Latipov Abduraxmon Kayumdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nazmi aqoid” asari leksikasi” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2831.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtorjon Umarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori, professor Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Nazmi aqoid” leksikasining umumiy miqdorini aniqlash, o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam nisbatini belgilash, lug‘aviy qatlami, mavzuiy guruhlari, ma’no xususiyatlarini tahlil qilish natijalariga asoslanib, o‘zbek adabiy tilining leksik-semantik va tarixiy-etimologik xususiyatlari haqida xulosa qilish hamda asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlovchi lingvistik omillarni yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Nazmi aqoid” asarining yozilish tarixi, strukturasi, muallifi, nusxalari, adabiy-badiiy jihatlari yoritilib, obidaning o‘zbek tili tarixi va bugunida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda til xususiyatlarini o‘rganish borasida muhim manba ekanligi asoslangan;
asardagi 9796 ta leksemadan iborat o‘z va o‘zlashgan qatlam leksikasining o‘zaro munosabati va faollik darajasi o‘rganilib, statistik tahlil asosida turkiy leksemalar 4733 ta (48,31%), arabiy leksemalar 3052 ta (30,84%), forsiy leksemalar 2011 ta (20,53%) va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘z shakllari 31 ta (0,32%)ni tashkil etishi aniqlangan;
manbadagi turkiy, arabiy, forsiy so‘zlar etimologiyasi, semantikasi yoritilgan hamda mazkur qatlam leksikasini mansab, unvon va kasb-hunarni bildiruvchi so‘zlar, ilm-ma’rifatga oid leksemalar, antroponim va toponimlar, mavhum tushunchani anglatuvchi so‘zlar kabi 10 ta mavzuiy guruhga ajratgan holda o‘zaro munosabati va faollik darajasi dalillangan;
asar leksikasini shakllantirgan leksemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari tahlili asosida antonimlarning kontrast tasvir vositasi ekanligi, sinonimlarning ma’noni darajalab ifodalash va omonimlarning yashirin ma’nolarni anglatishdagi ahamiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagi loyihalarga tatbiq etilgan:
manbadagi turkiy, arabiy, forsiy so‘zlar etimologiyasi, semantikasi yoritilib, mazkur qatlam leksikasini mansab, unvon va kasb-hunarni bildiruvchi so‘zlar, ilm-ma’rifatga oid leksemalar, antroponim va toponimlar, mavhum tushunchani anglatuvchi so‘zlar kabi 10 ta mavzuiy guruhga ajratgan holda o‘zaro munosabati va faollik darajasi dalillanishiga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan
AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025 yil 16 iyundagi 04/5543-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari kasb-hunar leksikasiga oid birliklarning etimologik, terminologik hamda nominativ asoslari, ichki va tashqi omillar orqali boyish manbalari, mazkur birliklarning leksik-semantik, struktural va yasalish xususiyatlarini asoslash jarayonida muhim manba sifatida xizmat qilgan;
tarixiy asar leksikasi tarkibi statistik, tarixiy-etimologik, funksional-semantik xususiyatlariga ko‘ra tadqiq etilganligi, manbadagi turkiy, arabiy va forsiy leksemalarning semantik xususiyatlari misollar orqali asoslanganligi hamda asardagi 9796 ta leksemadan iborat o‘z va o‘zlashgan qatlam leksikasining o‘zaro munosabati va faollik darajasi o‘rganilib, statistik tahlil asosida turkiy leksemalar 4733 ta (48,31%), arabiy leksemalar 3052 ta (30,84%), forsiy leksemalar 2011 ta (20,53%) va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘z shakllari 31 ta (0,32%)ni tashkil etishi aniqlanganligiga doir xulosa va ilmiy natijalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi
IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024 yil 4 oktyabrdagi 1/04-125-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan va “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati” uchun so‘zlik tayyorlash va izohlarni asoslash jarayonida muhim manba sifatida foydalanilgan;
nodir tarixiy manba “Nazmi aqoid” asarining yozilish tarixi, strukturasi, muallifi, nusxalari, adabiy-badiiy jihatlari yoritilib, obidaning o‘zbek tili tarixi va bugunida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda til xususiyatlarini o‘rganish borasida muhim manba ekanligi asoslanganligiga doir dissertatsiya ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat ilmiy-texnika dasturlari loyihalarini bajarishda “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 4 oktyabrdagi 26-36-907-son ma’lumotnomasi). Natijada asarning tili tahlili bo‘yicha ilmiy qarashlar va xulosalardan ushbu eshittirishlarning mazmuni boyitilgan.