Mahamadjonov Sodiqjon Yo‘ldashboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “MikroGES asinxron generatorini Statik ish rejimlarini modellashtirish”, 05.05.02 ‒ “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/T3943
Ilmiy rahbar: Axmedov Abduraxman Pattaxovich, f-m.f.n., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy taqrizchilar: Bedriskiy Ivan Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Tolipov Jamshid Nurbekovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat texnika universiteti”.
II. Tadqiqotning maqsadi. MikroGES tarkibida ishlovchi qisqa tutashgan rotorli asinxron generatorning statik ish rejimini modellashtirish va chiqish kuchlanishini stabillash sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtonom ishlovchi mikroGES tarkibidagi qisqa tutashgan rotorli asinxron generatorning statik ish rejimlarini matematik modeli qo‘zg‘atuvchi kondensator elementi sig‘imini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
mikroGES tarkibidagi qisqa tutashgan rotorli asinxron generatorning magnit to‘yinish koeffisientini hisobga olish orqali elektromagnit momentini yuqori aniqlikda hisoblashga imkon beruvchi usul takomillashtirilgan;
avtonom mikroGES tarkibidagi asinxron generatorning kondensator va induktiv elementlardan iborat kombinatsiyalangan reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi tizimining sxemasi ishlab chiqilgan;
qisqa tutashgan rotorli asinxron generatorning statik ish rejimini matematik model asosida hisoblash algoritmi hamda elektromagnit momentni aniqlashga mo‘ljallangan klassik va Kloss usullarini o‘zaro solishtirish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MikroGES asinxron generatorni statik ish rejimlarini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtonom mikroGES tarkibidagi asinxron generatorning kondensator va induktiv elementlardan iborat kombinatsiyalangan reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi tizim “AGRO PRODSTAR” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (“O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” kengashining 2023-yil 28-fevraldagi 01-03-0439‒son ma’lumotnomasi). Natijada generatorning chiqish kuchlanishi stabil holatda saqlashga erishildi va avtonom ishlovchi asinxron generatorning yuklamaga bog‘liq holda kuchlanish pasayishini kamaytirish imkoniyati yaratilingan;
mikroGES tarkibida kondensator elementlari orqali qo‘zg‘atiladigan qisqa tutashgan rotorli asinxron generator asosida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi gidroenergetik tizim “AGRO PRODSTAR” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (“O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari” kengashining 2023-yil 28-fevraldagi 01-03-0439‒son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligini er maydonlarini sug‘orish uchun mo‘ljallangan nasos qurilmalarini, qisqa tutashgan rotorli asinxron generatorning statik ish rejimlaridagi chiqish kuchlanishini barqarorlashtirish orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash hisobiga 109 350 000 so‘m iqtisod qilingan.