Nishonova Kamola Shokirjon qizining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Loyiha texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida). 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9336.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Nilufar Muxammadovna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Muminova Dilafro‘z Akbaralievna pedagogika fanlari doktori, professor; Shobdurahimova Umriniso Toxirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: loyiha texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
         bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy tashabbuskorlik kompetensiyasi komponentlari tuzilmasi hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o‘rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihatini empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;  
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik modelida mazmunli-faoliyatga yo‘naltirilgan komponenti “Ijtimoiy tashabbuskor bo‘lajak o‘qituvchi” nomli to‘garak hamda seminar-treninglar konsepsiyasini ishlab chiqish  va mashg‘ulotlarda “Transfer learning”, “Loyiha”, “Aksiya”, “Muammoni hal qilish strategiyasi”, “Brainstorming”, “Service-learning” metodlarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
         bo‘lajak o‘qituvchilarda loyiha texnologiyasi asosida ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini auditoriya mashg‘ulotlari, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar, tadbirlar, seminar-trening va to‘garak mashg‘ulotlarida adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
         loyiha texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi motivatsion, kognitiv, refleksiv, kommunikativ va faoliyatli baholash mezonlari va kreativ-yuqori, adaptiv-o‘rta va refleksiv-quyi darajalariga tayangan holda aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
        bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy tashabbuskorlik kompetensiyasi komponentlari tuzilmasi hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o‘rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihatining empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan               PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning  ilmiy-psixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 4-sonli ma’lumotnomasi).§ Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirishning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik modelining faoliyatga doir komponenti “Ijtimoiy tashabbuskor bo‘lajak o‘qituvchi” nomli to‘garak hamda seminar-treninglar konsepsiyasini ishlab chiqish  va mashg‘ulotlarda “Transfer learning”, “Loyiha”, “Aksiya”, “Muammoni hal qilish strategiyasi”, “Brainstorming”,      “Service-learning” metodlarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ilmiy-psixologik mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirishda loyiha texnologiyasidan foydalanish samaradorligi oshishiga xizmat qilgan; 
         bo‘lajak o‘qituvchilarda loyiha texnologiyasi asosida ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini auditoriya mashg‘ulotlari, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar tadbirlar, seminar-trening va to‘garak mashg‘ulotlarida adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan                           PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirishda loyiha texnologiyasidan foydalanishning amaliy texnologik tizimi  takomillashtirishga xizmat qilgan; 
         loyiha texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi motivatsion, kognitiv va faoliyatli baholash mezonlari va kreativ-yuqori, adaptiv-o‘rta va refleksiv-quyi darajalariga tayangan holda aniqlangan  takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-iyundagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligini aniqlash mezon va darajalarini   aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish