Husenov Qaxramon Shayimovichning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ayrim oraliq metall ionlarining 1,3,4-tiadiazol hosilalari va aminokislotalar bilan kompleks birikmalari”, 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/K140. 
Ilmiy maslahatchi: Umarov Bako Bafaevich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ba’zi d–metallar bilan 2-amino-1,3,4-tiadiazol, 2-amino-5-metil-1,3,4-tiadiazol, aminokislotalarning mono- va N,O,S–tutgan aminokislotalar ishtirokida aralash ligandli komplekslari sintezi, tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayrim d-metall ionlari (galogenidlari, atsetatlari va nitratlari) ning 2-amino-1,3,4-tiadiazol, 2-amino-5-metil-1,3,4-tiadiazol va aminokislotalar bilan yangi mono- va aralish ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan. Ularning tarkibi va elektron tuzilishi, energetik va geometrik parametrlari hamda reaksion qobiliyatini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar bilan tadqiq etilgan; 
RTT usulida ilk bor – 2-amino-1,3,4-tiadiazol (L1 yoki atdz) ligandi va [ZnL12X2] (X=Cl, Br, I), [ZnL13(NO3)2], [AgL13]NO3, [ZnL22Br2] (L2-2-amino-5-metil-1,3,4-tiadiazol), [ZnL22(Ch3COO)2], [ZnL23(NO3)2] va [CdL26][Cd2I6] tarkibli neytral-, kation- hamda kation-anion kompleks birikmalarining tuzilishi aniqlanib, RTT natijalari Kembridj kristallografik maʼlumotlar bazasiga kiritilgan;
ilk bor markaziy atomga 1,3,4-tiadiazol geterohalqa ekzotsiklik aminoguruhiga nisbatan α-holatdagi endotsiklik azot atomi orqali monodentat koordinatsiyalanishi aniqlangan. L1 va L2 ligandlari Zn(II) galogenidlari (Cl–,    Br–, I–) va atsetatlari bilan tetraedr, nitrati bilan trigonal bipiramida, Ag(I) nitrati bilan teng tomonli uchburchak, Cd(II) galogenidi (I–) bilan oktaedr va tetraedr shakldagi kompleks birikmalarining molekulyar va kristall tuzilishlari isbotlangan; 
1,3,4-tiadiazol hosilalari va aminokislotalar asosida olingan d-elektron konfiguratsiyasi komplekslar kristallari tuzilishining d-metall ionlari turi, oksidlanish darajasi, ion radiusi, atsidoligandlar tarkibi, turiga bog‘liqligini tadqiq etilgan;
[ZnL22Br2] va [CdL26]·[Cd2I6] kompleks birikmalarining 1H YaMR spektroskopik usul bilan ligandning eritma muhitida metall ionlari bilan kompleks hosil bo‘lish jarayonida “amin-imin” tautomeriyasi sodir bo‘lib, bunda –NH2 guruhining bir vodorod atomi α-holatdagi endotsiklik azot atomiga ko‘chishi aniqlangan. Natijada tiadiazol molekulasidagi 5-uglerod atomiga metil radikalining birikishi halqaning elektron tabiatini tubdan o‘zgartirib, NH2(ekzo)–C=N(endo)– fragmentidagi tautomeriya, azometin va ekzoamin guruhi atomlarining proton almashinuv jarayoni sodir bo‘lishi isbotlangan;     
Fe(II), Fe(III), Co(II), Ni(II) va Cu(II) ionlarining asparagin kislotasi va boshqa N,O,S – tutgan aminokislotalar, suv molekulalari ishtirokida yangi aralash ligandli kompleks birikmalarida, Co2+ ionining [Co(AspH)2(H2O)4] kompleks birikmasi RTT usuli bilan tuzilishi aniqlanib, asparagin kislotasi β-COO– guruhining bitta kislorod atomi orqali monodentat koordinatsiyalanishi isbotlangan;
temir(II)/(III) ionlarining aminokislota bilan kompleks birikmalari tarkibida birgalikda Fe(II) va Fe(III) ionlarini tutgan bi- va poliyadroli polimer tuzilishli kompleks birikmalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
sanoat oqova suvlari tarkibidagi og‘ir metall kationlari [Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Ag(I), Cd(II)] konsentratsiyasini aniqlash usuli yaratilgan va metall ionlarining ligandlar bilan cho‘kma hosil qilish qatori quyidagi izchillikda:    Zn(II) > Cu(II) > Ni(II) > Co(II) > Ag(I) > Cd(II) ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayrim d-metall ionlarining 2-amino-5-R-tiadiazol-1,3,4 (R= -H, -Ch3) hamda asparagin kislotasi (H2Asp) va boshqa aminokislotalar bilan mono- va aralash komplekslarining sintezi, tuzilishi va termik xossalari hamda oqova suvlardagi og‘ir metall ionlari aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
L1 (CCDC, №1221239) ligand hamda [ZnL12Cl2] (CCDC, №1221238), [ZnL12Br2] (CCDC, №2089098), [ZnL12I2] (CCDC, №127854), [AgL13]NO3 (CCDC, №2256671), [ZnL13(NO3)2] (CCDC, №1169883), [ZnL22Br2] (CCDC, №2251742), [ZnL22(Ch3COO)2] (CCDC, №2213083) va [ZnL23(NO3)2] (CCDC, №2213119) tarkibli kompleks birikmalarning RTT natijalari Kembridj kristallografik maʼlumotlar bazasi (The Cambridge Structural Data base)ga kiritilgan. Natijada yangi kompleks birikmalar sintez qilinishi va tuzilishlarini to‘g‘ri tavsiflash imkoni yaratilgan;
sintez qilingan birikmalarning tarkibi va tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar 14 ta yuqori impakt-faktorli xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalarda kompleks birikmalarni olish va ularni fizik-kimyoviy tahlil qilish uchun foydalanilgan (Journal of Structural Chemistry, 2000, 41(3), Journal Impact Factor (IF)-1.4, Canadian Journal of Chemistry 2003, 81(12), IF-2.0, Journal of Physics and Chemistry of Solids, 2005, 66(6), IF-4.9, Acta Crystallographica Section C Crystal Structure Communications, 2006, 61(1), IF-1.0, Journal of Coordination Chemistry 2008, 61(19), IF-2.1, Zeischrift für Kristallographie, 2009, 224(12) and 2011, 226(3), IF - 2.7, Physical Chemistry Chemical Physics, 2010, 12(40), IF-5.3, Journal of Heterocyclic Chemistry, 2014, 51(6), (IF)-4.7, Coordination Chemistry Reviews 2022, 464(214556), IF-23.5, Beilstein journal of organic chemistry, 2023, V.130, IF-2.2, Russian Journal of Inorganic Chemistry 2024, 69(8), IF-1.8, Polyhedron 2025, 267(117259), IF-4.9 va h.). Natijada yangi aralash ligandli komplekslarni sintez qilish va ularning electron spektri va magnit xossalarini tavsiflash imkoni yaratilgan;
sanoat oqova suvlar tarkibidagi og‘ir metall ionlarining [Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Ag(I), Cd(II)] aminotiadiazolli va aminokislotali komplekslar holatida ajratib olish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda amaliyotga joriy etildi (2025 yil 17 fevraldagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 23/01-01-07/135-raqamli maʼlumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlari tarkibida mavjud metall kationlarini kompleks birikma shaklida ajratib olish usuli yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish