Jumaniyozov Xushnud Sapaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy osiyodagi xalqaro munosabatlar rivojida geosiyosiy omillarning roli (XX-XXI asr boshlari)” (“Rol geopoliticheskix faktorov v razvitii mejdunarodnix otnosheniy v Sentralnoy Azii (XX-nachalo XXI vv.)”. 07.00.03 – Jahon tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1. DSc /Tar503.
Ilmiy maslahatchi: KirgizbaevAbdug‘affor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, prof., Rahimov Mirzohid Akramovich –O‘zFA huzuridagi O‘zbekistoning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz bo‘lim mudiri, tarix fanlari doktori, prof., Azizbek Xolliev Go‘zalovich - O‘zMU, tarix fanlari doktori, prof., Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li - Urganch davlat pedagogika instituti.
Yetakchi tashkilot sifatida Urganch davlat universiteti ko‘rsatilgan.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX-XXI asr boshlari Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlar rivojida turli mazmundagi geosiyosiy omillarning rolini tahlil etish, tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
Insoniyatning, davlatlarning tarixiy taraqqiyot jarayonida ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga, xom-ashyo manbalariga, xizmat bozorlariga, fan-texnika yutuqlariga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi sabab bu omillarning ahamiyatiga, tahliliga alohida bir davlatning, mintaqaning sub’ektiv manfaatlari nuqtai-nazaridan yondashish umuminsoniy manfaatlarga xizmat qilmasligi asoslab berildi.
insoniyat tarixida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar rivojini davrlashtirish muammolariga e’tibor qaratilib, geosiyosiy omillar asosida Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar rivojida Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davri; Ahamoniylar davri; Ellinizm davri; Halifalik davri; Mo‘g‘ullar davri; Temuriylar davri; Xonliklar davri; Chor Rossiyasi va sovet davri; Belovej shartnomasi davri (1991- yil), ularning o‘ziga xos xususiyatlari asoslandi.
xalqaro munosabatlar rivojini tahlil qilishda geosiyosiy aktorlar va funksional yondashuvlarning roli, ilmiy ahamiyatini yoritildi. Xalqaro maydonda shovinistik kayfiyat, mustamlakachilikning yangicha shakldagi ko‘rinishlariga ega bo‘lish hissi saqlanib qolar ekan turli mazmundagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy birlashmalarga ko‘r-ko‘rona ergashmaslik lozim, turli mazmundagi iqtisodiy, texnologik ko‘mak, ilmiy-texnik hamkorlikka asoslangan dasturlarda ongli ishtirok etishni zamon talab qilmoqda. Ushbu jarayonlarni chuqur ilmiy, funksional tahlil qilish, unga qanday munosabatda bo‘lish, zaruriyat bo‘lsa bu jarayonlarga shubha bilan qarash, ehtiyotkorlik singari ko‘nikmalarni tarbiyalovchi skeptisistik funksiya yangicha yondashuv usuli sifatida asoslandi;
xalqaro maydonda sodir etilayotgan turli ijtimoiy-siyosiy voqeliklarning yuz berishida tabiiy-geografik, siyosiy, iqtisodiy, geografik, diniy omillar bilan bir qatorda geosiyosiy bilimlar va konsepsiyalar ham alohida bir muhim omil ekanligi asoslandi. Ushbu konsepsiyalar misolida Markaziy Osiyo hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy jarayonlar mintaqamizning qator geosiyosiy omillaridan kelib chiqqan holda tahlil qilindi. Mintaqadagi geosiyosiy jarayonlar rivojida “Katta o‘yin” konsepsiyasi, uning xalqaro munosabatlarga qilgan ta’siri o‘rganildi, uning xronologik davri 1907-yilgi ingliz-rus bitimi emas, ikkinchi jahon urushidan keyin Hindistonning bo‘linib ketishi davrigacha davom etganligi dalillandi.
xalqaro maydonda vujudga kelgan zamonaviy xalqaro tartibotda muhim ahamiyat kasb etuvchi aktorlar haqida gap borganida “Yangi katta o‘yin” konsepsiyasi va uning Markaziy Osiyodagi, Yaqin Sharqdagi namoyon bo‘lish holatlariga urg‘u beriladi. Lekin bu konsepsiya Shimoliy Afrika va Sharqiy Evropadagi geosiyosiy jarayonlar rivojiga katta ta’sir qilayotgani ko‘rsatib berildi. Shunday sharoitda O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan amaliy ruhdagi ahil qo‘shnichilikka asoslangan tashqi siyosat, uning mohiyati tahlil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning nutqlarida, murojaatlaridagi, Farmonlaridagi yangi mingyillikda insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, ijtimoiy hamkorlik global tahdidlarga qarshi kurashning muhim omili ekani, ularni bartaraf etish borasida belgilangan vazifalarni ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda faqatgina O‘zbekiston manfaatlari ilgari surilmaganligi, balki umuminsoniy xarakterda ekani ko‘rsatib o‘tildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
insoniyatning, davlatlarning tarixiy taraqqiyot jarayonida ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga, xom-ashyo manbalariga, xizmat bozorlariga, fan-texnika yutuqlariga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi sabab bu omillarning ahamiyatiga alohida bir davlatning, mintaqaning sub’ektiv manfaatlari nuqtai-nazaridan yondashish umuminsoniy manfaatlarga xizmat qilmasligi asoslab berildi. Umummilliy manfaatlarni himoya qilishda O‘zbekiston va jahon hamjamiyati hamkorligi masalalari, bu boradagi ustuvor vazifalar Tarix fakulteti talabalari uchun tayyorlangan “Globallashuv asoslari” nomli darslik (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-481 raqamli nashr ruxsatnomasi) keng yoritildi. Ulardagi taklif va xulosalar talabalarning dunyoqarashini, siyosiy ongini, siyosiy madaniyatini yuksalishida katta yordam berdi.
insoniyat tarixida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar rivojini davrlashtirish muammolariga e’tibor qaratilib, geosiyosiy omillar asosida Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar rivojida Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davri; Ahamoniylar davri; Ellinizm davri; Halifalik davri; Mo‘g‘ullar davri; Temuriylar davri; Xonliklar davri; Chor Rossiyasi va sovet davri; Belovej shartnomasi davri (1991-yil), ularning o‘ziga xos xususiyatlari asoslandi. Oliy ta’lim muaassasalari o‘quv jarayonida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga doir bu tahlillar takliflari “60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga, darsliklariga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi 2025-yil 3-apreldagi 02/01-01-111- sonli ma’lumotnoma).
xalqaro munosabatlar rivojini tahlil qilishda geosiyosiy aktorlar va funksional yondashuvlarning roli, ilmiy ahamiyatini yoritildi. Xalqaro maydonda shovinistik kayfiyat, mustamlakachilikning yangicha shakldagi ko‘rinishlariga ega bo‘lish hissi saqlanib qolar ekan turli mazmundagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy birlashmalarga ko‘r-ko‘rona ergashmaslik lozim, turli mazmundagi iqtisodiy, texnologik ko‘mak, ilmiy-texnik hamkorlikka asoslangan dasturlarda ongli ishtirok etishni zamon talab qilmoqda. Ushbu jarayonlarni chuqur ilmiy, funksional tahlil qilish, unga qanday munosabatda bo‘lish, zaruriyat bo‘lsa bu jarayonlarga shubha bilan qarash, ehtiyotkorlik singari ko‘nikmalarni tarbiyalovchi skeptisistik funksiya yangicha yondashuv usuli sifatida asoslandi (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-iyundagi 11-05-3678/04-son dalolatnomasi). Bu taklif va xulosalar bo‘lg‘usi pedagog-targ‘ibotchilarda g‘oyaviy immunitetni tarbiyalashda, xalqaro maydondagi voqelikka ongli, ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etdi;
xalqaro maydonda sodir etilayotgan turli ijtimoiy-siyosiy voqeliklarning yuz berishida tabiiy-geografik, siyosiy, iqtisodiy, geografik, diniy omillar bilan bir qatorda geosiyosiy bilimlar va konsepsiyalar ham alohida bir muhim omil ekanligi asoslandi. Ushbu konsepsiyalar misolida Markaziy Osiyo hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy jarayonlar mintaqamizning qator geosiyosiy omillaridan kelib chiqqan holda tahlil qilindi. Mintaqadagi geosiyosiy jarayonlar rivojida “Katta o‘yin” konsepsiyasi, uning xalqaro munosabatlarga qilgan ta’siri o‘rganildi, uning xronologik davri 1907-yilgi ingliz-rus bitimi emas, ikkinchi jahon urushidan keyin Hindistonning bo‘linib ketishi davrigacha davom etganligi dalillandi (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 4-apreldagi 01-30/210-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik borasidagi vazifalarni muvofiqlashtirishga xizmat qildi.
xalqaro maydonda vujudga kelgan zamonaviy xalqaro tartibotda muhim ahamiyat kasb etuvchi aktorlar haqida gap borganida “Yangi katta o‘yin” konsepsiyasi va uning Markaziy Osiyodagi, Yaqin Sharqdagi namoyon bo‘lish holatlariga urg‘u beriladi. Lekin bu konsepsiya Shimoliy Afrika va Sharqiy Evropadagi geosiyosiy jarayonlar rivojiga katta ta’sir qilayotgani ko‘rsatib berildi. Shunday sharoitda O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan amaliy ruhdagi ahil qo‘shnichilikka asoslangan tashqi siyosat, uning mohiyati tahlil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning nutqlarida, murojotlaridagi, Farmonlaridagi yangi mingyillikda insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, ijtimoiy hamkorlik global tahdidlarga qarshi kurashning muhim omili ekani, ularni bartaraf etish borasida belgilangan vazifalarni ilmiy tahlili muhim ahamiyat kasb etdi. Ularda faqatgina O‘zbekiston manfaatlari ilgari surilmaganligi, balki umuminsoniy xarakterda ekani ko‘rsatib o‘tildi (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2025-yil 2-fevraldagi 79-sonli ma’lumotnoma).