Mamatxojaeva Dilfuza Xamidullo qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv mashq bosqichida sambochi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6751.
Ilmiy rahbar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Komiljon Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Artiqov Zoxidjon Sobirovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashq bosqichida sambochi qizlarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sambochi qizlarni mezotsikl tarkibidagi tortuvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi, mikrotsikllarda usullarni qarshiliksiz katta hajmda bajartirish hamda musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kichik hajmda yuqori shiddatda musobaqa vaziyatlarini moddellashtirish hisobiga texnik usullar takomillashtirilgan;
o‘quv mashq bosqichidagi sambochi qizlarni murakkab hujum harakatlarini boshlashdan oldin chalg‘ituvchi harakatlar variantini qo‘llab, raqib hujumini buzish orqali qulay dinamik holatni shakllantirishga qaratilgan taktik harakat elementlarini kiritish hisobiga bellashuvni o‘z foydasiga hal qilish imkoniyati oshirilgan;
sambochi qizlarni musobaqa oldi mezotsiklida asosiy tayanch usullarni qo‘llashda dastlab himoyalanish orqali qulay vaziyatda qarshi hujum usullar ketma-ketligini kombinatsiyalash, shoh usullarini qo‘llab o‘ng tomonga hujum qilish qulay bo‘lgan sportchilarga nisbatan chap tarafdan hujumni boshlash hisobiga musobaqalarda texnik usullarni noqulay tarafga bajarish imkoniyati oshirilgan;
o‘quv mashq bosqichidagi sambochi qizlarga tayyorgarlik davrida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash va usullarni bajarishda yuqori darajada ishtirok etuvchi mushak guruhlarini saralagan holda rivojlantirish hisobiga kurashchilarning musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv mashq bosqichida sambochi qizlarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sambochi qizlarni mezotsikl tarkibidagi tortuvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi, mikrotsikllarda usullarni qarshiliksiz katta hajmda bajartirish hamda musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kichik hajmda yuqori shiddatda musobaqa vaziyatlarini moddellashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahar “Sila Znaniy” MChJ sambo bo‘yicha shug‘ullanuvchi sambochi qizlarda o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3610-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga texnik harakatlarni samaradorligi 15,9 % ga oshgan;
o‘quv mashq bosqichidagi sambochi qizlarni murakkab hujum harakatlarini boshlashdan oldin chalg‘ituvchi harakatlar variantini qo‘llab, raqib hujumini buzish orqali qulay dinamik holatni shakllantirishga qaratilgan taktik harakat elementlarini qo‘llash bo‘yicha nazariy-amaliy ma’lumotlar “Povishenie sportivnogo pedagogicheskogo masterstva (sambo)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2024-yil 9-yanvarda “9-I/Ch”-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q 0000110 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida parterda bajariladigan og‘ritish usullari samaradorligi 16,8% oshgan;
sambochi qizlarni musobaqa oldi mezotsiklida asosiy tayanch usullarni qo‘llashda dastlab himoyalanish orqali qulay vaziyatda qarshi hujum usullar ketma-ketligini kombinatsiyalash, shoh usullarini qo‘llab o‘ng tomonga hujum qilish qulay bo‘lgan sportchilarga nisbatan chap tarafdan hujumni boshlash bo‘yicha takliflar Samarqand viloyati Sambo Assotsiatsiyasi shug‘uvllanuvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3610-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga “Orqadan chalib tashlash” usuli joriy qilindi va samaradorlini 16,4 % oshirishga erishilgan;
o‘quv mashq bosqichidagi sambochi qizlarga tayyorgarlik davrida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash va usullarni bajarishda yuqori darajada ishtirok etuvchi mushak guruhlarini saralagan holda rivojlantirish bo‘yicha takliflar Andijon viloyati Sambo Assotsiatsiyasi shug‘ullanuvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2025-yil
11-apreldagi 02-16/3610-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik harakatlarni bajarish uchun asosiy maxsus jismoniy sifatlar 16 % ga o‘sgan.