Sharipova Ziyodaxon Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bifidobacterium va Lactobacillus avlodlarining mahalliy shtammlarini kultivatsiya qilish usullarini takomillashtirish», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4795.
Ilmiy rahbar: Yodgorova Nodira Turgunbaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Abduxalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bazarova Gulnora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bifidobacterium va Lactobacillus avlodlarining mahalliy shtammlarini kultivatsiya qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bifidobakteriya va laktobatsillalarning mahalliy shtammalari sof kultura holida ajratib olingan hamda ularni DNK sekvenirlash (16S rRNK) orqali tekshirilib, genetik identifikatsiyasi asoslangan;
ilk bor bifidobakteriyalar va laktobatsillalarning sof kulturasini ajratib olish va undirish samaradorligini oshirish hamda o‘sish muddatini qisqartirish uchun modifikatsiyalangan yangi oziq muhiti ishlab chiqilgan («Bifidobakteriyalarning sof kul`turasini ajratib olish va undirish uchun oziqa muhiti» ixtiro patenti №IAP 8030.25-04-2025);
ilk bor bifidobakteriyalar va laktobatsillalarni zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan chuqurlashtirilgan fermentatsiya usulida (BailunBio) bioreaktorida kultivatsiya qilishning texnologik parametrlari aniqlangan;
ilk bor tarkibida 11 xil mahalliy shtammlardan tarkib topgan (LBnorm), zarur probiotik xususiyatlarni o‘zida saqlagan laktobatsillalar va bifidobakteriyalardan iborat biologik faol qo‘shimchaning patogenetik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-teznik kengashi tomonidan 2025 yil 3 martdagi 13 n/r-26 - sonli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bifidobakteriya va laktobatsillalarning mahalliy shtammalari sof kultura holida ajratib olingan hamda ularni DNK sekvenirlash (16S rRNK) orqali tekshirilib, genetik identifikatsiyasi asoslanganligi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi yig‘ilishi tomonidan 27-iyun 2024-yil 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bifidobakteriyalarning sof kulturasini ajratib olish va kultivatsiya qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi 21.08.2024-yil 137-P son va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi 23.08.2024-yil 176-sonli buyruqlari bilan bakteriologiya laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy bifidobakteriya va laktobatsilla shtammlarining molekulyar identifikatsiyasi asosida klinik va profilaktik maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aniq shtammlar zaxirasi yaratildi. Bu, ayniqsa, antibiotiklardan keyingi disbiozni korreksiyalash, immunitetni qo‘llab-quvvatlash va probiotik vositalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shtammlarning genetik sekvenirlanishi ularning xavfsizligini va klinik qo‘llash imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mahalliy shtammlarni qo‘llash orqali, import probiotiklar o‘rnini 3,0 barobar arzon bo‘lishi hisobiga 60000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bifidobakteriyalar va laktobatsillalarning sof kulturasini ajratib olish va undirish samaradorligini oshirish hamda o‘sish muddatini qisqartirish uchun modifikatsiyalangan yangi oziq muhiti ishlab chiqilganligi («Bifidobakteriyalarning sof kul`turasini ajratib olish va undirish uchun oziqa muhiti» №IAP 8030.25-04-2025) Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi yig‘ilishi tomonidan 27-iyun 2024-yil 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bifidobakteriyalarning sof kulturasini ajratib olish va kultivatsiya qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi 21.08.2024-yil 137-P son va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi 23.08.2024-yil 176-sonli buyruqlari bilan bakteriologiya laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: yangi modifikatsiyalangan muhit mikroorganizmlarning o‘sishini tezlashtirish, biomassa hosildorligini oshirish va qimmatbaho komponentlar (vitaminlar, organik kislotalar, bakteriotsinlar) ishlab chiqarishini optimallashtirishga xizmat qiladi. Ichak disbioziga tashxis qo‘yish muddati 2 kunga qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: respublikamiz hududida joylashgan davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi bakteriologik laboratoriyalar kundalik amaliyotida ishlatish uchun arzon va sifatli oziq muhiti iqtisodiy jihatdan 6 litr hisobidagi amaliyotda qo‘llanilib kelayotgan Bifidobacterium oziq muhiti tonnarxidan 10104049 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bifidobakteriyalar va laktobatsillalarni zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan chuqurlashtirilgan fermentatsiya usulida (BailunBio) bioreaktorida kultivatsiya qilishning texnologik parametrlari aniqlanganligi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi yig‘ilishi tomonidan 27-iyun 2024-yil 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bifidobakteriyalarning sof kulturasini ajratib olish va kultivatsiya qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi 21.08.2024-yil 137-P son va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi 23.08.2024-yil 176-sonli buyruqlari bilan bakteriologiya laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy probiotik shtammlardan yuqori biomassa hosildorligiga (1012 koloniya hosil qiluvchi birlik (KHQB/ml)) erishish imkonini beradi. Bu mikrobiologiya amaliyotida standartlashgan, xavfsiz va samarali probiotik vositalarni ishlab chiqish, ichak disbiozi va turli antibiotikoterapiyadan so‘ng korreksiyalashda va bemor salomatligini tiklash imkoniyatlarini kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: yaratilgan fermentatsiya texnologiyasi an’anaviy kul`tivatsiya usullariga nisbatan samarali bo‘lib, biopreparatlarni sanoat miqyosida 4,0 barobar yuqori hajmda hamda 3,0 barobar arzon bo‘lishi hisobida 300000 so‘m narhda ishlab chiqarish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tarkibida 11 xil mahalliy shtammlardan tarkib topgan (LBnorm), zarur probiotik xususiyatlarni o‘zida saqlagan laktobatsillalar va bifidobakteriyalardan iborat biologik faol qo‘shimchaning patogenetik ahamiyati isbotlanganligi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashi yig‘ilishi tomonidan 27-iyun 2024-yil 6-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Bifidobakteriyalarning sof kulturasini ajratib olish va kultivatsiya qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi 21.08.2024-yil 137-P son va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi 23.08.2024-yil 176-sonli buyruqlari bilan bakteriologiya laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: LBnorm probiotik vositasi tarkibida mahalliy inson mikrobiotasiga mos shtammlar mavjud bo‘lgani sababli, uning organizmga mosligi va klinik ta’siri yuqori. Bolalar, keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun xavfsiz va samarali vosita sifatida ishlatish imkoni yaratiladi. Ilmiy asoslangan mahalliy probiotik vositasi aholi orasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va profilaktika tadbirlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: LBnorm preparati mahalliy xomashyo va shtammlar asosida ishlab chiqarilgani sababli, uning tannarxi import preparatlariga qaraganda 2-3 barobar (31000 so‘m) arzon bo‘lish imkonini beradi.