Allambergenova Raushana Duisenbay qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “5-6 yoshdagi bolalarni gimnastika vositalari orqali koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8872.
Ilmiy rahbar: Toylibaev Sultanbek Muxidovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yarash
ev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Karimov Doniyor Komil o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-6 yoshli bolalarning koordinatsion qobiliyatlarini gimnastika vositalari orqali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda statik, dinamik, muvozanat, ritm, qo‘l harakati aniqligi kabi koordinatsion qobiliyat turlarini 9 oylik o‘quv mashg‘ulot rejasiga kiritish orqali harakatlarni uyg‘unlashgan tarzda bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
5-6 yoshli bolalar uchun qo‘l va oyoq harakatlarining koordinatsion uyg‘unligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, psixomotor shakllanish darajasi va harakat faoliyatining tabiiy shakllariga mos holda gimnastika vositalari (gimnastika o‘rindig‘i, barer, fitbol, kichik to‘plar) asosida tuzilgan mashqlar majmuasini haftasiga ikki marotaba qo‘llash natijasida harakat uyg‘unligi yaxshilanib, mavjud kamchiliklar kamaygan hamda harakat davomiyligi oshirilgan;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv mashg‘ulot jarayonida mayda motorika qobiliyatini rivojlantirish uchun gimnastika vositalaridan iborat (fitbolda, halqalar yordamida, to‘plar bilan bajariladigan) mashqlar majmuasini haftada ikki marotaba qo‘llash hisobiga sensomotor integratsiyasini kuchaytirish imkoniyati oshirilgan;
5-6 yoshli bolalarning mashg‘ulot sharoitlariga moslashtirish uchun yurak-qon tomir faoliyatini tinchlantiruvchi, nafasni tiklovchi, nafas olish faoliyatini me’yorga keltiruvchi, mushaklardagi zo‘riqishni kamaytiruvchi, tana muvozanatini tiklovchi va bo‘shashtiruvchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan “pilates” mashqlar dasturini takomillashtirgan holda qo‘llash hisobiga organizmning funksional holatini me’yorga keltirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-6 yoshli bolalarning koordinatsion qobiliyatlarini gimnastika vositalari orqali rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
katta maktabgacha yoshdagi bolalarda statik, dinamik, muvozanat, ritm, qo‘l harakati aniqligi kabi koordinatsion qobiliyat turlarini 9 oylik o‘quv mashg‘ulot rejasiga kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar “Mektepke shekemgi tálimde dene tárbiyası” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-sentyabrdagi 438- raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi 7,6% ga oshgan;
5-6 yoshli bolalar uchun qo‘l va oyoq harakatlarining koordinatsion uyg‘unligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, psixomotor shakllanish darajasi va harakat faoliyatining tabiiy shakllariga mos holda gimnastika vositalari (gimnastika o‘rindig‘i, barer, fitbol, kichik to‘plar) asosida tuzilgan mashqlar majmuasini haftasiga ikki marotaba qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati Xiva shahar 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi 2025-yil 14-maydagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning koordinatsion qobiliyatining rivojlanish darajasi
12,4 % ga yaxshilangan;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv mashg‘ulot jarayonida mayda motorika qobiliyatini rivojlantirish uchun gimnastika vositalaridan iborat (fitbolda, halqalar yordamida, to‘plar bilan bajariladigan) mashqlar majmuasini haftada ikki marotaba qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi 2025-yil 14-maydagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-6 yoshdagi bolalarning mayda motorika aniqligi 8 % ga yaxshilangan;
5-6 yoshli bolalarning mashg‘ulot sharoitlariga moslashtirish uchun yurak-qon tomir faoliyatini tinchlantiruvchi, nafasni tiklovchi, nafas olish faoliyatini me’yorga keltiruvchi, mushaklardagi zo‘riqishni kamaytiruvchi, tana muvozanatini tiklovchi va bo‘shashtiruvchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan “pilates” mashqlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi 2025-yil 14-maydagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning muvozanatni saqlash va murakkab mashqlarni bajarish samaradorligi 24% gacha yaxshilanishiga erishilgan.