Yuldoshova Shaxnoza Azimboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fantastik nasrda badiiy motivning adabiy-estetik funksiyasi (Rey Bredberi va Isajon Sulton ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5168.
Ilmiy rahbar: Ko‘chimov Ulug‘bek Qo‘chqarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Raviyajon, filologiya fanlari doktori; Adambaeva Nargiza Kadambaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rey Bredberi va Isajon Sulton asarlaridagi motivlarni qiyosiy tahlil qilish hamda ularning adabiy-estetik funksiyasini badiiylik mezonlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy-fantastik asar mazmun-mohiyatini ochishda folklor, diniy, didaktik, ma’rifiy, ijtimoiy, fantastik motivlarning adabiy-estetik vazifasi, motiv-syujet munosabatlari, amerika va o‘zbek fantastik asarlarida yetakchi hamda qo‘shimcha motivlarni yaratishda adabiy ta’sir, an’ana, izdoshlik masalalari, ijodkor mahorati makrokomparativistika mezonlari negizida asoslangan;
Rey Bredberi va Isajon Sulton asarlarining modernistik hamda postmodernistik xususiyatlari, turli zamon va makonga daxldor badiiy, ilmiy, publisistik parchalarning roman syujetiga singdirilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi, mavzu va g‘oyasi, qahramonlarning ruhiy olami, motivlar tizimi, motivning adabiy-estetik funksiyasi qiyosiy-tipologik jihatdan dalillangan;
“Mars yilnomalari” va “Boqiy darbadar” romanlari kompozisiyasi va parallel syujet chiziqlari asosida texnokratlashgan olamning apokaliptik va postapokaliptik tasvirini yaratishda badiiy motivning talqini muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi mezoni asosida aniqlangan;
ijtimoiy muammolarni milliy-madaniy motivlar, sun’iy intellekt bilan bog‘liq kashfiyotlarning insoniyatga xavf tug‘dirishidan ogoh etuvchi ilmiy fantastika va spekulyativ fantastika negizida yuzaga kelgan yangi motivlar, ekologik xatardan xabardor qiluvchi tabiat motivlarining milliy va estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, umuminsoniy ma’naviyatni shakllantirishdagi ahamiyati hikoyalar tahlili asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fantastik nasrda motivning adabiy-estetik funksiyasining qiyosiy tahlili bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ilmiy-fantastik asar mazmun-mohiyatini ochishda folklor, diniy, didaktik, ma’rifiy, ijtimoiy, fantastik motivlarning adabiy-estetik vazifasi, motiv-syujet munosabatlari, amerika va o‘zbek fantastik asarlarida yetakchi hamda qo‘shimcha motivlarni yaratishda adabiy ta’sir, an’ana, izdoshlik masalalari, ijodkor mahorati makrokomparativistika mezonlari negizida asoslanganiga doir xulosa hamda tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida keng foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04/1-2826-son ma’lumotnomasi). Natijada makrokomparativistikada motivning tadrijiy takomili va ilmiy-nazariy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar mazkur loyihaning mazmun-mohiyatini boyitgan;
Rey Bredberi va Isajon Sulton asarlarining modernistik hamda postmodernistik xususiyatlari, turli zamon va makonga daxldor badiiy, ilmiy, publisistik parchalarning roman syujetiga singdirilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi, mavzu va g‘oyasi, qahramonlarning ruhiy olami, motivlar tizimi, motivning adabiy-estetik funksiyasi qiyosiy-tipologik jihatdan dalillangani xususidagi ilmiy natijalar hamda materiallardan “History of Literary Criticism” (ro‘yxatga olish raqami №275-10) nomli darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 5-noyabrdagi №01/4393-son ma’lumotnomasi). Natijada amerika va o‘zbek adabiyotidagi fantastik hikoyalarning qiyosiy tahliliga oid nazariy ma’lumotlar darslik mundarijasini takomillashtirgan;
“Mars yilnomalari” va “Boqiy darbadar” romanlari kompozisiyasi va parallel syujet chiziqlari asosida texnokratlashgan olamning apokaliptik va postapokaliptik tasvirini yaratishda badiiy motivning talqini muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi mezoni asosida aniqlanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019-2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42-son “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, feʼl-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-martdagi 01/4-974-son ma’lumotnomasi). Natijada fantastik asarlardagi obrazlarning dinamik va statik portreti bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan lug‘at kontentini boyitgan;
ijtimoiy muammolarni milliy-madaniy motivlar, sun’iy intellekt bilan bog‘liq kashfiyotlarning insoniyatga xavf tug‘dirishidan ogoh etuvchi ilmiy fantastika va spekulyativ fantastika negizida yuzaga kelgan yangi motivlar, ekologik xatardan xabardor qiluvchi tabiat motivlarining milliy va estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, umuminsoniy ma’naviyatni shakllantirishdagi ahamiyati hikoyalar tahlili asosida isbotlangan xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining amerika va o‘zbek adabiyotining mushtarak xususiyatlari, ingliz tilidagi asarlar tarjimasi tahliliga bag‘ishlangan ijodiy tadbirlarida foydalangan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-03/875-son dalolatnomasi). Natijada mazkur tavsiyalar Amerika adiblarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda samarali foydalanilgan.