Bobomurotova Manzura Panji qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5000. 
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollagan xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasini oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorigacha kamaytirish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlarini ishlagan vaqtidan qat’iy nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida soliqqa tortish taklif etilgan;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida 3 ish kuni ichida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritish tartibi ishlab chiqildi;
soliq organlari tomonidan soliq davrida daromadi 100 million so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq solinadigan daromadlarini aniqlash mezonlari taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollagan xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasini oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorigacha kamaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30-avgust  2022-yildagi “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2025 yil 27 martdagi № 03/41-7-6566-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yollangan xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi 35 foizga kamaytirilib, bu orqali tadbirkorlarning soliq yuki 1,5 trillion so‘mga engillashtirildi, qo‘shimcha ravishda 30 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, bu ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishga xizmat qildi, shuningdek, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi 18 foizga oshdi, bu esa iqtisodiyotning turli sohalarida  ish unumdorligini sezilarli darajada kuchaytirdi.
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlarini ishlagan vaqtidan qat’iy nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida soliqqa tortish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan harajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari”gi VMQ-707-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2025 yil 27 martdagi № 03/41-7-6566-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda davlat byudjetiga qo‘shimcha ravishda 2,3 trillion so‘m soliq tushumlarini ta’minladi, shuningdek, mazkur tartib o‘zini-o‘zi band qilganlarning rasmiy iqtisodiy tizimga kirishini rag‘batlantirib, ularning sonini 2024-yilda 15 foizga oshirdi va ular tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar hajmini 20 foizga oshirishga imkon berdi, bu esa mehnat resurslaridan samarali foydalanishga va iqtisodiy barqarorlikni taminlashga xizmat qildi.
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida 3 ish kuni ichida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritish tartibi ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan harajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari”gi VMQ-707-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2025 yil 27 martdagi № 03/41-7-6566-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliqqa oid intizomi kuchaytirilib, ularning yollangan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish darajasi 2023-yilga nisbatan 35 foizga oshdi, bu esa o‘z navbatida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb etilgan shaxslar sonini ko‘paytirishni ta’minlanadi.
 soliq organlari tomonidan soliq davrida daromadi 100 million so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq solinadigan daromadlarini aniqlash mezonlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan harajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari”gi VMQ-707-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2025 yil 27 martdagi № 03/41-7-6566-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha 90,0 milliard so‘m soliq tushumlarining kelib tushishi hisob-kitob qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish