Daniyarov Berdax Tolibaevichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Enargit, xalkozin va molibdenit minerallari yuza xususiyatlarining kimyoviy o‘zgarishlari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo, 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (kimyo fanlari).’
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K921.
Ilmiy rahbarlar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Hajime Miki, PhD, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi enargit, xalkozin va molibdenit minerallari yuza xususiyatlarining kimyoviy o‘zgarishlarini tadqiq etishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalkozin, enargit va molibdenit minerallarining tabiiy kristall tuzilishlarining kimyoviy faolligi aniqlangan. Minerallarning kristall tuzilishiga qarab, ularning yuzasi PAX, Na2S2O5, H2O2 kabi kimyoviy reagentlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda o‘ziga xos harakatni namoyon qilishi isbotlangan;
ilk bor xalkozin, enargit va molibdenit minerallari yuzasida flotoreagentlar va depressantlar bilan ishlov berilgandan keyin kimyoviy reaksiya mexanizmlari, H2O2 yordamida enargitni xalkozindan, shuningdek, xalkozinni molibdenitdan selektiv flotatsiya qilish uchun yondashuvlar ishlab chiqilgan. 2 mkM PAX va 1 mmol/l H2O2 ishtirokida enargitni xalkozindan selektiv ravishda flotatsiya qilish mumkinligi aniqlangan;
minerallar yuzasida kaliy amilksantogenat reaktivining adsorbsiya turi va kinetikasi aniqlanib, uning parchalanishi, dimerlanishidan keyingi adsorbsiyasi, kaliy amilksantogenat hamda diksantogenat o‘rtasidagi adsorbsiyadagi farqlari ko‘rsatilgan;
PAX va dizel yoqilg‘isi kollektorlari bilan birgalikda bo‘tanani H2O2 bilan oksidlovchi ishlov berishdan foydalanish natijasida tarkibida xalkozin bo‘lgan rudalardan molibdenitni tanlab ajratilishi tadqiq etilgan. Bo‘tanani H2O2 bilan optimal shartlarda ishlov berish orqali molibdenitni ko‘pik mahsulotiga chiqarish unumi 95% ga etishi, bunda konsentratdagi mis miqdori 0,5% dan oshmasligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan mis minerallaridan molibdenitni ajratishning yangi sxemasi Sumitomo (Yaponiya) metallurgiya sanoatida qo‘llanilgan. pH 5,5 bo‘lgan dengiz suvida, 3,6 kg/t Na2S2O5 va 250 g/t emulgirlangan dizel yoqilg‘isi bilan ishlov berilganda Cu-Mo ning optimal ajralishiga erishilgan. Optimal sharoitlarda mis va molibdenning qaytarilishi mos ravishda 11% va 94%, Cu-Mo ajratish samaradorligi esa 83% tashkil etgan;
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Cu-Mo rudalarini ajratishning turli flotatsiya sxemalari joriy etilgan. Shpindel moyi va SBA dan foydalanishga asoslangan standart usul eng yaxshi natijalarni bergan: molibden 90,5% va mis 12,26% ajralganda samaradorlik 78,24% ni tashkil etgan. SBA, dizel moyi va MBS kombinatsiyalaridan foydalangan holda muqobil sxemalar past samaradorlik ko‘rsatkichlarini (mos ravishda 63,19% va 59,23%) ko‘rsatgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalkozin, enargit va molibdenitning vodorod peroksid yordamida selektiv flotatsiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vodorod peroksidning mineral sirt bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha tadqiqot natijalari Yaponiyaning Kyushu universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan (Yaponiya Kyushi universitetining 2024-yil 17-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, selektiv flotatsiya yo'li bilan xalkozin va enargitni ajratish uchun samarali texnologik oqim sxemalari ishlab chiqilgan;
Qolmaqqir konining balansdan tashqari mis rudalaridan mis va molbden metallarni ajratib olishning texnologik sxemasi «Olmaliq KMK» AJ 1-MBFda amaliyotda joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2025-yil 29-martdagi 03-25/01-00468-son ma’lumotnomasi). Natijada “Olmaliq KMK” AJ da depressant sifatida qo‘llaniladigan va tayyorlash usuli murakkab bo‘lgan SBA reagenti o‘rniga iqtisodiy jihatdan arzon va salomatlikka xavfsiz bo‘lgan MBS reagenti sinab ko‘rildi. Natijada texnologik jarayon sezilarli darajada soddalashgan, bu esa ishlab chiqarish jarayonini xavfsiz va samarali bo‘lishiga olib kelgan;
“Olmaliq KMK” AJ ning 1-MBFda boyitilgan rudalardan Cu-Mo ajratish uchun turli flotatsiya sxemalari o‘rganildi (“Olmaliq KMK” AJ ning 2025-yil 29-martdagi 03-25/01-00468-son ma’lumotnomasi). Natijada, veriten moyi va SBA qo‘llanilgan standart usulda ajratish samaradorligi 78,24% ni tashkil etib, molibdenni ajratish 90,5%, misni ajratish esa 12,26% bo‘lgan bo‘lsa, taklif etilgan yangi sxema bo‘yicha, dizel moyi va MBS kombinatsiyasidan foydalanilgan holda ajratish samaradorligi 81,17% tashkil etdi, molibdenni ajratish 94,09% va misni ajratish esa 12,91% bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichlar olingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish