Zaynabiddinov Ibroximjon Sirojidin o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banax fazolarida chiziqli sistemalarning turg‘unligi va boshqariluvchanligi”, 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/FM1222
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboev Marks Botirboevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.05.04.
Rasmiy opponentlar: Mamadaliev Numanjan Alimjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Samatov Baxrom Tadjiaxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Banax fazolarida chiziqli sistemalar uchun turg‘unlik, boshqariluvchanlik va optimal boshqaruv masalalarini hal etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chekli va cheksiz o‘lchovli Banax fazolaridagi boshqaruv parametrlariga geometrik va integral chegaralanish qo‘yilgan differensial o‘yinlarda quvlovchi uchun yutuqni ta’minlovchi joiz boshqaruv yordamida quvishni chekli vaqtda tugatish mumkinligi isbotlangan;
Banax fazolaridagi chiziqli differensial tenglamalarning cheksiz sistemalalari uchun echimning mavjudligi va yagonaligi haqidagi teoremalar funsional analiz va operatorlar nazariyasi metodlari yordamida isbotlangan; 
Banax fazolarida chiziqli differensial tenglamalarning cheksiz sistemasi uchun turg‘unlik va boshqariluvchanlikning yangi zaruriy va etarli shartlari spektral analiz va yarim guruhlar nazariyasi usullarini qo‘llash yordamida aniqlangan; 
cheksiz o‘lchamli Banax fazolarida chiziqli differensial tenglamalarning cheksiz sistemasi bilan ifodalangan optimal boshqaruv masalalari berilgan sistemaga mos Gramm operatorining chiziqli chegaralanganlik va teskarilanuvchanlik xossalari yordamida echilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banax fazolarida chiziqli sistemalarning turg‘unligi va boshqariluvchanligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
cheksiz o‘lchamli dinamik chiziqli sistemalarning boshqariluvchanligi va optimal boshqaruv bo‘yicha olingan natijalar va ishlab chiqilgan g‘oyalar Rossiya Fanlar akademiyasi Dasturiy tizimlar instituti Boshqaruv jarayonlari tadqiqot markazi tomonidan moliyalashtirilgan ID: 124022800187-9 raqamli "Geometrik boshqaruv nazariyasi va uning mobil robototexnika va vizual modellarga tatbiqlari" grant loyihasida foydalanilgan. (Rossiya Fanlar akademiyasi A.K.Aylamazyan nomidagi Dasturiy tizimlar institutining 2025-yil 1-iyuldagi 11609-2115-146-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv parametrlariga geometrik va integral chegaralanish qo‘yilgan, qarama-qarshi maqsadli fizik jarayonlarni boshqarish imkoniyati yaratilgan;
Banax fazolarida chiziqli sistemalarning turg‘unligi va boshqariluvchanligi  haqidagi natijalardan OT-F4-33-sonli “Differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli boshqaruv uchun yangi usullarni ishlab chiqish va ularning sonli tatbiqi” mavzusidagi fundamental loyihada Banax fazolaridagi chiziqli differensial tenglamalarning cheksiz sistemasi bilan ifodalangan optimal boshqaruv masalalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 2-iyuldagi 04/11-8513-son ma’lumotnomasi). Natijada, cheksiz o‘lchamli sistemalar uchun turg‘unlik va boshqariluvchanlikning yangi zaruriy va etarli shartlari yordamida boshqaruv masalalarini sonli hal etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish