Elmuratov Bahodir Abdugapparovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Janubi-g‘arbiy Qizilqumning tosh davri madaniyatlari”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.2.PhD/Tar 505
Ilmiy rahbar: Bahtiyor Kurbonovich Sayfullaev, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, Suleymanov Rustam Xamidovich va Farg‘ona davlat universiteti, tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Mirsoatova Sayyora Turgunovna
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubi-g‘arbiy Qizilqum hududidan topilgan tosh davriga oid yangi yodgorliklarning madaniy-davriy xususiyatlari, O‘rta Osiyo tosh davri madaniyatlari tizimida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlashdan iborat:
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tosh industriyasida pichoqsimon plastinalarning, byuske tipidagi murakkab kesgichning va qirralaridan biri o‘tmaslashtiruvchi retushlar yordamida ishlangan tosh plastinalarning topilishiga asoslanib, Oyoqog‘itma 1-11-punktlari so‘nggi paleolit davriga oidligi isbotlangan; 
Oyoqog‘itma II neolit makoni bir madaniy qatlamdan iboratligi, ushbu hududdan topilgan tosh buyumlar tarkibidagi plastinkalar orasida Kaltaminor madaniyati ikkinchi bosqichiga xos o‘q uchining mavjudligiga ko‘ra, so‘nggi neolit davriga oidligi aniqlangan; 
Boshog‘itma toshga ishlov berish ustaxonasi 1-2-kompeksi tosh artefaktlarining saqlanish darajasi, industriya tarkibida ordinar chaqmoqlash texnikasi va oddiy qirg‘ichlarning mavjudligi, toshlarni chaqmoqlash og‘ir ushatg‘ichlar yordamida amalga oshirilganligi tufayli o‘rta paleolitning tipik muste variantiga oidligi hamda hududiy jihatdan Orol-Kaspiybo‘yi madaniyatlariga o‘xshashligi isbotlangan; 
Boshog‘itma toshga ishlov berish ustaxonasining 3-kompeksi industriyasi esa parallel levallua texnikasining ustunligi va toshlarni chaqmoqlashda engil tosh ushatg‘ichlarning qo‘llanilganligiga asoslanib, so‘nggi paleolit davrining parallel-levallua madaniyatiga oidligi hamda O‘rta Zarafshon vohasi madaniyatlari bilan bog‘liqligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Janubi-g‘arbiy Qizilqumning tosh davri madaniyatlari” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Boshog‘itma 1-2-kompleksi o‘rta paleolitga oid topilmajoylari tipik muste, Oyoqog‘itma II hamda ushbu botiqdagi 1-11-punktlar va Boshog‘itma 3-komplekslari esa so‘nggi paleolit davri yodgorliklari ekanligi aniqlangan. Dissertatsiyada ilmiy jihatdan tahlil qilingan moddiy manbalar, xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar, ilmiy asosga ega bo‘lgan xulosa takliflar O‘zbekistonning paleolit davri tarixini o‘rganish, boy moddiy va madaniy merosni anglashga xizmat qiladi, uni kelajak avlodga to‘laligicha etkazish, turizm sohasini rivojlantirish borasidagi Xalqaro “Oltin meros” xayriya-jamoat fondi amaliy tadbirlarini o‘tkazish hamda istiqboldagi rejalarini belgilashda keng foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya-jamoat fondining 2024-yil 23-iyuldagi 01/29-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, Janubi-g‘arbiy Qizilqum tosh davri odamlarining moddiy va madaniy hayoti to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bilan tanishishlariga xizmat qilgan; 
Tosh industriyasida pichoqsimon plastinalar, byuske tipidagi murakkab kesgich va qirralaridan biri o‘tmaslashtiruvchi retushlar yordamida ishlangan tosh plastinalarning topilishiga asoslanib, Oyoqog‘itma 1-11-punktlari hamda Oyoqog‘itma II neolit makoni yuzasidan topilgan materiallar so‘nggi paleolit davriga oidligi isbotlanganligi hamda Boshog‘itma toshga ishlov berish ustaxonasi 1-2-kompeksi tosh artefaktlarining saqlanish darajasi, industriya tarkibida ordinar chaqmoqlash texnikasi va oddiy qirg‘ichlarning mavjudligi, toshlarni chaqmoqlash og‘ir ushatg‘ichlar yordamida amalga oshirilganligi tufayli o‘rta paleolitning tipik muste variantiga oidligi hamda hududiy jihatdan Orol-Kaspiybo‘yi madaniyatlariga o‘xshashligi isbotlanganligi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” Davlat muassasasining 2024-yil 3-dekabrdagi №02-31-1239-sonli ma’lumotnomasi). O‘z o‘rnida, ushbu ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Janubi-g‘arbiy Qizilqum tosh davri odamlarining moddiy va madaniy hayoti to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bilan tanishishlariga yaqindan yordam bergan;
Oyoqog‘itma II neolit makoni bir madaniy qatlamdan iboratligi, ushbu topilmajoy hududdan topilgan tosh buyumlar tarkibidagi plastinkalar orasida Kaltaminor madaniyati ikkinchi bosqichiga xos o‘q uchining mavjudligiga ko‘ra, so‘nggi neolit davriga oidligi aniqlanganligi hamda Boshog‘itma toshga ishlov berish ustaxonasining 3-kompeksi industriyasi esa parallel levallua texnikasining ustunligi va toshlarni chaqmoqlashda engil tosh ushatg‘ichlarning qo‘llanilganligiga asoslanib, so‘nggi paleolit davrining parallel-levallua madaniyatiga oidligi hamda O‘rta Zarafshon vohasi madaniyatlari bilan bog‘liqligi dalillanganligidan O‘zbekistonning eng qadimgi tarixi bo‘yicha ko‘rgazmalar qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 29-noyabrdagi №3/1255-2664-sonli dalolatnomasi). Natijada, “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi” eksponatlari orasida joylashtirilgan ushbu buyumlar muzeyga tashrif buyuruvchilarda Janubi-g‘arbiy Qizilqum hududida yashagan ajdodlarimizning hayot tarzi, toshga ishlov berish texnolgiyalari, xo‘jaligi va madaniy hayoti bo‘yicha to‘laqonli tasavvurlar hosil qilishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish