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida makkajo‘xorining O‘zbekiston-601 ESV, Qorasuv-350 AMV va O‘zbekiston-300 MV duragaylaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda asosiy ekin sifatida ekilganda maqbul sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibida, sug‘orish tizimi 1-2-0 bo‘lganda, takroriy ekin sifatida ekilganda esa 0-1-0 tizim, ya’ni sulton chiqargunga qadar, sulton chiqargandan sut mum pishguniga qadar va sut mum pishishidan to‘liq pishish davrida sug‘orishlar o‘tkazilishi maqbulligi aniqlangan;
makkajo‘xorining O‘zbekiston-601 ESV, Qorasuv-350 AMV va O‘zbekiston-300 MV duragaylarini asosiy va takroriy ekin sifatida ekilib, maqbul sug‘orish tartibi qo‘llanilganda tuproqning agrofizikaviy, agrokimyoviy va meliorativ holati ijobiy holatda saqlanishi aniqlangan;
makkajo‘xorining O‘zbekiston-601 ESV duragayida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60 % tartibida mavsumiy sug‘orish me’yori asosiy ekin sifatida ekilganda 2251 m3/ga ni, takroriy ekin sifatida parvarish qilinganda 718 m3/ga ni, Qorasuv-350 AMV duragayida tuproq namliklariga mutanosib ravishda 2304; 696 m3/ga ni, O‘zbekiston-300 MV duragayida 2272; 739 m3/ga ni tashkil qilishi aniqlangan;
makkajo‘xori duragaylarini sug‘orish tartibiga bog‘liq holda o‘simlikning bo‘yi asosiy ekin sifatida ekilganda 255,2 sm ni, takroriy ekin sifatida parvarish qilinganda 181,6 sm ni tashkil qilganligi, avgust oyining 1 sanasida maqbul (70-70-60 %) sug‘orish tartibida sug‘orilgan variantda so‘talar soni 2,2-1,4 donaga teng bo‘lganligi, makkajo‘xori duragaylari o‘rtasida “O‘zbekiston 300 MV” yaxshi o‘sib, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi hamda makkajo‘xori hosili va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
Orol bo‘yining janubiy hududi tuproqlarida makkajo‘xorining O‘zbekiston-601 ESV, Qorasuv-350 AMV va O‘zbekiston-300 MV duragaylarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirish bo‘yicha agrotexnologiya elementlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orol bo‘yi o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida makkajo‘xori duragaylarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirishda maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“O‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida makkajo‘xori duragaylarini sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23-maydagi 03/09-3-312-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomadan fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, tomorqa erlarida O‘zbekiston-601 ESV, Qorasuv-350 AMV va O‘zbekiston-300 MV makkajo‘xori duragaylarini etishtirishda sug‘orishlarni samarali tashkil etilishi bo‘yicha keng ko‘lamda foydalanilmoqda;
makkajo‘xori duragaylarining biologik xususiyatiga bog‘liq holda maqbul sug‘orish tartiblari Chimboy tumanidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida 10,5 gektar, “Chimboy don” klasterida 22,6 gektar, “Bibimariyam G‘ali” fermer xo‘jaligida 10,8 gektar, jami 43,9 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23-maydagi 03/09-3-312-son ma’lumotnomasi). Natijada makkajo‘xoridan 4,6-5,0 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan;
makkajo‘xorining “O‘zbekiston-300 MV” duragayini ChDNSga nisbatan 70-70-60 % tartibda sug‘orish “Qudaybergen-Guldana” fermer xo‘jaligida 12,5 gektar, “Tanliqum” fermer xo‘jaligida 15,3 gektar, jami 27,8 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23-maydagi 03/09-3-312-son ma’lumotnomasi). Natijada makkajo‘xori sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda 1-2-0 tizimda sug‘orilganda mavsumiy sug‘orish me’yori 2150-2175 m3/ga ni tashkil etib, hosildorlik 42,1-43,8 s/ga, qo‘shimcha hosil 4,9-5,0 s/ga ni tashkil qilgan, 9144700-9847700 so‘m/ga sof daromad olingan va 93,8-102,1 % rentabellikka erishilgan.
Takroriy ekin sifatida makkajo‘xorining “O‘zbekiston-300 MV” duragayini ChDNSga nisbatan 70-70-60 % tartibda va 0-1-0 sug‘orish tizimida etishtirish “Tanliqum” fermer xo‘jaligi hamda “Bibimariyam G‘ali” fermer xo‘jaliklarida 12,7 ga maydonga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23-maydagi 03/09-3-312-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumiy sug‘orish me’yori 704-710 m3/ga ni tashkil etganligi, rentabellik darajasi 27,7-32,1 % ga teng bo‘lganligi aniqlangan, hosildorlik 20,0-20,7 s/ga bo‘lib, qo‘shimcha 1,3 s/ga don hosili olishga erishilgan, jami sarflangan xarajatlar 7047700-7049600 so‘m/ga ga, sotilgan dondan qilingan daromad 9000000-9315000 so‘m/ga ga teng bo‘lib, 1952300-2265400 so‘m/ga shartli sof foyda olingan.