Yo‘ldoshev Shohruh Boborahim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bilvosita soliqlarning korxona moliyaviy - xo‘jalik faoliyatiga ta’siri va ularni optimallashirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2570.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Zafarjon Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda bilvosita soliqlarning korxonalar moliyaviy-xo‘jalik holatiga ta’sirini optimallashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
QQS to‘lovchilari va ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar ustav kapitalni shakllantirish yoki kamaytirish hamda tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha operatsiyalarni 3 ish kunidan kechiktirmay “E-aktiv” axborot tizimida aks ettirish taklif etilgan;
QQS to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish va uni tasdiqlovchi guvohnomani 5 ish kuni ichida olish, unga oid muhim shartlar tartibi taklif etilgan;
QQS to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi 90 kungacha to‘xtatib turilgan (tugatilgan) yoki bekor qilingan soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar bo‘yicha to‘langan soliq summasi hisobga olinmasligi va guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish taklif etilgan;
Oxirgi 1 yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan QQS to‘lovchilar “intizomli soliq to‘lovchilar” toifasiga kiritilishi, hamda “eksport” bojxona rejimida chiqarilgan kundan boshlab 180 kun ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi bank hisobvarag‘iga kelib tushmasa, hisobga olingan QQS summasi belgilangan tartibda hisobdan chiqarish taklifi berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda bilvosita soliqlarning korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga ta’siri va ularni optimallashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
QQS to‘lovchilari va ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar ustav kapitalni shakllantirish yoki kamaytirish hamda tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha operatsiyalarni 3 ish kunidan kechiktirmay “E-aktiv” axborot tizimida aks ettirishi lozimligi taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-595-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 31 martdagi 15-38212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023–2024 yillar davomida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar sonining pasayib borish tendensiyasiga qaramay ular tomonidan 5460 mlrd so‘mlik QQS to‘langan, QQS yig‘iluvchanlik darajasining yillik o‘sish sur’ati 1,5 (8,5-7) foizga oshgan;
QQS to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish va uni tasdiqlovchi guvohnomani 5 ish kuni ochida olish, unga oid muhim shartlar tartibi taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yana takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-595-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 31 martdagi 15-38212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ro‘yxatga olish jarayonidagi byurokratik to‘siqlar kamayadi, soxta QQS to‘lovchilarning oldi olinadi va mamlakatda soliq intizomi yanada mustahkamlanadi. Bu esa sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, tadbirkorlik rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
QQS to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi 90 kungacha to‘xtatib turilgan (tugatilgan) yoki bekor qilingan soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar bo‘yicha to‘langan soliq summasi hisobga olinmasligi va guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 31 martdagi 15-38212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, guvohnomaning amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish mexanizmi soliq to‘lovchilarni o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarayotganligini ta’minlaydi. Bu esa umumiy hisobda adolatli, shaffof va barqaror soliq tizimini shakllantirishga xizmat qilgan.
Oxirgi 1 yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan QQS to‘lovchilar “intizomli soliq to‘lovchilar” toifasiga kiritilishi, hamda “eksport” bojxona rejimida chiqarilgan kundan boshlab 180 kun ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi bank hisobvarag‘iga kelib tushmasa, hisobga olingan QQS summasi belgilangan tartibda hisobdan chiqarilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 31 martdagi 15-38212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi soliq amaliyotida qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish tartibi takomillashtirildi.