Abdullaev Dilshodbek Yuldashali o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi (10-11 sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped 9786
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: A’zimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temur Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yuqori sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning konseptual asoslariga muvofiq o‘quvchilarni fuqarolik munosabatlariga tayyorlashda ijtimoiy, huquqiy, madaniy va fuqarolik kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishning integrasion ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari takomillashtirilgan;
 yuqori sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillari o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari va ta’lim va tarbiya jarayonining kognitiv (huquqiy ta’lim va tarbiya), affektiv (ijtimoiy-huquqiy hodisalarga hissiy-qadriyatli munosabat) va psixomotor soha (hayotiy vaziyatlarda ijtimoiy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri harakat qilish) komponentlari uzviyligini ta’minlash asosida aniqlashlashtirilgan;
 yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli “shaxs - oila – mahalla - ta’lim muassasasi – davlat - jamiyat” tamoyiliga asoslangan pedagogik infratuzilmada o‘quv-bilish va tarbiyaviy faoliyatga fuqarolik munosabatlari tajribasini o‘zlashtirish mazmunini singdirish hamda faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini tashhis qilishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
  yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi innovatsion ta’lim muhitida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish jarayonini o‘quvchilarning jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy mavqeini mustahkamlash va tan olish munosabatlariga intellektual-ma’naviy va psixologik tayyorlashga doir pedagogik faoliyatini tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning konseptual asoslariga muvofiq o‘quvchilarni fuqarolik munosabatlariga tayyorlashda ijtimoiy, huquqiy, madaniy va fuqarolik kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishning integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-532 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish jarayonining mohiyati va ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillari o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari va ta’lim va tarbiya jarayonining kognitiv (huquqiy ta’lim va tarbiya), affektiv (ijtimoiy-huquqiy hodisalarga hissiy-qadriyatli munosabat) va psixomotor soha (hayotiy vaziyatlarda ijtimoiy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri harakat qilish) komponentlari uzviyligini ta’minlashga oid tavsiyalardan umumta’lim maktablari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan 2025-yil 21-apreldagi 01/11-1-286-son dalolatnomasi). Natijada ta’lim va tarbiya jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.
yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli “shaxs - oila – mahalla – ta’lim muassasasi – davlat - jamiyat” tamoyiliga asoslangan pedagogik infratuzilmada o‘quv-bilish va tarbiyaviy faoliyatga fuqarolik munosabatlari tajribasini o‘zlashtirish mazmunini singdirish hamda faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini tashhis qilishga ustuvorlik berishga oid takliflardan umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2025-yil
7-maydagi 10/263-son dalolatnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik mexanizmi takomillashtirilib, ijtimoiy, huquqiy, madaniy va fuqarolik kompetensiyalarni rivojlantirishga integratsion yondashuv asosida o‘quvchilarni fuqarolik munosabatlariga tayyorlash samaradorligi oshirilgan; 
 yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari innovatsion ta’lim muhitida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish jarayonini o‘quvchilarning jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy mavqeini mustahkamlash va tan olish munosabatlariga intellektual-ma’naviy va psixologik tayyorlashga doir pedagogik faoliyatini tashkil etish asosida takomillashtirishga oid takliflardan 2022/2023-yillarda bajarilgan KA107/2022-2023-raqamli Erasmus+ mobility program loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda “O‘zbekiston 24” kanalining tarbiyaviy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 24-apreldagi
№05-09-546-son dalolatnomasi). Natijada dars va darsdan tashqari rejalashtiriladigan ta’limiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarida faol fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga tizimli yondashishning pedagogik shart-sharoitlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish