Karimova Komila Daniyarovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida investisiyalar samaradorligini oshirish”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt496.
Ilmiy maslahatchi: Belgilanmagan.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Gulchexra Jalgasovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akramovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent   shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida investisiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har yili oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklariga ajratilgan resurslarning kamida 100 mlrd so‘m qismini kasanachilik loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish asoslangan;
kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining investisiya loyihalari qiymati 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foiz miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga ko‘chmas mulk obektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish asoslangan;
tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratish va asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish taklif etilgan;
bitta mahallada joylashgan kichik biznes va tadbirkorlik subektlari bir nechta investisiya loyihalarining umumiy qiymati 200 milliard so‘mdan oshgan taqdirda, ushbu loyihalarning tashqi infratuzilma obektlarini 30 foizni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida investisiyalar samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
har yili oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklariga ajratilgan resurslarning kamida 100 mlrd so‘m qismini kasanachilik loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 yanvardagi 37-son “Kichik biznesni uzlyuksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 7-iyuldagi 07-61/00689-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasanachilikda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar yangi ish o‘rinlarini tashkil etish orqali ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish imkoniyati yaratilgan, bu esa ishsizlik darajasini pasaytirishga imkoniyat yaratgan;
kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining investisiya loyihalari qiymati 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foiz miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga ko‘chmas mulk obektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 7-iyuldagi 07-61/00689-son ma’lumotnomasi). Natijada, ustav kapitalining 20 foizini tashabbuskorlar ko‘chmas mulk yoki boshqa jismoniy aktivlar shaklida kiritishi, kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta'minlashga xizmat qilgan; 
tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 7-iyuldagi 07-61/00689-son ma’lumotnomasi). Natijada, kafillik taqdim etilishi, ko‘plab kichik va yangi boshlovchi tadbirkorlar uchun qulay imkoniyat yaratishga, banklar va mikromoliya tashkilotlarida riskni kamaytirishga xizmat qilgan.;
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratish va asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-son “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 7-iyuldagi 07-61/00689-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlar 7 yilgacha imtiyozli davr bilan kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu esa biznesni yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich mablag‘ni olishni osonlashtirgan. Imtiyozli davrda to‘lovlar kechiktirilishi tadbirkorlarning boshlang‘ich bosqichda moliyaviy yukini kamaytirgan;
bitta mahallada joylashgan kichik biznes va tadbirkorlik subektlari bir nechta investisiya loyihalarining umumiy qiymati 200 milliard so‘mdan oshgan taqdirda, ushbu loyihalarning tashqi infratuzilma obektlarini 30 foizni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi  PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 7-iyuldagi 07-61/00689-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat tomonidan infratuzilma xarajatlarini qoplashning 30 foizi tadbirkorlar uchun katta moliyaviy engillik yaratgan. Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlarga o‘z loyihalariga ko‘proq resurs ajratish va investisiyalarni samarali yo‘naltirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish