Yusupova Moxira Abdullaevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchi yoshlarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi hamda salomatligini baholash uslubiyati”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7280.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent; Xankeldiev Sher Xakimovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanishi va somatik salomatligi ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida, ularning antropometrik ma’lumotlari asosida, yosh va jins xususiyatlariga muvofiq statistik tahlil va normativ mezonlar ishlab chiqish hisobiga jismoniy rivojlanishning hududiy va demografik farqlarini aks ettiruvchi yangilangan normativlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
hududlararo sog‘lomlashtirish siyosatining zamonaviy holatini baholash zarurati asosida, turli mintaqalarda yashovchi o‘smirlarning salomatligini aniqlashda, G.L. Apanasenko uslubiga asoslangan kompleks tahlil vositalari yordamida, qiyosiy monitoring metodikasi ishlab chiqish hisobiga mintaqaviy salomatlik darajasidagi farqlar statistik ahamiyatlilik darajasi oshirilgan;
o‘quvchilarni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun o‘smirlarning harakat faolligi va jismoniy tayyorgarligini obektiv baholash zaruriyatidan kelib chiqib, diagnostik testlar ishlab chiqish metodikasi asosida, tarkibida maxsus tanlangan mashqlar majmuasini takomillashtirish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasini aniq va tezkor baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quvchilarning salomatlik darajasini oshirish uchun jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va harakat faolligini oshirishda, zamonaviy sport-pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan korreksion-sog‘lomlashtirish dasturini takomillashtirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanishi va somatik salomatligi ko‘rsatkichlari asosida:
respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida, ularning antropometrik ma’lumotlari asosida, yosh va jins xususiyatlariga muvofiq statistik tahlil va normativ mezonlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi sport bilan shug‘ulanmaydigan maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiya darslariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12740-son ma’lumotnoma). Natijada, sport bilan shug‘ullanmaydigan bolalarni jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari umumiy hisobda 11,1 % ga yaxshilangan.
hududlararo sog‘lomlashtirish siyosatining zamonaviy holatini baholash zarurati asosida, turli mintaqalarda yashovchi o‘smirlarning salomatligini aniqlash maqsadida, G.L. Apanasenko uslubiga asoslangan kompleks tahlil vositalari yordamida, qiyosiy monitoring metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati maktab o‘quvchilari sog‘lamlashtiruvchi mashg‘ulotlariga tatbiq qilindi (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 
11-dekabrdagi 03-16/12740-son ma’lumotnoma). Natijada, o‘quvchi yoshlarni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari 13,5 % yaxshilangan;
o‘quvchilarni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun o‘smirlarning harakat faolligi va jismoniy tayyorgarligini obektiv baholash zaruriyatidan kelib chiqib, diagnostik testlar ishlab chiqish metodikasi asosida, tarkibida maxsus tanlangan mashqlar majmuasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq shahrida istiqomat qiladigan maktab o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darslariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12740-son ma’lumotnoma). Natijada, sport bilan shug‘ullanmaydigan o‘quvchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligi 6,7 % ni tashkil qilgan;
o‘quvchilarning salomatlik darajasini oshirish uchun jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va harakat faolligini oshirishda, zamonaviy sport-pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan korreksion-sog‘lomlashtirish dasturini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Koson shaharlarida istiqomat qiladigan o‘quvchilarning sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12740-son ma’lumotnoma). Natijada, tezkorlikni rivojlantiruvchi “Tik startdan 30 m yugurish” testidagi natijalar Urganch va Chirchiq shaharlaridagi o‘quvchilarda taqqoslanganida farq 1 % ni, Urganch va Qarshi shaharlar o‘quvchilari o‘rtasidagi farq–0,6 % ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish